Sano
o‘simligini о ‘stirish texnologiyasi
Sano dukkakdoshlar oilasiga mansub bo ‘lib, bo‘yi 1 metrga
etadigan yarim buta o ‘simlikdir. Sano kserofit o ‘siinlik, yorug‘sevar
va issiqsevardir. 0 ‘simlik namgarchilikni yoqtirmaydi. Tuproq
harorati 25-30°S bo‘iganda yaxshi rivojlanadi. Sano uchun unumdor.
mexanik tarkibi o‘rtacha bo‘lgan tuproqiarda ekishni tavsiya qilinadi.
Sano ekiladigan maydonlami kuzda yer haydash oldidan 20-25 tonna
organik o‘g‘it berib 25-28 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
Sanoni dukkakli o‘simliklar ekilgan
maydonlarda ekishni tavsiya
qilinmaydi. Ekish oldidan bahorda tuproq ikki marta boronalanadi.
Aprel oylarinmg o ‘rtalarida tuproq harorati 18-20°S bolganda
urug‘lar ekiladi. Ekishdan oldin sanoning urug‘i sulfat kislotasida
(3 : 1 nisbatda) 18-20
minut ushlanib, uni suvda yuvib va quritib
va sabzavot ekadigan moslamalarda (SO-4,2 yoki SKON-4,2) egat
oralari 70 santimetr qilib, 2-3 santimetr chuqurlikda urug‘lar ekiladi.
Bir gektar yerga o'rtacha 8-10 kg urug‘ sarflash maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Sano unjg‘idanko‘payadi. Sanoning urug‘lari 12-15 kundan
keyin unib chiqadi. 0 ‘simlik ekilgandan keyin havo harorati pasayib
ketsa, namgarchilik ko‘p bo‘lsa va qatqaloq
boig an maydonlarda
ildiz chirisli kasalligi bilan zararlanadi va unib chiqishi kechikadi.
Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya
qilinib va begona o‘tlardan tozalanib yagana qilinadi va sug‘oriladi.
Poyalar paydo bo‘lgandan so‘ng 8-10 sm chuqurlikda kultivatsiya
qilinib, о‘simlik oralari yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi va
mineral o ‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya davomida sanoni
6-7 marta sug‘oriladi, gektar hisobida 80-90 kg azot, 70
kg fosfor
va 50 kg kaliy bilan oziqlantiriladi. Har bir o ‘g ‘itlash sug‘orishdan
oldin amalga oshiriladi. Sanoning xom-ashyosi о‘rib olingandan
keyin о‘simlik ekilgan maydonlami, albatta, oziqlantirishni tavsiya
qilinadi.
81>
Dostları ilə paylaş: