Jag‘-jag‘ ekiladigan yerlami haydashdan maqsad begona
o‘tlardan
tozalash, ularga qarshi kurashish, tuproqning fizik va
kimyoviy
xossalarini yaxshilash, yerlami bir xil tekislash va nam
saqlashdan iboratdir. Bu tadbirlami amalga oshirgan holdagina, jag ‘-
jag ‘ o‘simligini o'sishi rivojlanishi va hosildorligi yuqori bo‘ladi.
Kuzda jag‘-jag ‘ ekiladigan maydonlar 30 sm chuqurlikda (20-30
tonna go‘ng va 40 kg fosfor o ‘g ‘iti berib) haydaladi. Erta bahorda
yerlar borona va mola mexanizmlari
yordamida tekislanib, begona
o ‘tlardan tozalanib, tuproqning 8-10 sm li qatlami 15-17°S qiziganda,
60-70 sm oralig‘ida ariq olinib, urug‘lar 2-3 sm chuqurlikda don va
sabzavot ekiladigan seyalkaiarda ekiladi. Gektariga 8-10 kg urug‘
sarflash tavsiya qilinadi.
U rugiam i ekishdan oddin 0-4°S da tezroq unib
chiqishi uchun
stratifikatsiya qilish lozim bo'ladi. Ekilgan u ru g iar 10-15 kunda
unib chiqadi. Maysalar oralig‘i 10-15 sm dan qilib yagana qilinadi.
Har bir tupda 2-3 tadan sog‘lom о ‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg
va gul chiqarish fazasida kultivatsiya qilinadi. Jag‘-jag‘ o'simligi
unib chiqandan so‘ng birinchi o ‘g ‘itlashni amalga oshirish lozim
bo‘ladi va gektar hisobiga 30 kg dan azotli va fosforli o ‘g ‘itlar bilan
oziqlantiriladi.
0 ‘simlik gullash fazasida oziqa elementlami ko‘p talab qiladi.
Shulami e ’tiborga olib, gullash fazasida azotli va kaliyli o‘g‘itlardan
40 kg dan berib oziqlantiriladi. 0 ‘simlikning gullari to‘kilmasligi
va poyasi baquw at bo‘lishi uchun kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi.
Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. О‘suv
davrida 5-6 marta sug‘oriladi. Uning
vegetatsion davri kalta
bo‘Iganligi uchun oziqlantirishni gullash fazasida tugatishni tavsiya
qilinadi. Jag‘-jag‘ ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektariga 70 kg
azot, 50 kg fosfor va 40 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantinlsa, yaxshi
hosil yetishtirish imkoni tug‘iladi.
M ahsulot tayyorlash. 0 ‘simlik
gullashi va mevasi etilishi
davrida ildizi bilan sug‘urib olinadi. lldizini (ba’zan, ildizoldi
barglari bilan) tashlab yuborib, qoigan qismini soya joyda quritiladi.
178