Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Kimyoviy tarkibi. 
Meva tarkibida 3-6,5% efir moyi, 20% gacha 
yog‘ va oqsil moddalar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, meva tarkibida 
efir moyi 3% dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi pishgan va 
maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida hay dab olinadi.
IJ rangsiz, yoki och sarg‘ish, uchuvchan, arpabodiyon moyi hidini 
eslatuvchi hidga ega, oldin achchiqroq-yoqimli, so‘ngra shirinroq 
maza beruvchi tiniq suyuqlik. Zichligi 0,960-0,979, refraksiya soni 
1,527-1,538, +10°C dan past haroratda efir moyining krisll qismi 
(stearopteni) - anetol ajraladi.
Efir moyi tarkibida 50 -60% aneta!, 10-20% fenxon ketoni, 10% 
gacha metilxavikol, oz miqdorda anis aldegid va anis kislota, pinen, 
fellandren, kamfen va boshqa birikmalari b o ‘ladi.
Dorixona ukropi ildizi tarkibida 5 ta kumarin birikmalari borligi 
hamda ulardan 2 tasi bergapten va umbelliferon ekanligi aniqlangan.
Ishlatilishi. 
Dorixona ukropining mevasi va preparatlari 
yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda balg‘am ko‘chiruvchi, ich 
yumshatuvchi hamda el haydovchi dori sifatida me’da-ichak 
kasalliklari va msteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi, qorin dam 
bo‘lishi) da ishlatiladi. Ba’zan meva o‘t pufagi va buyrak toshi 
kasalligida ham qo'llaniladi. Efir moyi farmatsevtikada miksturalar 
ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi.
204


Dorivor preparatlari. 
Meva kukuni (poroshogi) surgi dori 
sifatida qo‘llaniiadigan qizilmiya lldizining murakkab kukuni 
(poroshogi) tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, meva el haydovchi, 
ich yumshatuvchi choylar tarkibiga kiradi.
Dorixona ukropining efir moyidan ukrop suvi tayyorlanadi.
Dorivor ukropni o4stirish texnologiyasi
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida dorivor ukrop o‘simligini 
katta maydonlarda ekib o‘stirish va undan ko‘proq xom-ashyo 
yetishtirish mutaxassisiar oldida turgan dolzarb masalalardan 
hisoblanadi.
M a’lumki, dorivor ukropning ildiz tizimi o‘q ildizli bo‘lib, 
boshqa dorivor o ‘simliklarga qaraganda tuproqning chuqurroq (55- 
60 sm) qatlamigacha etib borishini hisobga olgan holda, unga eng 
unumdor, mexanik tarkibi o ‘rtacha, suv bilan yaxshi ta’minlangan, 
kuzda ekiladigan va haydab ekiladigan yerlami ajratishni tavsiya 
qilinadi.
Dorivor ukrop issiq va yorug‘sevar o‘simlik bo‘lib, uning 
vegetatsiya davri 120-140 kun davom etadi.
0 ‘simlik ekiladigan yerlami erta kuzda 25-28 sm chuqurlikda 
haydab qo‘yiladi. Haydash oldidan albatta mahalliy o ‘g ‘itlardan 
gektariga 15-20 tonna va 50 kg dan superfosfat o ‘g ‘iti bilan 
oziqlantiriladi.
Dorivor ukropni ekish uchun erta bahorda yerlar borona va mola 
bilan tekislanadi. Begona o‘tlaming ildizlaridan tozalanadi. Ekish 
mart oyining birinchi 10 kunligida sabzavot ekadigan seyalkalar 
bilan qator oralarini 60 sm qilib amalga oshiriladi. Urug‘lami 
tuproqning nam qatlarniga 
3-4
sm chuqurlikka qadaladi va 1 gektar 
yerga ekish uclmn sarflanadigan m e’yori 8-10 kg ni tashkil etadi. 
U m g‘lami tuproq yuzasiga bir tekisda tushishi uchun ekish oldidan 
ular quruq va mayda yog‘och qirindisi, go‘ng yoki qum bilan 
aralashtirilib ekiladi.
Dorivor ukrop kuzda ekilganda urug‘laming bir qismi ko‘karadi 
va to‘pbarg tarzida qishlaydi. Erta bahorda ekilganlari 8-9 kunda 
unib chiqadi. Maysalar unib chiqqandan keyin ко‘chat oralari 
kultivatorlar yordamida yumshatiladi va qo‘lda o‘toq qilinadi.
205


Vegetatsiya davomida o'simlikni 3-4 marta oralari kultivatorlar 
bilan ishlanadi va 2-3 marta begona o‘tlardan tozalanib, yagana 
qilinadi va har bir metr yerga 10-12 ta o ‘simlik qoldiriladi. Dorivor 
ukrop tuplab ketishi natijasida lining oralariga ishlov berishning 
imkoniyati qolmaydi. Dorivor ukrop o ‘g ‘it!arga ancha talabchan 
o ‘simlik hisoblanadi. Ulami o ‘g ‘itlash ko‘p jihatdan o ‘tmishdosh 
ekin turiga, o‘g‘it m e’yori va tuproq unumdorligiga bog‘liq.
Bu ekinlar erta bahordan jadal o'sa boshlaydi. Ularga o ‘g ‘itlash 
me’yorini belgilashda olinadigan hosil miqdori, o ‘tmishdosh ekin 
va tuproq-iqlim sharoitlarini albatta hisobga olishni tavsiya qilinadi. 
0 ‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin 
gektar hisobiga 50 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‘g ‘iti berishdan 
boshlanadi.
Dorivor ukrop oziqa elementlarga juda talabchan, ayniqsa 
bu holatni gullash oldidan kuzatish mumkin. Shuning uchun ham 
ikkinchi oziqiantirishni gullash fazasida gektar hisobiga 50 kg dan 
azot, 30 kg dan fosfor va kaliy o ‘g‘iti berishni tavsiya qilinadi.
Gullash fazasida berilgan o ‘g ‘itlar o ‘simlikni yaxshi o‘sib 
rivojlanishi va baquw at ildiz otishiga imkoniyat tug‘diradi. 
Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
Birinchi yili ob-havo va tuproqdagi namlikni hisobga olgan 
holda 6-7 marta sug‘oriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda dorivor 
ukrop ekilgan maydonlar gullash fazasigacha ikki marta gektariga 
50 kg dan azot o‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə