0 ‘simliklaming ildiz tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan
qator oralariga ishlov berish tavsiya etiladi, Tuproqning namligi
va o ‘simlikning holaliga qarab sug‘orishni tabaqalab otkazish
lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha
sug‘orish tavsiya etiladi. Mavrak bargining sathi kuchayishi va ildiz
tizimining rivojlanishi davrlarida u suvni ko‘p talab qiladi. Mavrak
o‘simligini yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun uni o‘g‘itlash eng
muxim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi.
Mavrakni oziqiantirishni maysalar unib chiqqandan keyin
ulaming yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish
bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o‘g‘itidan 30 kg va 25 kg dan
kaliy berishdan boshlash lozim. 0 ‘g ‘itlami 10-12 sm chuqurlikka
kirgizish tavsiya etiladi.
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin
gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‘g ‘itini berish bilan
amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi. Oxirgi
oziqlantirish mavrak o ‘simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40
kg azot va 25 kg kaliy o‘g‘itini qo‘Hash bilan tugatiladi. Kaliyli
o‘g‘itlar mavrakning sovuqqa chidamliligini ancha oshiradi.
Mavrak o‘simligi rivojlanish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa
elementlarni ko‘p talab qiladi. O'simhkni oziqlantirish sug‘orishdan
oldin amalga oshiriladi. Shulami hisobga olgan holda vegetatsiya
davomida mavrak ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektriga 100-110
kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa yaxshi
natija beradi.
Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentyabr oyida
bir marta yig‘ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan
o‘simlikning yer ustki qismi 5-8 sm qoldirib, qirqiladi, eski shoxlari
qirqilib. daladan chiqarib tashlanadi. Birinchi terim sentyabr oyining
oxirida tugatiladi. Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o ‘tkizi!sa
bizning sharoitinuzda mavrakni bargini 3 marta terib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: