Urug‘ning shilliq moddalari gidroliz qilinsa, galaktoza,
ksiloza, arabinoza va ramnoza qandiari hamda galakturon kislota
hosil bo‘5adi.
Ishlatilishi.
Zig‘ir urug‘i o ‘rab oluvclii va ich yumshatuvchi
dori sifatida qo‘llaniladi. Shilliq eritma tayyorlash uchun urug‘
butunligicha issiq suvda (I : 30) chayqatiladi. Shilliq moddalar
um g‘ining epidermis qavatida bo‘lganidan tezda suvda yerib,
ajralib chiqadi.
Urug‘ning 15-20% li qaynatmasi og‘iz chayqash uchun
ishlatiladi. Kunjara kukuni (poroshogi) (ba’zan butun urug‘ni
yanchib tayyorlangan kukun-poroshok) tananing og‘riyotgan
joyiga qizdirib qo‘yiladi.
Zig‘ir moyi tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va texnikada
qoilaniladi.
Zig‘ir moyidan olinadigan linetol preparati (olein, linol,
linolen va boshqa у og‘ kislotalarining etil efirlarining aralashmasi)
va uning kompleks preparati - livian ateroskleroz kasalligmi
davolash va oldini olishda hamda kuyganni va nur terapiyasi
natijasida zararlangan joy 1 ami davolashda qo‘llaniladi.
Zig‘ir poyasini ivitib, tola olinadi. Bu tola to‘qimachilik
sanoatida keng ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: