Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildizpoya
va ildiz bo‘lakchalaridan iborat. Ildizpoya bo‘lakchalarining
yo‘g ‘onligi 2-18 mm, ustki tomoni qizg‘ishqo‘ng‘ir rangga
bo‘yalgan. Uni ko‘ndalangiga kesganda po‘stloq qavati qizil-
ko‘ng‘ir, yog‘och qismi esa qizil rangda ko‘rinadi. Mahsulotning
o‘ ziga xos kuchsiz hidi, oldin shirinroq, keyin bir oz burishtiruvchi
va achchiqroq mazasi bor. Ildizpoya suvni qo‘ng‘ir-qizil rangga
bo^aydi.
Mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 10%, ro‘yanning boshqa
qismlari (poya, barg va boshqalar) 1,5%, organik aralashmalar
1% va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p, mahsulot tarkibidagi
antraglikozidlar (glikozid holida birlashganlar) miqdori 3% dan
kam boim asligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Ildizpoya tarkibida 5-6% gacha antratsen
unumlari (alizarin, ruberitrin kislota, galiozin, purpurin,
ksantopurpurin, psevdopurpurin, rubiadin-glyukozid, munistin,
lutsidin, iberitsin va boshqalar) bo‘ladi.
Ruberitrin kislota glikozid bo‘lib, gidrolizlanganda alizarin
aglikoni va prirnveroza (o‘z navbatida ksiloza va glyukoza
qandlardan tashkil topgan) disaxaridiga parchalanadi.
Ildizpoyada antratsen unumlaridan tashqari 15% gacha
qandlar, pektin modda hamda limon, olma, vino kislotalari bor.
Ishlatiiishi. Ro‘yan o‘simligi spazmaletik va siydik haydash
hamda buyrak toshlarini (fosfatlami) yumshatish ta’siriga ega.
Shuning uchun uni dorivor preparatlari siydik yoilari tosh, buyrak
tosh hamda o‘t pufagi tosh va podagra kasalliklarida qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Ildizpoya kukuni
(poroshogi),
quruq ekstrakg (tabletka holida chiqariladi). Ildizpoya ekstrakti
105
yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklarda ko‘llaniladigan sistenal va
boshqa preparatlar tarkibiga kiradi,