Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Yüklə 3,39 Mb.
səhifə9/190
tarix23.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#154861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Fanning maqsad va vazifalari
Mikrobiologiya, biotexnologiya negizlaridan biri bo‘lib, mikroorganizmlar hayot faoliyatining molekulyar, genetik, o‘sish mexanizmi, ko‘payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar, zamburug‘lar, viruslar to‘g‘risidagi zamonaviy bilim asoslari bilan ikkilamchi metabolitlarning, antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi.
Mikroorganizm produtsentlarining tuzilishi, fiziologik aktivligini aniqlash sanitar – ko‘rsatkich mikroorganizmlarning, yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining, ularga qarshi ishlatiladigan kimyoterapevtik moddalarning ta’sirini immunologiya, immunoximiya asosida o‘rganadi. Mikrobiologiyada o‘rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida original bilim manbai hisoblanadi. Ishchi dasturda kimyoviy mikrobiologiya fanining asoslari zamon talablari asosida o‘z aksini topgan. Biotexnologlarni tayyorlashda, kimyoviy mikrobiologiya fanini o‘rganishdan asosiy maqsad - mikroorganizmlar fiziologiyasining elementlari: oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payish, mikroorganizmlar kimyosi, mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta’siri, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini o‘rganish. Biotexnolog professional faoliyatida aseptika, antiseptika, sterillizatsiya, tayyor dorilar va xom-ashyosini saqlash, dorilarni ekstemporal tayyorlashda kimyoviy mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir.
O‘quv jarayonida talabalarga mikrob xujayralarini o‘lchash, molekulyar tarkibi, mikrometriya usullari, bakterial massani o‘lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning uglevod tarkibini o‘rganish, DNKni olinishi, ammonifikatsiya, denitrofikatsiya reaksiyalari, bakteriofaglarning olinishi va ishlatilishi, vaksinalar, immunoglobulinlar olinishi va ishlatilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabalar o‘quv jarayonida kimyoviy mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlarning tasnifi, prokariot va eukariot xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar, spiroxetlar, rikketsiyalar, xlamidiya, mikoplazma, zamburug‘lar va sodda jonivorlar morfologiyasi, mikroorganizmlar kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning mikroorganizmlarga ta’sirini, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini bilishi kerak.
Talabalar, o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‘rsatmalar yordamida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- surtma preparatlarini tayyorlash.
- surtmalarni bo‘yash usullarini bilish.
- mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‘llay olish.
- antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish.

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə