Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102

156 
 
tug'dirmaydi.  Aksincha,  qoramol,  cho'chqa,it,yoki  tovuq  o'latining  viruslari  odam  uchun 
zararsizdir. 
Patogenlik  maxsus  bo'ladi,  ya‘ni  mikrob  tabiiy  yo'l  bilan  organizmga  tushganda  ma'lum 
bir  to'qima  va  a'zolarda  shu  tur  kasallik  qo'zg'atuvchisiga  xos  bo'lga n  patomorfologikva 
patofiziologik  o'zgarishlar  keltirib  chiqaradi,  Bu  infeksiyaga  muvofiq    patogenetik  va  klinik 
ko'rinishlarda 
namoyon 
bo'ladi. 
Muhitning 
ma'lum 
bir 
sharoitlarida 
patogen 
mikroorganizmning  genotipi,virulentlik  va  toksik  xususiyatlari  fenotipik  tarzda  ro'y  beradi.Bu 
sharoitlar  organizmning  ximoya  tizimlari  holati,  ya'ni  yuqumli  omil  bilan  kurasha  olish 
qobiliyatiga 
bog'liq.Shunga 
ko'ra 
ularning 
patogenlik 
darajasi 
virulentlik 
dep 
nomlangan.Patogen  mikroblar  turli  shtammlarning  virulentligiga  moyil  hayvonlarni  o'ldira 
oladigan eng kam miqdoriga qarab belgilanadi. 
Mikroblarning ularga  sezgir  xayvonning 80-95 %  ini  ma'lum  vaqt  ichida  o'ldira  oladigan 
eng  kichik  miqdori  minimal  letal  doza  (  lot.dosis  letalis  minima-  DLM)deb  ataladi.100  % 
tajriba  hayvonlarini  o'ldiruvchi  miqdori  DSL  (loy.dosis  letalis  -50  ishlatiladi,bu  patogen 
mikroorganizmlarning tajriba xayvonlarining 50 % ini o'ldirishga qodir miqdorini bildiradi. 
Patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'ata oladigan miqdoriga infeksion miqdoriga 
infeksion  doza  (ID)  dep  ataladi.  Masalan,  qorin  tifi  (  ich  terlama  )  bakteriyalarning  o'rtacha 
yuqumli miqdori 10, El-Tor vabo vibrionlari uchun 10-10, ichburug' bakteriyalari uchun esa 10-
100    ta  mikrob  xujayrasiga  teng.Yuqumli  kasallikning  og'ir  yoki  yengil  kechishi  hamda 
asoratlari mikrobning organizmga tushgan joyi va miqdoriga bog'liq. 
Yuqumli  kasallikga  moyil  organizmga  tushgan  patogen  mikrobning  bitta  hujayrasi 
o'rtacha  xar  20  minutda  bo'linsa  ,  6  soat  dovomida  uning  soni  250000  ga,  yana  bir  necha 
vaqtdan so'ng  milliardga yetb og'ir shikast yatekazishi mumkin. 
Boshqa  belgilar  kabi  mikroblarning  virulentligi  xam    o'zgarib  turishi  mumkin.Bu  yo‘l 
fenotipik ko'rinishda,  yo'ki genlardagi  mutatsiyalar  xisobiga amalga  oshadi.Masalan,  fenotipik 
o'zgarishlar  (  virulentlikning  kamayishi)  bakteriya  kulturasining  "  qarishi  "  noqulay  sharoitda 
o'stirilishi  natijasida yuzaga keladi. Lekin , bu o'zgargan mikroblar qulay sharoitlarda , maxsus 
oziq  muxitlarda  ekilsa,  ular  o'z    virulentligini    tiklay  oladi.  A  virulent  mutantlari  olishda 
mikroorganizmlarga xar xil fizik va kimyoviy omillar ta'sir ettiriladi.Virulentligi pasaygan yoki 
yo‘qolgan (avirulent) mikroorganizm shtammlaridan tirik vaksinalar tayyorlanadi. 
Patogenlik va Virulentlik omillari. 
Patogen  mikroorganizmlarning  virulentligi,ularning  adgeziv,kolonizatsiya  qilish  yoki 
ko'payishi,invaziv,ximoya  omillarini  (  birinchi  navbatda  fagositoz  qiluvchi  hujayralar 
faoliyatini ) susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi. 
Adgeziya  va  kolonizatsiya.  Infeksion  jarayon  boshida,mikrob  xujayralari  ularga 
ta'sirchan  makroorganizm  xujayralariga  yopishib  oladi  (  adgeziya  qiladi  )  so'ngra  u  yerda 
ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi. 
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da 
mikrob 
epiteley 
xujayrasining 
ustki 
qismiga 
yopishadi.Bu 
jarayonda 
bir 
tomondan 
nomaxsus 
fizik-kimyoviy 
omillar( 
mikrob 
xujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus 
tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi. 
Adgezinlar  asosan  oqsil  tabiatli  tuzilmalar  bo'lib,ularning  maxsusligi  xisobiga  bir  tur 
mikroorganizmlar  nafas  yo'llarining,ikkinchilari  -  ichak  yo'llari,uchinchilari  -siydik-  tanosil 
a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k. 
Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat 
bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega. 
Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar 
mavjud.Tabiiy 
retseptorlar 
epiteley 
xujayralarida 
joylashgan 
bo'lib,ularga 
moyil 
bakteriyalarning adgeziyasida  qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar  viruslar  o'ziga  sezgir 
xujayralarga  absorbsiya  qilganidan  keyin  paydo  bo'ladi.(  masalan.gripp  virusi)  so'ngra  bu 
xujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin. 


157 
 
Kasallik  qo'zg'atuvchi  mikroorganizmlar  o'ziga  moyil  to'qima  xujayrasiga    birikkanidan 
so'ng  uning  ustki  qismi  yoki  ichiga  kirib  tezda  ko'payishiga  (  kolonizatsiya  qilishga  )  xarakat 
qiladi.Agar shunday  qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik 
ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi. 
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar 
epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish 
(penetratsiya  qilish)  xususiyatiga  ega.  Ichakning  epiteley  xujayralariga  shigella,  ma'lum 
tip  ichak  tayoqchasiga  salmonollelar  kira  oladi.  Bunda  xujayra  parchalanadi.  Epiteliy 
qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki  to'qimada patologik jarayon rivojlanadi. 
Invaziya  (lot.invasio-xujum  qilish)  Patogen  mikroblarning  organizmga  kira  olish 
xususiyati  to'qimalarni  yemira  oladigan  yoki  har  xil  xujayralarni  shikastlaydigan  fermentlar 
ishlab  chiqarishiga  bog'liq.  Ko'pgina  patogen  mikroblar  (Cl.perfringens,  Streptococcus, 
Starhylococcus  va  boshqalar)  da  gialuron  kislotani  yoki  birikturuvchi  to'qima  asosini  tashkil 
etuvchi  mukopolisaxaridni  parchalay  oladigan  gialurondaza  fermenti  topilgan.  Bu  ferment 
mikroblarning  organizmga  tez  tarqalishiga  imkon  beradigan  patogenlik  omillaridan  biri 
xisoblanadi. 
Vabo  vibrioni,  streptokokk  kabi  mikroorganizmlar  neyraminidaza  fermenti  ishlab 
chiqaradi,  bu  ferment  har  xil  glikoprotoid  glikolipid  polisaxaridlar  tarkibidagi  neyramin 
kislotasini  tanlab  parchalaydi,  natijada  har  xil  to'qimalarning  o'tkazuvchanligi  ortadi.  Shuning 
uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib 
olishi mumkin. 
Stafilokokk  streptokokklar  qon  va  turli  a'zo  xujayralarining    qobig'ini  yemiradigan 
lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi. 
Agressiv  omillar.  Organizmning  ximoya  kuchlariga  ta'sir  ko'rsatuvchi  omillar  agresinlar 
deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar 
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang  stafilokokklarning xujayra devoridagi  A-oqsili,patogen 
streptokokklarning 
M-oqsili, 
grammanfiy 
bakteriyalarning 
lipopolisaxaridlari, 
mikobakteriyalarning  kort  -omili,  o'lat  bakteriyasining  V-va  W  -  antigenlari  shunday 
xususiyatga  ega  moddalardir.  Bu  omillar  leykositlar  xemotaksisini  susaytirib,  fagositozning 
amalga  oshishiga  to'sqinlik  qiladi.  Boshqa  taxminlarga  ko'ra.  yuqorida  sanab  o'tilgan  omillar 
opsoninlar  (antitelolar)  yoki  komplement  ma'lum  bir  komponentlarning  faolligiga  ta'sir 
ko'rsatadi. 
Fermentlar  yordamida  xam  organizm  ximoya  to'sig'ini  yengib  o'tishi  mumkin.  Bularga 
proteaza,  qon  plazmasini  ivitadigan  koagulaza,  fibrinni  eritadigan  fibrinolizinlar  misol  bo'la  
oladi 
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar 
kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi. 
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez 
qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini 
va  boshqalar)  qisman  (Bord.pertussis  leykotoksini,  Vl.teteani  tetanospazmini,  Cl.botulinum 
neyrotoksini,) va umuman  sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " 
sichqon  toksini")  ga  bo'linadi.  Oxirgi  xillari  faqat  bakteriya  xujayrasi  parchalangandan  keyin 
tashqariga  tushadi.  Binobarin,  oqsil  tabiatli  toksinlar  nafaqat  mikrob  virulentligining  amalga 
oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi. 
Lipopolisaxaridlar  (LPS)  bakteriyaning  xujayra  devorida  joylashgan  bo'lib  bu  tuzilma 
parchalangandan  so'ng tashqari tushadi. 
Oqsil  tabiatli  toksinlar.  Bu  xilga  mansub  80  dan  ortiq  bakteriya  zaharlari  tafovut 
qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik 
faolligi  bilan farq qiladi. 
Oqsillar  asaosan  termolabil  bo'lishiga  qaramay,  ularning  issiqqa  chidamli  turlari  xam 
mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 
C    da  xam  bir  necha  minut  saqlanib  qoladi.  Ekzotoksinlar  a'zo  va  to'qimalarga 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə