Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102

162 
 
Sun'iy  immunitet (faol immunitet)  odamda  immunizatsiya (emlash)  natijasida  orttiriladi. 
Immunitetning  bu  turi  organizmga  kuchsizlantirilgan  yoki  turli  usulda  o'ldirilgan  bakteriya, 
ularning  zaharlari,  viruslar  yuborilgandan  so'ng  hosilbo'ladi.  Masalan,  ko'kyo‘tal,  bo'g'ma, 
chechak  kasalliklariga  qarshi  immunitet  shular  jumlasidan.  Bunda  organizmda  faol  qayta 
qurilish  yuzaga  keladi,  ya'ni  qo'zg'atuvchi  va  toksinlarga  o'ldiruvchi  ta'sir  ko'rsatuvchi  modda 
(antitelo)  hosil  bo'ladi.  Shuningdek,  hujayra  xossasining  o'zgarishi  mikroorganizmlar  va  ular 
ishlab  chiqaradigan  moddalarga  ta'sir  ko'rsatadi.  Sun'iy  faol  immunitet  sekin-asta,  3-4  hafta 
ichida hosil bo'ladi va 3 oydan 1 yilgacha saqlanadi. 
Sun'iy  passiv  immunitet  organizmga  tayyor  antitelo  yuborish  natijasida  yuzaga  keladi. 
Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil 
bo'ladi va  faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib 
ketadi. 
Mahalliy  immunitet  tushunchasini  fanga  A . M . B e z r e d k o   kiritgan.  U  organizm 
to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya 
qo'zg'atuvchilarning  kirishiga  to'siq  hosil  qiladi.  Hozirgi  vaqtda  umumiy  va  mahalliy 
immunitetning  birligi  isbotlangan.  Lekin  alohida  to'qima  va  a'zolarning  mikroorganizmlarni 
yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega. 
Antimikrob  immunitet  turli  xil  mikroorganizmlar  keltirib  chiqaradigan  kasalliklardan 
so'ng  yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik  yoki  o'ldirilgan  mikroorganizmlardan tayyorlangan 
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi. 
Antitoksik  immunitet  —  bakteriyalarning  zaharli  ta'sirlari  (toksinlari)ga  nisbatan  hosil 
bo'ladi. 
Antivirus  immunitet  —  virusli  kasalliklardan  so'ng  hosil  bo'ladi.  Immunitetning  bu  turi 
uzoq  davom  etadi  va  mustahkam  (qizamiq,  chechak  va  boshqalar)  bo'ladi.  Shuningdek,  faol 
virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. 
Steril  immunitet  —  ko'pgina  qo'zg'atuvchilar  bemor  tuzalganda  organizmdan  yo'qoladi. 
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar). 
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida 
bo'lgan  davrdagina  saqlanib  turiladi.  Bunday  immunitet  sterillanmagan  yoki  infeksion 
immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi. 
Odamning  yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi  spetsifik va nospetsifik  himoya  omillarida 
o'z aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam 
tanasi  yuzasidagi va  organizm  ichidagi turli xil  mikroorganizmlarni yo'qotishga  imkon beradi. 
Spetsifik  himoya  omili  organizm  kasallik  qo'zg'atuvchisi  yoki  toksinlar  bilan  to'qnashganda 
hosil  bo'ladi, bu  omillarning ta‘siri  faqat  shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi 
qaratilgan bo'ladi. 
Spetsifik bo‘lmagan immunitet ikkiga bo‘linadi: 
Tabiiy yoki tug‘ma. 
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari. 
Tabiiy yoki tug‘ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo‘lib, nasldan - naslga o‘tadi. 
Masalan,  qoramollar,  otlarning  manqa  kasalligiga,  otlar,  itlarning  toun  kasalligiga,  odam  esa 
cho‘chqalarning  va  itlarning  toun  kasalligiga  sezgir  emas.  Hayvonlarda  va  odamlarda 
bo‘ladigan  bunday  immunitet  tabiiy,  tug‘ma  va  zotiga  xos  immunitet  deyiladi.  Bunday 
immunitetning  paydo  bo‘lishi  sababi  har  xildir.  I.  M.  Mechnikov  tug‘ma  immunitetning  bir 
turim kaltakesak va toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan. 
U  qoqshol  tayoqchasinining  katta  miqdorini  kaltakesak  va  toshbaqaning  terisi  ostidan 
yuborib,  bu  toksin  ularga  hech  ta‘sir  etmaganligini,  ya‘ni  ularni  shu  toksinga  immunitetli 
ekanligini aniqlagan. 
Tabiiy  tug‘ma  immunitet  absolyut  yoki  mutloq  va  nisbiyga  bo‘linadi.  Absplyut  yoki 
mutloq  immuniteti  bo‘lgan  hayvonlar  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarning  miqdori  katta  yoki  shu 
qo‘zg‘atuvchi  mikrob  uchun  nihoyatda  qulay  sharoit  bo‘lishiga  qaramay  kasallanmaydilar. 


163 
 
Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi, 
ya‘ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor. 
Nisbiy  immunitetda  esa  organizm  fizikaviy  -  kimyoviy  va  biologic  faktorlar  yoki  tashqi 
muhitning ta‘sirida  qo‘zg‘tuvchi  mikroorganizmiaming katta miqdori  bilan zaharlantirilsa,  shu 
qo‘zg‘tuvchi  mikroorganizmlargaorganizmning  qarshi  turish  qobiliyati  yo‘qoladi.  Masalan, 
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo‘zg‘tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga 
avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi. 
III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOSHQA FAKTORLARI
Hayvon  va  odamlarning  organizmi  hayotda  tashqi  muhit  va  boshqa  tirik  jonivorlar  bilan 
turli  munosabatda  bo‘lib,  ularning  ta‘siriga  javob  qaytarish  va  qarshi  turish  qobiliyati  paydi 
bo‘ladi.  Hayvonlar  va  odam  organizmi  pathogen  mikrobning  kirishiga  to‘sqinlik  qiladigan, 
ulami halokatga olib boradigan, yo bo‘Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir 
necha  tabiiy  himoya  qilish  anatoma  -  fiziologik  hususiyatlarga  va  immunitetning  boshqa 
faktorlariga  ega.  Teri,  shilimshiq  pardalar,  limfa  bezlari,  ichak  va  oshqozon  shirasi,  lizotsin 
moddasi,  o‘t,  fagotsit  va  gumoral  anatoma  -  fiziologik  faktorlar  bo‘lib,  ular  organizmni 
mikrobdan  himoya  qiluvchi  to‘siq  sifatida  himoya  qiladi,  Tcri  va  shilimshiq  pardalar 
mikroblarning organizm to‘qimalariga o‘tishiga to‘sqiniik qiladi, bular tabiiy to‘sqinlikdir. 
FAGOTSITOZ  JARAYONI.Organizmga  kirgan  mikroblarning  ko‘payib  yoki  aksincha 
yemirilib  yo‘q  bo‘lib  ketishi  Ieykotsitlar  va  retikula  -  endothelial  sistemasining  biologik 
reaksiyasiga  bog‘iiqdir.  Bu  hujayralarning  mikrobga  qarshi  faoliyati  fagotsitoz  (30-rasm) 
hodisasidan  iboratdir.  Fagotsitoz-  bu  hayvon  organizmi  hujayralarining  zarrachalarini  aktiv 
tutishi,  bu  zarrachalar  organik  bo‘lgan  taqdirda  ularni  hazm  qilish  jarayonidir.  Bu  jarayonda 
asosiy rolni fagotsitlar o‘ynaydi. I. L Mechnikov fagotsitoz va uning immunitetdagi rolini aniq 
tajribalar  bilan  isbot  etadi.  U  dengiz  yulduzining  lichinkalari  va  dafniyalar  ustida  tajribalar 
o‘tkazadi  .  Olim  lichinka  tanasiga  tikan  kiritadi.  Bir  necba  vaqtdan  keyin  tikan  atrofiga 
talaygiria  xarakatchan  hujayralar  to‘planganini  aniqlaydi.  Ikkinchi  tajribada  esa  u  dafniya 
tanasiga  mahsus zamburug‘ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo‘lganidan ularning hammasini 
barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi, Sporalar ko‘p 
yuborilganda  esa,  ular  o‘sib  ko‘payardi  va  natijada  jonivor  nobud  bo‘Iardi.  Bu  tajribalarga 
asoslanib  Mechnikov  hayvonlar  organizmi  mahsus  hujayralar  yordamida  mikroblarni  qamrab 
olib  yutib  yuboradi  va  shu  tariqa  mikroblardan  holos  bo‘ladi  degan  hulosaga  keladi.  Bu 
hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya‘ni yutib yuboradigan 
hujayralar  deb  ataydi.  I.  I.  Mechnikovning  fikricha,  qonning  harakatchan  hujayralarida 
leykotsitlar,  asosan  segmentlangan  neytrofillar  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Ular  m i k r o f a g l a r  
deb  ataladi.  Bundan  tashqari  yirik  hujayralar  -  m a k r o f a g l a r   ham  bor.Bularga 
monotsitlar, qon tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula 
- endoteliy hujayralari kiradi. 
Fagotsit reaksiya 3 fazadan iborat: 
1.
 
Fagotsitlarning mikrobga yaqinlashuvi 
2.
 
Mikrobni qamrab olish 
3.
 
Fagotsitga yutilgan mikrobning hujayra ichida hazm bo‘lishi. 
ANTIGENLAR HAQIDA TUSHUNCHA. Antigen grekcha so‘z bo‘Iib, anti  - qarshi va 
genis  -  avlod  degan  ma‘noni  bildiradi.  Organizmga  tushib,  immunologic  reaksiyani  paydo 
qiladigan  har  qanday  moddalar  o‘ziga  xos  mahsus  antitelalar  hosil  qilishi  bilan  ifodalanadi. 
Antigen  noini  1899  yili  vengriyalik  olim  Ladislau  Doych  tomonidan  tavsiya  etilgan. 
Antigenlaming  molekulyar  massasi  nihoyatda  yuqori.  Shu  sababli  antitelalarni  hosil  qilish 
hususiyatlari
1
 am yuqori 
Antigenlarning  -rasm)  molekulalari  kolloid  holatda  bo‘lgani  uchun,  ular  shimilib, 
antitelalar  hosil bo‘Iadigan joylarga  yetib boradi.  Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas. 
Antigeniarga  mikroorganizmlar  va  ularning  zaharlari,  begona  oqsillar  (чужеродние  белки), 
fermentlar,  to‘qima  hujayralanning  elementlari  va  hayvonlarning  zaharlari  kiradi.  Oqsil 
moddalarning  tarkibida  aromatic  gruppalar  ko‘p  bo‘lsa,  unda  oqsil  moddalarning  antigenlik 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə