Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102

168 
 
sekinlashadi  yoki  to'xtaydi.  Barcha  mikroorganizmlar  temperaturaga  nisbatan  psixrofillar, 
mezofillar va termofillarga bo'linadi. 
Psixrofillar (yunoncha psyhros  — sovuq, phileo — sevaman) yoki past haroratni  sevuvchi 
mikroorganizmlardir.  Ular  past  haroratda  o'sadilar.  Ular  uchun  minimal  harorat  0°C,  optimal 
harorat 10 — 20°C, maksimai harorat 30°C ga teng. Ularga shimoliy dengiz hamda okeanlarda, 
tuproq va chiqindi suvlarda yashaydigan mikroblar kiradi. 
Mezofillar  (yunoncha  mesos  —  o'rtacha)  ko'pgina  saprofit  va  barcha  patogen  mikroor-
ganizmlar kiradi.  Ular uchun  maksimal  harorat 46°C, optimal  harorat 28  — 37°C  va  minimal 
harorat 10°Cga teng. 
Termofillar (yunoncha termos — issiq). Bular uchun minimal harorat 30°C, optimal harorat 
50—60°C,  maksimal  harorat  70—75°C  ga  teng.  Ular  issiq  suv  havzalarida,  tuproqning  yuza 
qismida, go'ngda uchraydi. Yuqori va past  harorat mikroorganizmlarga turlicha ta'sir ko'rsatadi. 
Ayrim mikroorganizmlar yuqori haroratga juda sezgir bo'ladi. Harorat maksimal ko'rsatkichdan 
ortgan  sari  mikroblarning o'lishi tezlashadi.  Vegetativ  mikroorganizmlar 60°C issiqlik ta'sirida 
30  —  60  daqiqadan  so'ng,  80  -  100°C  issiqlik  ta'sirida  1—2  daqiqadan  so'ng  nobud  bo'ladi. 
Bakteriyalarning sporalari ancha chidamli bo'ladi. Masalan, batsillaning sporasi qaynatganda 10 
—  20  daqiqa,  botulizm  klostridiyning  sporasi  6  soatgacha  saqalanadi.  Barcha  bakteriyalar  va 
sporalar 165 — 170°C harorat ta'sirida 1 soat ichida nobud bo'ladi. 
Ko'pgina  mikroorganizmlar  past  haroratga  chidamli  bo'ladi.  Vabo  va  salmonellalar  muzda 
uzoq  saqlanadi.  Ayrim  mikroorganizmlar  sovuq  havoda  (-190°C),  bakteriyalarning  sporalari  -
250°C temperaturada ham tirik qolishi mumkin. 
Patogen  mikroblar  —  ko'kyo'tal,  meningokokk,  gonokokk  va  boshqalar  past  haroratda  tez 
nobud  bo'ladi.  Mana  shuni  e'tiborga  olgan  holda  tekshirish  materialini  laboratoriyaga 
yuborilayotganda sovuqdan saqlagan holda olib borish lozim bo'ladi. 
Past  harorat  achituvchi  va  bijg'ituvchi  jarayonni  yuzaga  keltiruvchi  mikroorganizmlarga 
o'ldiruvchi  ta'sir  ko'rsatadi.  Shuning  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlarini  muzlatkichlarda, 
omborxonalarda saqlanadi. 0°C haroratda mikroorganizmlar anabioz holatiga tushadi, moddalar 
almashinish  jarayoni  sekinlashadi  va  bo'linib  ko'payishi  to'xtaydi.  Agar  mikroblar  yana  o'ziga 
qulay  temperaturaga  va  oziq  muhiti  ko'p  bo'lgan  sharoitga  tushsa,  o'zini  qayta  tiklaydi. 
Haroratning  tez  o'zgarishi  (muzlash  yoki  erish)  mikroorganizm-larga  halok  qiluvchi  ta'sir 
ko'rsatadi, ya'ni hujayra qobig'ining bo'linib ketishiga olib keladi. 
Quritish.  Mikroorganizmlarning  normal  hayoti  uchun  suv  zarur.  Quritish  ta'sirida 
sitoplazmatik  membrananing  butunligi  buziladi,  natijada  mikrob  hujayrasining  oziqlanishi 
to'xtab, hujayra nobud bo'ladi. 
Quritish  ta'sirida  mikroblarning  o'lishi  turlichadir.  Masalan,  patogen  meningokokk, 
gonokokk,  leptospiralar,  treponema  va  boshqalar  quritish  ta'sirida  bir  necha  daqiqadan  so'ng 
nobud  bo'ladi.  Vabo  vibrioni  2  kungacha,  salmonellalar  70  kun,  sil  mikobakteriyasi  90 
kungacha saqlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan kasallangan  bemorning  qurigan  balg'amida  sil 
qo'zg'atuvchisi  qurigan  oqsil  qobig'i  bilan  o'ralgan  bo'ladi.  Shuning  uchun  u  10  oygacha 
saqlanishi mumkin. 
Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 
yilgacha,  mog'or  zamburug'lari  20  yilgacha  saqlanadi.  Quritish  ta'sirida  mikroblar  nobud 
bo'lgani  uchun  azaldan  sabzavot  va  mevalar,  go'sht,  baliq,  dorivor  o'simliklarni  quritib 
saqlanilgan. Quritish yo'li bilan saqlangan oziq-ovqatlar namli sharoitga tushganda tez buziladi, 
chunki mikroblar o'z faoliyatini yana tiklaydi. Mikroorganizm kulturalarini, vaksina va biologik 
preparatlarni saqlashda liofil quritish usuli keng qo'llaniladi. Bunda preparatlar muzlatilib, so'ng 
vakuum sharoitida quritiladi. Bu holatda  mikrob  hujayrasi anabioz  holatiga o'tadi  va bir  necha 
oy, hatto bir necha yillargacha biologik xossasini saqlab qoladi. 
Yorug'lik nurlari. Mikroblar hayot faoliyatlarida doimiy quyosh radiatsiya nurlari ta'siriga 
uchraydi.  Tik  quyosh  nuri  fotosintezlovchi  bakteriyalardan  tashqari  mikroorganizmlarga  ham 
bir  necha  soat  ichida  halok  qiluvchi  ta'sir  ko'rsatadi.  Quyosh  nuri  tarkibidagi  ultrabinafsha 
nurlar hujayra fermentlarini inaktivatsiyalaydi va DNKni jarohatlaydi. 


169 
 
Patogen  mikroorganizmlar  UBN  (ultrabinafsha  nuri)ga  juda  sezgir  bo'ladi.  Shuning  uchun 
laboratoriyada  kulturalarni  qorong'ida  saqlash  maqsadga  muvofiqdir.  Buni  Buxner  o'z 
tajribasida isbotlab bergan. Petri kosachasidagi  oziqa  muhitga ko'p  miqdorda  mikrob kulturasi 
ekiladi.  Qora  qog'ozdan  «typhus»  so'zi  kesib  olinadi  va  kosachaning  orqa  tarafiga 
yopishtiriladi.  Kosachani  to'nkarilgan  holatda  tik  quyosh  nurida  1  soatga  qoldiriladi,  vaqt 
o'tgach  qog'oz  olib  tashlanadi  va  kosachani  37°C  da  24  soat  termostatda  qoldiriladi.  Ertasiga 
termostatdan  kosachani  olib  qaralganda,  uning  qog'oz  yopishgan  joyida  mikroblarning  o'sgani 
ko'rinadi. Quyosh nuri tik tushgan yerida esa mikroblar o'smagani kuzatiladi. Quyosh nurining 
ahamiyati  katta  bo'lib,  tashqi  muhit  —  havo,  suv,  tuproqning  yuza  qismini  patogen 
mikroblardan  tabiiy  ravishda  tozalab  turadi.  UBNlarning  bakteriotsidlik  ta'siridan  yopiq 
xonalardagi  (jarrohlik,  bog'lov,  boks  va  boshqalar)  havoni  sterilizatsiya  qilishda  keng 
foydalaniladi. Ultrabinafsha nur ajratuvchi lampa, bakteriotsid lampalar bu nurlarning manbayi 
hisoblanadi. 
Ultratovush  mikrob  hujayrasini  jarohatlaydi.  Uning  ta'sirida  hujayra  ichidagi  sitoplazma 
faollashadi  va  hujayra  ichidagi  bosim  ortib  ketadi  (10  000  atm).  Bu  hujayra  qobig'ining 
butunligiga  ta'sir  ko'rsatib,  hujayrani  nobud  qiladi.  Ultratovush  oziq-ovqatlarni  (sut,  meva, 
sharbatlar), ichimlik suvlarini sterilizatsiya qilishda qo'laniladi. 
Bosim.  Mexanik  bosimga  bakteriyalar  va  sporalar  chidamli  bo'ladi.  Tabiatda  okean  va 
dengizlarning  1  000  —  10  000  metr  chuqurligida  100  —  900  atm  bosim  ostida  yashaydigan 
mikroblar ham aniqlangan. Ayrim turdagi bakteriyalar 3 000 — 5 000 atm, sporalar 20 000 atm 
bosimga chidamli. 
Nazorat savollari 
1.
 
Irsiyat haqida tushuncha 
2.
 
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik va ularning xossalari 
3.
 
Mutatsion o‘zgaruvchanlik va uning shakllari 
4.
 
Plazmida 
5.
 
O‘zgaruvchanlikning tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati. 
6.
 
Mikroorganizmlarga fizikaviy omillarini ta‘siri 
 
Mavzu: Vaksina va zardoblar.  
 
 Darsning maqsadi: 
Talabalarga vaksina va immun zardoblari haqida, ularning olinishi, ishlatilishi maqsadi,  
to‘g‘risida tushunchalar berish. 
 
 Darsning vazifasi:  
Vaksinalarni qanday turlari borligi, olinish texnologiyasi bilan tanishish. 
 
3. O‘quv jarayonining mazmuni: 
1. Vaksina va ularning turlari 
2. Vaksina va immunoglobulinlar 
3. Vaksina va zardoblarga qo‘yiladigan talablar 
 
 
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi 
a) darsning turi – suhbat 
b) metod - TЕZKOR  SO‘ROV,  «ASALLARI  TO‘DASI » 
v) forma(shakl) – guruh 
g) vosita – doska, tarqatma material, jadval, preparatlar, mikroskop, reaktivlar, vaksinalar, 
immunzardoblar 
d) usul – nutqli 
e) nazorat – kuzatish(ko‘rish) 
j) baxolash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə