Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 16.Keys

185 
 
 
8-Keys.  Mikroorganizmlar  genetikasi.  Mikroorganizmdagi  uzgaruvchanlik  va  ulardan 
tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar  va zardoblar. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Har  bir  madaniyatli  kishi  ovqatlanishdan  oldin  qo‗lini  sovun  bilan  yuvishi  kerak. 
Sovun ishlatishdan qanday maqsad ko‗zlanadi? 
2.Jarohatlarga  birlamchi  ishlov  berish  uchun  bo‗yoqlar  ishlatiladi.  Qaysilar?  Ularning 
ta‘sir mexanizmi nimadan iborat? 
3.Bakteriologik  laboratoriyaga  tekshirish  uchun  balg‗am  olib  kelindi.  U  bakteriologik 
jihatdan  tekshirib  bo‗lingach,  kanalizatsiyaga  to‗kishdan  oldin  qanday  ishlov  berilishi  kerak? 
Nima uchun? 
 
9-Keys.  Patogen  gram  manfiy  (meningokok  va  gonokoklar)  va  gram  musbat 
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar) 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Bakteriologik  laboratoriyaga  ashyo  sifatida  jarohatdan  yiring  olib  kelindi.  Surtma 
tayyorlab    ko‗rilganda  ko‗rish  maydonida  stafilokokklar  kuzatildi.  Keyingi  tekshirish  rejasini 
tuzing va xulosa qiling. 
2.Bakteriologik  laboratoriyaga  ashyo  sifatida  tomoqdan  va  burundan  olingan  surtma 
keltirildi. Keyingi tekshirishlar rejasini tuzing. 
3.O‗ng  qo‗ltiq  ostida  karbunkul  rivojlangan  bemor  shifoxonaga  murojaat  qildi.  Tashhis 
qo‗yish va uni davolash uchun Siz ko‗radigan chora-tadbirlar. 
4.CHap  tovoni  jarohatlangan  bemor  Sizga  yordam  so‗rab  murojaat  qildi.  Nimadan 
xavotirlanasiz va Sizning hatti-harakatingiz. 
5.Bemor  birdaniga  harorat  ko‗tarilishi,  bosh  og‗rishi,  qaltirish  shikoyatlari  bilan 
shifokorga  murojaat  qildi.  SHungacha  uning  barmog‗ida  yiring  bo‗lib,  u  uyda  davolangan. 
Tashhis  qo‗yish  uchun  qanday  mikrobiologik  tekshirish  o‗tkazasiz  va  Sizning  keyingi  hatti-
harakatingiz. 
 
11-Keys.  Yuqumli  ichak  kasalliklari,  ichak  tayoqchasi  mikrobiologik  xususiyatlari. 
Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.To‗qqiz  yoshli  bolaning  yo‗g‗on  ichak  normal  mikroflorasi  tekshirilganda  Endo 
muhitida  qizil  rangli,  S  ko‗rinishli  koloniyalar  bilan  bir  qatorda  rangsiz  koloniyalar  ham 
aniqlandi. Identifikatsiya  qilinganda  har ikkala koloniyadagi mikroorganizmlar  ham  bir turga 
mansubligi aniqlandi. Bunday vaziyatni izohlang va baho bering. 
2.Bakterial  dizenteriya  deb  shubhalanilgan  bemor  bolaning  najasi  laboratoriyaga  olib 
kelindi. Qaysi usullar yordamida qo‗zg‗atuvchi ajratib olinadi. 
 
12-Keys. Xavo - tomchi   orqali yuquvchi infeksiya.    (Korinebakteriya, mikobakteriya) 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Bolalar  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  uzluksiz  yo‗tal  bilan  to‗rt  yashar  bola 
tushdi. SHifokor sifatida Siz bemorga qanday yordam berasiz. 
2.Bakteriologik  laboratoriyaga  ko‗kyutal  bilan  kasallangan  bemordan  biologik  ashyo 
sifatida  balg‗am  olib  kelindi.  Surtma  qaysi  usul  bilan  bo‗yaladi?  Qo‗zg‗atuvchining 
morfologik xususiyatiga ta‘rif bering. 
3.Bakteriologik  laboratoriyaga  difteriya  deb  shubhalanilgan  bemor  burun-halqumidan 
ajralmalar  olib  kelindi.  Surtmada  qaysi  mikroorganizmlarni  aniqlash  mumkin.  Gram  usulida 
ular qanday bo‗yaladi? 
4.SHifoxonaga  difteriya  kasalligining  og‗ir  ko‗rinishi  bilan  bemor  tushdi.  Davolovchi 
vrach nimadan xavotirlanadi va u qanday yo‗l tutadi? 
5.Jarrohlik  bo‗limida  statsionar  davolanishga  kelgan  bemorga  ―o‗ng  tizza  saramasi‖ 


186 
 
tashhisi qo‗yildi. Qaysi qo‗zg‗atuvchi ushbu kasallik chaqirishi mumkin va  kasalikka tashhis 
qo‗yishda qanday tekshirish usulidan foydalaniladi? 
 
13-Keys.  Sodda  patogen  jonivorlar.  (Bezgak,  leyshmanioz).Zamburug‘lar  keltirib 
chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar) 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Ozena  bilan  og‗rigan  bemordan  biologik  ashyo  olinib,  bakteriologik  laboratoriyaga 
jo‗natildi. Uning kapsulasini aniqlash uchun qaysi usulda va qanday bo‗yab ko‗rish mumkin? 
2.Vrach-bakteriolog  shubhalanilgan  qo‗zg‗atuvchining  sof  kulturasini  ajratib  oldi. 
Uning sofligini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 
3.Bakteriologik  laboratoriyaga  bemordan  biologik  ashyo  sifatida  najas  olib  kelindi. 
Bakteriologik tashhis qo‗yish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim? 
4.Bemor  siydik  kovug‗ini  bo‗shatish  uchun  kateter  qo‗yish  zarur.  Ishlatishdan  oldin 
unga qanday ishlov beriladi? 
 
14-Keys. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo‘zg‘atuvchilari 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Gazli  gangrena kuzatilgan  bemorlarning jarohatidan ajralib  chiqqan  biologik ashyodan 
surtma  tayyorlab, 
mikroskop  ostida  ko‗rilganda  musbat  javob  olindi.  Ko‗rilgan 
mikroorganizmlarning morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta‘rif bering. 
2.Transport  halokati  tufayli  jabrlangan  odam  jarohati  tuproq  bilan  ifloslangan  xolda 
statsionarga  keltirildi.  Tuproq  bilan  jarohatga  qanday  mikroorganizmlar  tushishi  mumkin  va 
bunday  holda  bakteriologik  tekshirishga  ashyo  yuborish  mumkinmi?  Siz  qo‗llaydigan 
profilaktika choralari qanday? 
3.Ovqatdan zaharlanishga shubhalanilgan bemordan olingan ashyo (qusuq) tekshirilganda 
katta  grammusbat  tayoqcha  aniqlandi.  Sizning  bakteriolog  sifatida  harakat  rejangiz  qanday 
bo‗ladi? 
4.Bakteriologik  laboratoriyaga  difteriya  deb  shubhalanilgan  bemordan  ashyo  (tomoqdan 
shilliq) olib kelindi. Mikrobiologik tashhis rejasini tuzing. 
 
15-Keys. Patogen  zoonoz o‘ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo‘zg‘atuvchilari.) 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Vrach  bakteriolog  toun  bilan  kasallangan  bemorlardan  tekshiriluvchi  biologik  ashyo 
olib  kelish  to‗g‗risida  topshiriq  oldi.  U  tekshirish  joyiga  borishdan  oldin  nimalarga  e‘tibor 
berishi kerak va nima uchun? 
2.SHifoxonada  brutsellyoz  bilan  kasallangan  bemor  yotibdi  (kasallikning  2  haftasi). 
Bemordan  tekshirish  uchun  qanday  biologik  ashyo  olib  jo‗natildi?  Laboratoriyada  tashhis 
qo‗yish uchun qaysi usullardan foydalaniladi? 
3.Brutsellyoz  bilan  kasallangan  bemordan  laboratoriyaga  najas  olib  kelindi  va  ozik 
muhitlarga ekildi. Oziq  muhitlarda o‗sib  chiqqan koloniyalardan  surtma tayyorlandi.  Surtmani 
tekshirishda  qaysi  bo‗yash  usulidan  foydalaniladi  va  ko‗rish  maydonida  qanday 
mikroorganizmlar kuzatiladi? 
4.Siz  yashayotgan  joyda  brutsellyoz  bilan  hayvonlar  kasallanishi  ko‗p  kuzatilmoqda. 
Uchastka shifokori sifatida kasallikni kamaytirish maqsadida qanday chora-tadbirlar olib borish 
lozim? 
16.Keys  Patogen  spiroxetalar.  (Zaxm  qo‘zg‘atuvchilari)  Rikketsiozlar.  (Toshmali  tif 
qo‘zg‘atuvchilari.  
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Teri  va  tanosil  kasalliklari  dispanseriga  bundan  3  oy  avval  so‗zakni  eslatuvchi  klinik 
ko‗rinishlari  kuzatilgan  bemor  murojaat  qildi.  Retrospektiv  tashhis  qo‗yish  uchun  qaysi 
mikrobiologik tekshirish usullari qo‗llaniladi? 
2.Sizga peshob yo‗llaridan yiring oqishidan shikoyat qilib, bemor murojaat qildi. Nimadan 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə