Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102

183 
 
VI.KEYSLAR BANKI 
 
 
 1-Keys. 
 Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash 
qoidasi. Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo‘yash usullari. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Bakteriologik  laboratoriyaga  olib  kelingan  biologik  ashyodan  surtma  tayyorlab,  Gram 
usulida bo‗yash kerak. Buning uchun vrach-bakteriolokka qaysi laboratoriya jihozlari va qanday 
bo‗yoqlar kerak bo‗ladi? 
2.Bemordan  olingan  biologik  ashyodan  bakteriologik  surtma  tayyorlandi.  Uni  Ojeshko 
usulida bo‗yash uchun qaysi bo‗yoklardan foydalaniladi? 
   
2-Keys.  Mikroorganizmlar  morfologiyasi,  strukturasi,  bakteriyalarning  kimyoviy 
tarkibi.Murakkab bo‘yash usullari va axamiyati. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Yiringdan  tayyorlangan  surtmada  kokklar  aniqlandi.  Ularning  qaysi  avlodga 
mansubligini aniqlash uchun qo‗shimcha nimalarni bilish zarur? 
2.Bakteriologik laboratoriyaga epidemik meningit deb shubhalanilgan bemordan orqa miya 
suyuqligi  olib  kelindi.  Surtmada  qaysi  mikroorganizmlar  aniqlanishi  mumkin.  Gram  bo‗yicha 
ular qanday bo‗yaladilar? 
3.Najasdan  tayyorlangan  surtmada  grammanfiy  tayoqchalar  aniqlandi.  Ularning 
harakatchanligini aniqlash uchun qaysi usullardan foydalaniladi? 
 
3-Keys.  Mikroorganizmlar  fiziologiyasi:  ozik  muxitlari,  ularning  klassifikasiyasi.nafas 
olishi, o‘sishi va  ko‘payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi. 
Sterilizasiya,  dezinfeksiya,  aseptika  va  antiseptika.Antibiotiklar,  ularning  klassifikasiyasi. 
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:  
1.Mikroorganizmlarning  sof  kulturasini  ajratib  olishda  sun‘iy  oziq  muhitlaridan 
foydalaniladi,  lekin  ular  ma‘lum  talablarga  javob  berishi  shart.  Bular  qanday  talablar  va  buni 
nima uchun bilish kerak? 
2.Bemordan olingan biologik ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish 
va ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun  qaysi oziq muhit ishlatiladi. 
Farqlash qanday amalga oshiriladi? 
3.Anaerob  infeksiya  bor  deb  shubhalanilgan  bemordan  ashyo  sifatida  jarohat  ekssudati 
olindi.  Qo‗zg‗atuvchi  sof  kulturasini  ajratib  olish  uchun  anaerob  sharoit  yaratish  usullarini 
aytib bering. 
4.Jarroh  o‗zining  ishi  jarayonida  steril  bog‗lov  materillarini  ishlatadi.  ―Steril‖ 
terminining ma‘nosi nima? Bog‗lov materiallari qanday sterillanadi? 
5.Talabalar 
oshxonasida 
talabalarga 
pasterizatsiyalangan 
sut 
sotishdi. 
―Pasterizatsiyalangan‖ deganda nimani tushunasiz va u qanday o‗tkaziladi? 
6. Bakteriolog-shifokor tif-paratiflar kasalligiga shubha qilingan bemordan olingan qonni 
elektiv Rapoport oziq muhitiga ekdi. ―Elektiv oziq muhit‖, deganda nima tushuniladi va nima 
uchun qon Rapoport muhitiga ekildi? 
 
4-Keys. Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Laboratoriyada vabo vibrionining sof kulturasi ajratib olindi. Xuddi shunday shtammlar 
kanal suvida ham borligini qaysi usul yordamida isbotlash mumkin? 
2.Burun-halqum  surtmasidan  gripp  virusi  ajratib  olinishi  kerak.  Bu  qanday  amalga 
oshiriladi? 
3.Poliomielitga  shubhalanilgan  bemor  shifoxonaga  yotkizildi.  Undan  qanday  biologik 


184 
 
ashyo olinadi? Nima uchun? 
4.Laboratoriyaga  poliomielitga  shubhalanilgan  bemordan  biologik  ashyo  olib  kelindi. 
Virus ajratib olish uchun qaysi biologik ob‘ektlar kerak? 
5.Laboratoriyada  sitopatogen  ta‘sirga  ega  bo‗lgan  virus  kulturasi  ajratib  olindi.  Ajratib 
olingan virus qaysi usulda identifikatsiya qilinadi? 
6.Qon topshirish bo‗limida qon zardobida NvsAg borligi nazorat qilinadi. Nima uchun va 
bu qaysi usullar yordamida amalga oshiriladi? 
8.Toshkent  shahridagi  Virusologiya  intstitutiga  virusli  gepatitga  shubhalanilgan  bemor 
qon  zardobi  olib  kelindi.  Kasallikka  tashhis  qo‗yish  va  uni  farqlash  uchun  qaysi  usullar 
qo‗llaniladi? 
 
5-Keys.  Dorivor  o‘simliklar  xom  ashyosining  mikroflorasi.  O‘simliklarda  kasallik 
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi  va aniqlash usullari. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Davolanish  uchun  olingan  moychechakni    damlamasi  olinib,  ichish  uchun  tavsiya 
qilinganda,bemorda ichak faoliyati buzilishi kuzatilgan,sababini aytib bering? 
2.Tayyorlangan  ekstrakt  bemorga  berilganda  MNS  da  o‗zgarishlar  va  alaxlash  yuzaga 
kelgan. Ekstraktni tarkibida qanday mikroorganizmlar bor?    
 
6-Keys.  Infeksiya  xaqida  tushuncha.  Virulent  va  patogen  mikroorganizmlar.Infeksion 
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya  diagnostika usullari 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.YUqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  dizenteriya  deb  shubhalanilgan  bemordan 
tekshiriluvchi  biologik ashyo  olib laboratoriyaga jo‗natildi.  Bakteriologik laboratoriyada  vrach 
bakteriolog dizenteriya tashhisini tasdiqlash uchun nimalarga e‘tibor berishi kerak? 
2.Bemorlardan  olingan  biologik  ashyo  oziq  muhitlarga  ekib,  tekshirilganda  dizenteriya 
qo‗zg‗atuvchilariga  xos  koloniyalar  o‗sdi.  Vrach  bakteriolog  ajratib  olingan  koloniyalarni 
qanday identifikatsiya qiladi? 
3.Qorin tifi  bilan og‗rib  o‗tgan  shaxslarni  bakteriya tashuvchanlikka tekshirish  natijasida 
qo‗zg‗atuvchi  topilmadi.  Tekshirilgan  shaxslar  bakteriya  tashuvchi  emasligini  tasdiqlasak 
bo‗ladimi?  YAkuniy  xulosa  berish  uchun  qanday  biologik  ashyo  qo‗shimcha  tekshirilishi 
lozim? 
4.Statsionarga  ikki  opa-singil  mushaklarning  kuchsizlanishi,  narsalarning  ko‗zga  ikki 
bo‗lib  ko‗rinishi,  ovoz  bo‗g‗ilishi,  yutishning  qiyinlashuvi,  nafas  olishning  buzilishi  belgilari 
bilan  tushdi.  Ushbu  simptomlar  boshlanishidan  bir  necha  soat  oldin  ular  uyda  tayyorlangan 
konservalangan  zamburug‗  iste‘mol  qilishgan.  SHifokor  dastlabki  tashhis  qo‗yib,  bemordan 
biologik  ashyo  olib,  laboratoriyaga  jo‗natdi.  Laboratoriyada  tashhis  qo‗yish  uchun  qaysi 
mikrobiologik usul, qanday olib boriladi? 
 
7-Keys. Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari  
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.SHifokor  bemorda  birlamchi  immunologik  tekshirish  o‗tkazmoqda.  Buning  uchun  u 
qaysi immunologik testlardan foydalanishi kerak? 
2.SHifokor  bemorda  qorin tifi  borligiga  shubhalanmoqda.  Bunda  serologik tashhis  qaysi 
usullar bilan va kasallikning qaysi haftasida qo‗yiladi? Nima uchun? 
3.Bilvosita  gemaglyutinatsiya  reaksiyasi  qo‗yilganda  quyidagi  natijalar  olindi:  1:2  dan 
1:256  gacha  bo‗lgan  suyultirilmalarda  planshet  chuqurchalari  tubida  eritrotsitlar  ―soyabon‖ 
holida, 1:512 va 1:1024 suyultirmalarida  esa ―tugmacha‖ holida cho‗kmaga tushdi. Ishlatilgan 
zardobning antitelolar titri qanday? 
4.Komplementni  bog‗lash  reaksiyasi  qo‗yilganda  bir  probirkada  eritrotsitlarning  to‗liq 
gemolizi  kuzatilsa,  ikkinchisida  gemoliz  bo‗lmadi.  SHu  probirkalardan  qaysi  biri  nazorat 
uchun, qaysisiga antigen aralashtirilgan? 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə