Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102

176 
 
4.Mikroorganizmlarning  kimyoviy  preparatlarga  chidamliligi  va  uni  bartaraf  qilish 
yo‘llari. 
5.  Kimyoterapevtik  preparatlarning  etiotropligi  va  organotropligi.  Kimyoterapevtik  ideks 
nimaligini aytib bering. 
6.  Kimyoterapevtik  preparatlarning  asosiy  turlari  va  ularning  mikroorganizmlarga  ta‘sir 
etish mexanizmlari. 
7.Antibiotiklar  rejasini aytib bering. 
8. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o‘zlashtirma chidamliligi. 
9..Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo‘llari. 
10.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari. 
11.Antagonizm. Antibiotiklarga talab. 
O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi. 
1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari. 
2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda. 
3.Surtma tayyorlash va gramm  usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali  kuzatish va dafatrga 
chizib olish. 
4.Tayyor  preparatlarda  fagositoz  hodisasanini  mikroskop  orqali  kuzatish,  metodik 
qo'llanmalar bilan mustaqil ishlash. 
5.Bakteriyalarni  antibiotiklarga  sezgirligini  antibiotiklar  shimdirilgan  standart  disklar 
metodi bilan aniqlash. 
6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash. 
7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo‘yicha aniqlash. 
8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli. 
 
Kimyoterapevtik  moddalarning  asosiy  guruhlari  va  ularning  mikroblarga  qarshi  ta‘sir 
mexanizmi. 
Tibbiyot  amaliyotida  yuqumli  kasalliklarni  davolash  va  oldini  olish  uchun  patogen 
mikroorganizmlarni  nobud  qila  olish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  kimyoviy  moddalar  keng 
qo‘llaniladi.  Bu  moddalar  kasallikni  davolash  maqsadida  qo‘llanilsa,  kimyoterapiya, 
profilaktika maqsadida qo‘llanilsa, kimyoprofilaktika deb ataladi. 
1885  yil  P.  Erlix  kimyoterapiyaga  asos  solib,  mikrob  hujayrasi  ma‘lum  bir  kimyoviy 
moddalar  bilan  o‘zidagi  maxsus  reseptorlari  yordamida  o‘zaro  ta‘sirlashadi  degan  xulosaga 
keldi. 
Kimyoterapevtik moddalarning ba‘zi bir umumiy belgilari: 
a)  odam  organizmiga  toksik  ta‘sirining  yo‘qligi.  Moddalarning  zararsizligi 
kimyoterapevtik ko‘rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi. 
b)kimyoterapevtik  moddalarning  mikroorganizmlarga  kuchli  tanlab  ta‘sir  etishi, 
antimikrob ta‘sir doirasi bilan aniqlanadi. 
c)  kimyoterapevtik  moddalar  bakteriostatik  yoki  bakterisid  ta‘sirga  ega.  Bakteriostatik 
ta‘sir  deganda  bakteriyalarning  o‘sishi  va  ko‘payishini  to‘xtatish,  bakterisid  ta‘sirda  esa 
bakteriyalarning nobud bo‘lishi tushuniladi. 
d)  kimyoterapevtik  moddalar  har  doim  mikroorganzmlarning  doriga  chidamli  shakllarini 
keltirib    chiqarish  xususiyatiga  ega,  ba‘zi  bir  dorilarga  chidamli  mikroorganizmlar  tez  hosil 
bo‘lsa boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi. 
e)  virusli  infeksiyalar  kimyoterapiyasi.  Virusli  infeksiyalarga  antibiotiklar  samarali  ta‘sir 
ko‘rsatmaydi.  Bu  vuruslarda  xususiy  metabolizmning  yo‘qligi  bilan  bog‘liq.  Pirimidinga 
o‘xshash  idoksuridin  (5-yod-dezoksiuridin)  gerpetik  va  adenovirusli  keratit,  kon‘yugktivit  va 
uchuqni  davolashda  qo‘llaniladi.  Gripp,  qizamiq,  qizilcha,  vezikulyar  stomatit  viruslarning 
boshlang‘ich  davrida  susaytiruvchi  ta‘sir  ko‘rsatadigan  dorilarga  amantadin  hosilalari  kiradi. 
Bulardan remantadin gripp A virusiga juda samarali ta‘sir ko‘rsatadi; 
f)chechak  viruslari  reproduksiyasini  to‘xtatadigan  tiosemikarbazon  hosilalari  juda  yaxshi 
naf beradi. 


177 
 
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak: 
a)  mishyak  dorilar  (salvarsan,  asorsol,nevarsenol)  sifilis,  sibir  yazvasi,  qaytalama  tifni 
davolashda ishlatiladi. 
b)  xinin, akrixin, plazmosid,  bigumal  sodda jonivorlar ko‘rsatuvchi  malyariya kasalligini 
davolashda; 
c)  sulfanilamidlar  –  oq  streptosid,  etazol,  ftalazol,  norsulfazol,  sulfademizin. 
Sulfanilamidlarni ta‘sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o‘z ichiga 
oladi.shu sababli organizmda mikrobni ko‘payishi to‘xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya 
kuchlari ta‘sirida mikroblar halok bo‘ladi. 
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid. 
2. Antibiotiklar: umumiy ma‘lumotlar 
Antibiotiklar—ba‘zi  mikroorganizmlar  (aktinomisetlar,  zamburug‘lar,  bakteriyalar) 
hayvon  to‘qimalari  va  ayrim  yuksak  o‘simliklar  hayot  faoliyati  natijasida  xosil  bo‘ladigan  va 
turli  xil  mikroblarning  o‘sishi  hamda    rivojlanishini  to‘xtatadigan  organik  moddalar.  Bu 
terminni Amerika olimi  Z. Vaksman mikroblarda hosil bo‘lib, boshqa mikroblarga qarshi ta‘sir 
etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. 
Antibiotiklar  kasallantiruvchi  (patogen)  mikroblardagi  moddalar  almashinuvini  buzib, 
ularni  o‘ldiradi  yoki  o‘sishini  to‘xtatadi.  Ular  turli  mikroblarga  turlicha  ta‘sir  ko‘rsatadi. 
Masalan,  bir  antibiotik  ma‘lum  bir  mikrobga  kuchli    boshqasiga  kuchsiz  yoki  umuman  ta‘sir 
qilmaydi.  Antibiotiklar  faqatgina  mikroblarga  ta‘sir  qilmay  balki  odam,  hayvon  va  o‘simlik 
organizmidagi  to‘qima  va  hujayralarini  emiradi.  Shuning  uchun  tibbiyot    amaliyotida  uning 
faqat  zararli  mikroblarni  o‘ldiradigan,  ammo  odam,  hayvon  va  o‘simlik  organizmini 
yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo 
tuproqda yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi. 
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: 
1.Betalaktamli  antibiotiklar  yoki  betalaktamidlar-betalaktam  xalqali  azot  tutuvchi 
geterotsiklik birikmalar. Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va 
yarim suniy penitsillin va tefalosporin. 
2.  Tetratsiklin  va  uning  yarim  suniy  xosilalari;  oksitetratsiklin,  xlortetratsiklin, 
morfosiklin, 
metatsiklin,  dioksitsiklin,  vibromitsin.  Bular  har  xil  radikallar  tutuvchi  to‘rta  benzol 
xalqadan tashkil topgan. 
3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid 
antibiotiklar. 
4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin). 
5.Levomitsetin(tabiiy 
turi 
xloramfenikol) 
suniy 
modda 
bo‘lib, 
tarkibiga 
nitrofenil,dixloratsetamin 
propandiol kiradi. 
6.  Rifamisinlar.  Bu  guruhga  tabiiy  antibiotik-rifamisin  va  uning  yarim  suniy  hosilasi-
rifampisin kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor. 
7.  Poliyenli  antibiotiklar-nistatin,  levorin,  amfoterisin  B.  bular  bir  qancha  tutash  qo‘sh 
bog‘larga ega. 
Antibiotiklar bakteriyalarga ko‘rsatadigan ta‘siriga qarab 3 guruhga bo‘linadi: 
1.  Bakteriostatik  ta‘sir-bakteriyaning  o‘sishi  va  ko‘payishi  faoliyatini  to‘xtatib  qo‘yadi. 
Buning natijasida bakteriya o‘z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm) 
2.Bekteritsid  ta‘sir  qiluvchi  antibiotiklar-bakteriyaning  hujayra  devori  yoki  nukleidning 
parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi. 
3.Bakteriolitil  ta‘sir  qiluvchi  antibiotiklar-hamma  turdagi  bakteriyalarni  eritib  yo‘q 
qilishga qaratilgan ta‘sir. 
O‘z ta‘siriga qarab esa 2 guruhga bo‘linadi: 
1.Tor  doiradagi    antibiotiklar  faqatgina  bir  turdagi  yoki  grammanfiy  yoki 
grammusbatlarga ta‘sir etuvchilar. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə