Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102

180 
 
infeksiyalariga  kiruvchi,  ko‘pgina  antibiotiklarga  chidamli  patogen  mikroorganizmlar  butun 
dunyo mamlakatlarida katta muammoga aylanib bormoqda. 
Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati. 
Antagonizm—mikroorganizmlarning  bir  turining(bakteriya,  zamburug‘,  antinomisetlar) 
boshqa bir turning o‘sishi va ko‘payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to‘xtatib qo‘yadi. 
Antogonizm  namoyon  bo‘lishi:  metabolizmning  achchiq  mahsulotlarni  ajratishi  PH 
kamayishi,  protiolitik  valigolitik  fermentlar  ajratish,  mikotoksin,  fitonsid,  antibiotiklarni 
ajratish.  Antagonistik xususiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarga mog‘or zamburig‘I, tuproq 
aktinomisetlar ,achigan sut bakteriyalari misol bo‘la oladi. 
Amaliy qism: 
Am aliy is h 4  qis md an ibo r at :  
a ) La ba r a tor iya  ishinin g n omi  
b) Ish nin g  ma qsa di  va  a ha miya ti  
c) La ba r a tor iya  ishi ni a ma lga  o s hiris h te hnik a si  
d) La ba r a toriya  ishi ni da fta r ga  qa yd  qili sh  
LABORATORIYA ISHI  1 
A. Bakteriyalarni antibiotiklarga  sezgirligini antibiotiklar  shimdirilgan   standart  dikslar 
usuli bilan aniqlash. 
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash. 
C. Bu usulda yuzasi tekis bo‘lgan stol ustiga qo‘yilgan  Petri kosachalariga ozuqa muhiti 
agardan  solinadi.  Har  bir  kosachaga  qo‘yilgan  ozuqa  muhiti  bir  xil  miqdorda  bo‘lishi  kerak. 
Qotgandan  keyingi  muhitning  balandligi  4mm  ni  tashkil  etishi  kerak.  So‘ng  kosachalar 
qopqog‘i yopilib, 15 minut saqlanadi bu vaqt ichida ozuqa muhiti qotadi. Antibiotik eritmasiga 
botirilgan filtrlovchi qog‘ozni disk shaklida kesiladi va qisqich bilan ozuqa agarining yuzasiga 
yopishtiriladi.  Kosacha  va  disklar  orasida  15mm  ochq  joy  qoldiriladi.  Kosachalar  to‘ntarilgan 
holatda  37  C  haroratli  termostatga  18  soatga  qo‘yiladi.qog‘oz  diskdagi  ozuqa  muhitiga  ta‘sir 
ko‘rsatib  mikroorganizmlarning  o‘sishiga yo‘l bermaydi.  Agar  disk atrofida mikroorganizmlar 
o‘sib chiqmagan bo‘lsa yoki o‘sish darajasi  sekinlashgan bo‘lsa, sinab ko‘rilayotgan antibiotik 
mikrofloraga  kuchli  ta‘sir  ko‘rsatgan  bo‘ladi.  Zona  diametri  1mm  aniqlikkacha  o‘lchanadi.  
Mikroorganizmning antibiotiklarga sezuvchanligi 3 darajada baholanadi: 
1-sezuvchan(o‘smagan zona diametri 20 mm) 
2-o‘rta sezuvchan(11-20 mm) 
3-chidamli(10 mm dan kam
 


181 
 
LABORATORIYA ISHI 2 
A. Turli darajada suyultirish usuli bilan antibiotiklarning aktivligini aniqlash. 
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash. 
C.  Bu  usulda  suyuq  muhitda  titrlash  uchun  bir  nechta  probirkalar  olinib,  ozuqa  muhiti 
qo‘yib chiqiladi(34-rasm). Preparat necha marta suyultirilgan bo‘lsa, shuncha probirka olinadi. 
1-probirkaga  muayyan  miqdordagi  antibiotik  eritmasini  solib,  aralashtiriladi  va  birinchi 
probirkadan bir miqdor aralashmani olib ikkinchi probirkaga solinadi. Yana aralashtirib, xuddi 
avvalgiday ikkinchisiga, uchinchisiga solib aralashtiriladi. Tarkibida antibiotik mavjud bo‘lgan 
oxirgi  probirkadan  ham  huddi  o‘shancha  miqdor  aralashma  to‘kib  tashlanadi  va  shu  tariqa 
barcha probirkalardagi suyuqlik miqdori bir xil qoladi. Probirkalardan bittasi control vazifasini 
bajargani  uchun  unga  antibiotik  solinmaydi.  Ichida  turli  darajada  suyultirilgan  a ntibiotik 
bo‘lgan  probirkalarga  test-kultura  tortmasidan  solinadi.  Kontrol  probirkaga  ham  test-kultura 
ekmasi  solinadi.  probirkalar  yaxshilab  chayqatiladi  va  37  C  haroratli  termostatda  18-20  soat 
saqlanadi.  Suyultirilayotgan  antibiotik  ko‘paytmasi  odatda  2  ga  teng  bo‘ladi,  buning  uchun 
probirkalarga,  masalan, 1 ml dan  bulyon quyib  chiqiladi  1-probirkaga 1ml antibiotik  eritmasi 
solinadi  va  1ml  miqdordagi  aralashma  probirkadan  probirkaga  olib  solinaveradi.  Shunda 
preparat  aktivligini  bildiradigan  aniqlik  belgisi  50%  ni  tashkil  etadi.  Antibiotik  yanada 
suyultirib aniqlik darajasini yanada oshirish mumkin. 
Bundan tashqari  suyultirish usuli  qattiq ozuqa  muhitida  ham  olib boriladi.  Buning uchun 
avval ko‘p darajali suyultirilgan antibiotik eritmasi tayyorlanadi, probirkaga suyuq agardan 4ml 
solinadi va 45-50 C gacha sovutiladi va antibiotic eritmasidan 1ml miqdorda har bir probirkaga 
qo‘shiladi.  Probirkalar  agar  qotguncha  saqlanadi  va  ilmoq  yordamida  qattiq  ozuqa  muhitining 
ustiga test-kultura ekiladi. 
Preparatlarning  bakterisid  ta‘sirini  aniqlash  maqsadida  mikroorganizmlar  o‘sishi 
kuzatilmagan  probirkalarning  barchasidan  namuna  olib  GPA  ga  qayta  ekiladi.  Mikrob 
hujayralari  tarkibiga  singib  ketib  hatto  yangi  ozuqa  muhitida  ham  ularning  o‘sishiga  qarshilik 
ko‘rsatadigan chidamli antimikrob moddalar uchun tegishli neytralizatorlar qo‘llaniladi. 
A.
 
Laboratoriya ishining natijalari daftarga yozib qo‘yiladi. 
 
 
8-rasm 
 
 


182 
 
LABORATORIYA ISHI - 3 
A. Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash  usuli bo‘yicha aniqlash. 
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash. 
C. Bu usulda Petri kosachalariga 15 ml dan to‘yinmagan agar solinadi va stol ustiga qator 
terib  qo‘yiladi(35-rasm).  Agar  qotgandan  so‘ng  termostatda  quritiladi,  so‘ngra  har  bir 
kosachaga  test-kultura  aralashtirilgan  ozuqa  agaridan  5  ml  qo‘shiladi.  Ekmani  agarga 
qo‘shishdan  avval  45-50  C  gacha  sovutiladi.  Agarning  ikkinchi  qatlami  ham  qotgandan  keyin 
har  bir  kosacha  betiga  silindr  kiygaziladi.  Silindrlardan  3  tasiga  0,1  ml  dan  sinalayotgan 
antibiotik eritmasi, qolgan 3 tasiga esa standart eritma quyiladi. Shundan keyin kosachalar 37 C 
li termostatda 16-18 soatgacha  saqlanadi. Belgilangan  vaqt  o‘tgach, kosacha ustidagi  silindrlar 
olib  tashlanadi  va  test-kultura  o‘sishi  sekinlashgan  zonalar  o‘lchanadi.  O‘sish  sekinlashgan 
zonalarga  qarab  antibiotiklarning  kuchini  yoki  aktivligini  aniqlanadi.    Zonalar  diametri  1mm 
aniqlikkacha  o‘lchanadi. O‘smagan  zona diametric 20mm  bo‘lsa  sezuvchan,  agar 11-20gacha 
bo‘lsa o‘rta sezuvchan, 10mm dan  kam bo‘lsa chidamli bo‘ladi.      
D. Laboratoriya ishinining natijalari daftarga yozib qo‘yiladi. 
 
9-rasm. 
Diffuzion usul bilan antibiotiklar 
kuchini aniqlash 
LABORATORIYA  ISHI 4 
A. 
Mikroorganizmlarning 
 
antibitiklarga 
sezuvchanligini  aniqlashning  tezkor  usuli. 
B. Antibiotiklarni aktivligini tez aniqlash. 
C.  Petri  kosachasiga    15ml  ozuqa  agari  solinadi. 
Agar qotgandan so‘ng unga huddi o‘sha agarning  test-
kultura 
bilan 
aralashmasidan 
1ml 
va 
2,6-
dixlorfenolindofenolning  0,2%  li  suvli  eritmasi  dan  
1ml qo‘shiladi.  So‘ngra ko‘kish tusli qattiq agar ustiga 
antibiotik 
shimdirilgan 
disklar 
yopishtiriladi, 
kosachalar  37  C  issiqlikdagi  termostatga  qo‘yiladi. 
Oradan  2-3  soat  o‘tgach,  mikroorganizmlarning  o‘sib 
chiqmagan  ko‘kish  zonalarining  diametriga  qarab  tajriba  natijalari  qayd  qilinadi. 
Antibiotiklarga  rezistent  mikroorganizmlarni  rangsizlantiradi  yoki  tusini  o‘zgartirib,  sariq 
rangga  bo‘yaydi.  Bunday  bo‘yoq  stafilokokklarning  o‘sishini  sekinlashtiradi  yoki  ularning 
o‘sishiga  butunlay  yo‘l  qo‘ymaydi,  shu  bois  mikroorganizmlarning  bu  turi  bilan  ish  olib 
borganda qog‘oz disk yopishtirilgan kosachalar termostatda saqlangandan keyin uning ustiga 2-
3ml  miqdoridagi indikator  eritmasidan  quyish kerak. Indikator qoldiqlari   5-7  minutdan keyin 
to‘kib tashlanadi va tajriba natijalari tahlil qilinadi. 
D. Laboratoriya ishining natajalari daftarga yozib qo‘yiladi. 
Nazorat savollari. 
1)
 
Kimyoterapevtik  preparatlarning  etiotropligi  va  organotropligi.  Kimyoterapevtik  ideks 
nimaligini aytib bering. 
2)
 
Kimyoterapevtik  preparatlarning  asosiy  turlari  va  ularning  mikroorganizmlarga  ta‘sir 
etish mexanizmlari. 
3)
 
Antibiotiklar  rejasini aytib bering. 
4)
 
Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o‘zlashtirma chidamliligi. 
5)
 
Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo‘llari. 
6)
 
Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari. 
 
 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə