Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102

164 
 
hususiyati  yuqori  bo‘ladi  va  shunga  qarab  ular  ikki  gmppaga:  sifatli  va  sifatsizantigenlarga 
bo‘linadi. 
Sifatli antigenlarning kimyoviy tuzilishida aromatic gruppalar radikal bo‘lib ishtirok etadi. 
Ular  organizmga  kiritilsa,  o‘ziga  qarshi  mahsus  immune  moddalar  bilan  probirkada  ham 
spetsifik birlasha oladi. 
Sifatsiz  antigenlar  yoki  geptonlar  organizmga  parenteral  yo‘li  bilan  yuborilganda,  o‘ziga 
qarshi mahsus immune moddalar hosil qila olmaydi. 
ANTITELALAR  HAQIDA  TUSHUNCHA.  Bu  hayvonlarning  organizmiga  antigenlar 
ta‘sir qilgandan so‘ng hosil bo‘Iadigan mahsus oqsillar immuno - globulinlar (gamm - globulin) 
dir.  Antitelalar  termolobil  bo‘lib,  molekulyar  massasi  nihoyatda  katta  (160000-195000). 
Antitelalarning  asosiy  hususiyati  ular  hosil  qilgan  antigenlatga  sezgirligidir.  Antitela  bilan 
antigenlarning  o‘zaro  ta‘sir  etishi  orqali  antigen  zararsizlantiriladi.  Hamma  antitelalar  uchta 
katta gruppaga 'bo‘linadi: antimikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelalar, antigenlar ta‘sir 
etgach, 5-6 kundan so‘ng hosil bo‘lib, bir necha oylar organrzmda saqlanib turadi. So‘ngra yana 
kamaya  boshlaydi.  Antigenlar  ta‘sirida  organizmda  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Antitelalarning 
ko‘payish tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog‘liqdir. Vena qon tomiri 
orqali  yuborilsa, antitelalar tezroq  hosil  bo‘ lib, organiznming  yuqumli kasallikka qarshi turish 
qobiliyati  oshadi.  Antigenlarga  achchiqtosh,  alyuminiyning  gidroksili  kabi  moddalar  qo‘shib 
organizmga yuborilsa, hosil bo‘lgan antitelalar uzoq muddat saqlanib turadi. 
ANTIGEN  BILAN  ANTITELALARNING  O‘ZARO  MUNOSABATI.  Antigen  bilan 
antitelalar  o‘zinirig  shaklini  va  strukturasini  o‘zgartirmay  molekulalar  singari  o‘zaro  ta‘sir 
etadilar.  Bu  jarayon  colloid  va  kimyoviy  reaksiyalar  singari  ikkita  fazada  o‘tadi.  Avval 
antigenning  sirtida  antitelalar  adsorbsiyalanadi,  so‘ngra  complement  ishtirokida  elektrolit 
muhitda agglyutinatsiya, pretsipitatsiya yoki lizis o‘tadi, ya‘ni antigenlar neytrallanadi. 
MIKROB  HUJAYRASIN1  ANTIGEN  STRUKT'URASI.  Mikrob  hujayrasi  va  virus 
zarrachalari tarkibi antigen  faollik  hususiyatiga  ega bo‘lgan  murakkab  strukturali moddalardan 
tuzilgan.  Harakatchan  bakteriyalarning  hivchinli  H-  antigeni  bo‘lib,  u  o‘zida  flagellin  degan 
termolabi! oqsil tutadi. Hujayra qobig‘idagi antigenlarga esa О - antigen deyiladi. О - antigenlar 
issiqlikka  chidamli,  tarkibida  lipoproteidlar  mavjudligi  bilan  harakterlanadi.  Ayrim 
mikroorganizmlarda,  masalan,  zotiljam  klebsiyellasining  kapsulasida  murakkab  polisaxaridlar 
tarzidagi  K-  antigenlar  bo‘ladi.  Kapsulali  antigenlarning  yana  biri  Vi-antigenlar  deb  yuritilib, 
ular  enterobakteriyalarning  virulent  tiplarida  masalan,  salmonellalarda  qayd  qilingan. 
Bakteriyalarning  toksinlari ham xuddi  oqsillar singari to‘liq antigenlar  sirasiga kiradi.  Vaksina 
preparatlarini tayyorlashda va ayrim yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasida bakteriya 
antigenlaridan keng foydalaniladi. 
IMMUNITET  REAKSIYASI.  Muayyan  antigen  va  unga  mos  keladigan  antitelalarning 
o‘zaro  reaksiyasi  o‘zining  spetsiklik  darajasi  yuqoriligi  va  o‘ta  ta‘sirchanligiga  ko‘ra  yuqumli 
kasalliklarni aniqlash va tibbiy- biologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi. 
Immun  reaksiyalari  anrigenlarning  holati  va  antigelar  bilan  antitelalar  o‘zaro  reaksiyaga 
kirishadigan  muhitning  o‘ziga  xos  hususiyatlariga  ko‘ra  agglyutinatsiya,  pretsipitatsiya,  lizis, 
komplementlarni bog‘lash, neytrallash kabi turlarga bo‘linadi. 
AGGLYUTINATSIYA  REAKSIYASI  (RA).  Tuzlar  (natriy  xloridning  izotonik 
eritmasi) bilan antitela ta‘sirida mikroorganizmiar va boshqa hujayralarning bir- biriga yopishib 
qolishi  va  cho‘kmaga  tushishi  agglyutinatsiya  hodisasi  deyiladi.  Agglyutinatsiya  reaksiyasida 
ikki  narsa  ishtirok  etadi:  antitela  (agglyutininlar  )  -  kasal  odam  yoki  immunizatsiya  qilingan 
jonivor  zardobi;  antigen  -  o‘ldirilgan  yoki  tirik  mikroorganizmiar  va  shunga  o‘zshash 
hujayralardan. 
Nazorat savollari 
1.Immunitet deb nimaga aytiladi? 
2.Immunitetni nechta tun bor? 
3.Immunitetning qanday faktorlari mavjud? 
4.Fagotsitoz jarayonim tushuntirib bering? 


165 
 
5. Antigenlarga ta‘rif bering? 
6.  Antitelalar va antigenlarning o‘zaro munosabati qanday? ' 
 
7.Anatoma-fiziologik va immunitetning boshqa faktorlari 
8.Mikrob hujayrasining antigen strukturasi 
 
Mavzu:  Genetik rekombinatsiyalar. O‘zgaruvchanlik turlari.  
 
Darsning maqsadi. Talabalarga mikroorganizmlarning genetik tushunchasi, irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. 
Darsning vazifasi: Talabalarga modifikatsion va mutatsion o‘zgaruvchanlik, plazmidalar 
haqida bilishi.  
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi 
a) darsning turi – suhbat 
b) metod – klaster, aqliy xujum 
v) forma(shakl) – guruh, induvidual 
g) vosita – doska, tarqatma material, jadval, spirtovka, filtrlar, gaz gorelkasi 
d) usul – nutqli 
e) nazorat – kuzatish(ko‘rish) 
j) baxolash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash 
 Yangi pedogogik texnologiya. 
1. ―Klaster‖ usulida mavzuni yoritib berish 
2. Talabalarga ―aqliy xujum‖ tariqasida savollar berish. 
    Savollar? 
1.
 
Irsiyatning funktsional birligi nima? 
2.
 
Kon'yugatsiya jarayonida fag qanday xolatda bo‘ladi? 
3.
 
O‘zgaruvchanlik nima,  uning  turlari? 
4.
 
Nasliy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik nima? 
5.
 
Nasliy  o‘zgaruvchanlik nima? 
6.
 
Plazmidalar nima? 
7.
 
 R va F faktorlar nima?   
 
Talabalar  mustaqil ishlashi uchun vazifalar (nazariy qism). 
 
IRSIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. 
Oxirgi bir nеcha o`n yilliklar ichida mikroorganizmlar gеnеtikasini o`rganishda nihoyatda 
ko`p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar gеnеtikasi ustida olib borilgan ishlar 
shuni  ko`rsatdiki,  mikroblarni  hamma  xossalarini  ham  o`zgartirish  mumkin  ekan,  ya'ni 
morfologiyasi,  antigеn  xususiyati,  bioximik,  virulеntlik  xossalari  va  hokazo.  Bu  o`zgarishni 
turli xil faktorlar ta'sirida chaqirish mumkin. 
MIKROORGANIZMLAR GЕNOTIPI VA FЕNOTIPI. 
Irsiy bеlgilar asosan DNK da joylashgan bo`ladi. Bitta oqsil yoki pеptidni hosil bo`lishini 
kuzatib turuvchi DNK molеkulasiga GЕNOM dеyiladi. Gеnda hujayraga tеgishli bo`lgan butun 
bеlgilar 
(mujassamlashgan) 
bo`ladi. 
Mikroorganizmlarda 
gеnlarni 
DNK 
ning 
makromolеkulasida  yoki  xromosomalarida  joylashganligi  isbotlangan.  Gеnеtik  matеrial  yana 
xromasomadan  tashqaridagi  elеmеntlarda  –  plazmidalarda  ham  saqlanishi  mumkin.  Ular 
protoplazmada  joylashgan  bo`ladi.  Mikroblar  yoki  viruslar  hujayrasi  gеnlarning  yig`indisi 
Gеnotipni tashkil qiladi. Gеn yoki gеnotipni kichik xarf Q bеlgilarini qo`yib bеlgilaymiz. Yana 
sеzgir  bo`lsa  S  sеzgir,  chidamlilik  bo`lsa  Ch,  masalan,  strеptomitsinga  sеzgir  bo`lsa  kichik 
xarflar bilan Str s, chidamli bo`lsa Str. Baktеriyalar fеnotipini ham xuddi shu tarzda, faqat katta 
xarflar bilan bеlgilaymiz. Mikroorganizmlardagi avlodga fеnotipik tarzda o`tmaydigan bir yoki 
bir  nеcha  bеlgilariga  MODIFIKATSIYA  dеymiz.  Bu  holda  mikrobni  shakli,  hajmi,  bioximik 
xususiyati,  patogеnlik,  antigеnlik  bеlgilari  o`zgarishi  mumkin.  Lеkin  bular  FЕNOTIPIK 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə