Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102

158 
 
moyilligi,zaxarliligi,antigenligi,  immunogenligiva  boshqa  belgilari  bilan  ta'riflanadi.  Ta'sir  
mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi. 
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi. 
Membranotoksinlar-  eritsosit  (gemolizin)  va  leykositlar  (leykosidin)  o'tkazuvchanligini 
oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi. 
Funksional  blokatorlar-  xujayra  adenilatsiklaza  fermenti  faolligini  oshiradigan 
enterotoksinlar, ular ta'sirida  ingichka ichak  devorining  o'tkazuvchanligini oshadi  va suyuqlik  
ko'p  miqdorda  chiqib ketishi  xisobiga  diareya  yuzaga keladi.  Masalan, patogen   vabo  vibrioni 
ishlab 
chiqaradigan 
xolerogen,enterobakteriyalarning 
enterotoksinlari 
xuddi 
shunday 
xususiyatga ega. 
Patogen  stafilokokk  va  streptokokklar  ishlap  chiqaradigan  eksfoliatin  va  eritrogenlarning 
xujayralarning  o'zaro  va  xujayra  aro  moddalar    ta'sirlashuvi  jarayonlariga  ta'sir  ko'rsatadi.  Bir 
qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi. 
Endotoksinlar  bakteriya  qobig'i    bilan  bog'langan  bo'lib,  organizmda  mikrob  xujayrasi 
parchalangandan  so'ng  ajralip  chiqadi.  Endotoksinlar  kimyoviy  tarkibi  bo'yicha    LPS  bo'lgani 
uchun,ko'proq  grammanfiy  bakteriyalarda  uchraydi.  Ular  glyusido-lipido-protein  birikmasidan 
iborat  bo'lib,  issiqqa    chidamli        (termostabil),  avtoklavda  xam  o'z  kuchini  saqlab  qoladigan 
preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli. 
Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik 
kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak  faoliyati  susayadi,  tana xarorati  pasayadi.  Aksincha, 
kichik  miqdorda  kiritilsa,  qarama-qarshi  xolat  kuzatiladi:  fagositoz  kuchayadi,  tana  xarorati 
ko'tariladi  va  x.k.  LPS  qonga  tushgach  qon  xujayralariga  ta'sir  ko'rsatib,  ulardan  pirogen 
moddalar ajraladi, natijada odam isitmalaydi. 
Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va 
ijtimoiy sharoitlarning axamiyati. 
Yuqumli    kasalliklarning  paydo  bo'lishi  odam  organizmning  reaktivligi,  patogen 
qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi, 
tashqi  muxit  ta'siri  va  ijtimoiy  omillar  bilan  bog'liq.  Bu  omillarning  munosabatiga  qarab 
infeksion  jarayon  qo'zg'atuvchisi  yoki  xo'jayini  o'limi  yoki  xo'jayin  bilan  parazit  o'rtasida 
moslashuv  yuzaga  kelishi  mumkin.  Organizmning  yuqumli  mikrobga  ta'sirchanligiga 
asab,endokrin, immun, va boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir 
ko'rsatadi. Ko'p hollarda organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish, 
nurlanish,  alkogolizm  va  boshqalar  sabab  bo'ladi.  O'z  navbatida  to'g‘ri  ovqatlanish,  kerakli 
vitaminlarni vaqtida olish, sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga 
qo'yish,  o'z  vaqtida  dam  olish.organizmni  chiniqtirish  va  sport  bilan  shug'ullanish  yuqumli 
kasalliklarning  oldini  oladi.  Uzoq  vaqt  och  qolish  yoki  to'g'ri,  to'la-to'kis  ovqatlanmaslik 
natijasida  sil.  ichburug',  furunkulyoz  kabi  kasalliklar  rivojlanadi.  Infeksion  xolatlarning 
rivojlanishida  gipovitaminozlarning (ayniqsa A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining 
pasayishi  organizmdagi  patogen  va  shartli-patogen  mikroblarning  ko'payib  xar-xil  kasalliklar 
keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi. 
Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning  
rivojlanish davri. 
Infeksiya  manbaiga  qarab  antroponoz,  antropozoonoz,  zoonoz  va  sopronoz  infeksiyalar 
tafovut  qilinadi.  Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug',  vabo, qizamiq, zaxm  so'zak va 
boshqalar)  faqat  odamlarga  yuqadi,  Antropozoonoz  infeksiyalar  (toun,  kuydirgi,  brutselyoz, 
quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda 
xayvonlar  infeksiya  manbai  bo'lib  xizmat  qiladi.  Zoonoz  infeksiyalar  (tovuq,  va  itlar  o'lati)da 
faqat xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba  
(suv,  xavo  tuproq  va  boshqalar)  xisoblanadi.  Patogen  mikroorganizmlarning  organizmga 
kiradigan a'zo va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi. 
 
 


159 
 
Yuqumli kasallik davri. 
Yashirin  (inkubatsion)  davr,  patogen  mikrob  organizmga  tushganidan  boshlab  to 
kasallikning  dastlabki  belgilari  paydo  bo'lgungacha  o'tadigan  vaqt. Yashirin  davrning  muddati 
odam organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar 
ta'siri,  patogen  mikrobning  tushgan  miqdori  va  virulentligiga  bog'liq.  Agar  organizm  tushgan 
mikrobni ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin. 
Prodromal  davr.  Bu  davrda  patogen  mikrob  o'ziga  moyil  a'zo  yoki  to'qimada  ko'paya 
boshlab,  agressiv  ferment  va  toksinlar  ishlab  chiqaradi.  Prodromal  davr  bir  necha  soatdan  bir 
necha  kungacha  davom  etadi.  Bu  davrda  kasallikga  xos  umumiy  belgilar:  tana  xaroratining 
ko'tarilishi,  bosh  og'rig'i,  darmonsizlik.lanj  bo'lish,  ishtaxa  yo'qolishi  va  boshqalar  paydo 
bo'ladi. 
Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi. Bu 
davrda  kasalik  qo'zg'atuvchisi  yanada  ko'payib,organizmda  gemotagen,  limfogen  va  neyrogen 
yo'llar  bilan  tarqaladi.  Bu  davr  turli  kasalliklarda  turlicha  davom  etadi  va  patogen  mikrob 
tutuvchi  bemor  atrofdagilar  uchun  xavfli  xisoblanadi.  Shu  bilan  birga.immun  tizim  omillari 
kasallik  qo'zg'atuvchisi    bilan  kurasha  boshlaydi.  Agar  bu  kurashda    patogen  mikroorganizm 
g'olib  kelsa  bemor  nobud  bo'lishi  mumkin.  Aksincha,  organizmning  ximoya  omillari  yengib 
chiqsa, keyingi  tuzalish  davri (rekonvalesensiya)  boshlanadi,  bunda  organizmning  zararlangan 
a'zo to'qima va xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi. 
Infeksiya shakllari va ularning tavsifi. 
Infeksiya  va  infeksion  jarayon  shakllari  xar  xil  bo'lib,  bu  kasallik  qo'zg'atuvchisining 
tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq. 
Ekzogen  infeksiya  -  patogen  makroorganizmning  odam  organizmiga  tashqaridan  oziq-
ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning 
chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar. 
Endogen  infeksiya  -  ma'lum  bir  sharoitda    odamning  normal  mikroflorasiga  kiruvchi 
shartli  -patogen  mikroorganizmlarning  kasallik  qo'zg'atishi.Bunday  holat  ko'pincha  har  xil 
sabablarga  ko'ra,  masalan  organizmning  ximoya  omillari  susayganda,uzoq  vaqt  antibiotiklar 
qo'llanilganda  yuz  beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit  kabi  kasalliklar  shular  jumlasiga 
kiradi. 
Autoinfeksiya  -  endogen  infeksiyaning  bir  turi  bo'lib  odam  mikroflorasi  bir  biotopdan 
ikkinchisiga  ma'lum  bir  sabablar  bilan  tushganida  yuzaga  keladi.  Makro  -  va  mikroorganizm 
o'rtasidagi  muvozanatning  buzilishi  infeksiya  o'chog'i  faollashib    patogen  mikrobni  
gematogen,limfogen,  va  neyrogen  yo'l  bilan  organizmda  tarqalishiga  olip  keladi.  Bakteriyalar 
qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya 
xolati yuzaga keladi.  Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda 
ko'payib,  sepsis  yoki  septisemiya  xolatini  vujudga  keltiradi.  Kasallik  qo'zg'atuvchi  infeksiya 
turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur  mikroorganizm qo'zg'atadigan 
kasalliklar  (masalan,  gripp,  so'zak,  zaxm,  vabo  va  boshqalar  ):  aralash  (mikst)  infeksiya  -  bir 
necha  tur  patogen  mikroorganizmlar  yuzaga  keltiradigan  kasalliklar  .Yuqumli  kasallikning 
qaytalanishi  bo'yicha  quyidagi  turlari  mavjud  :  reinfeksiya  -  bemor  kasallikdan  tuzalgandan 
keyin  qisqa  vaqt  ichida  xuddi  shu  tur  infeksiya  qo'zg'atuvchisining  organizmga  qayta  tushib 
kasallik paydo qilishi. Residiv  - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum 
vaqtdan  so'ng  kasallik  belgilarining  qaytalanishi,  Masalan,  osteomielit.qorin  tifi,  sil  va 
boshqalar.  Superinfeksiya  -  bemor  tuzalmasdan,  xuddi  shu  tur  patogen  mikroorganizmning 
uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida.  Kasallik kechish  muddatiga ko'ra ham 
farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya. 
Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati. 
Antagonizm—mikroorganizmlarning  bir  turining(bakteriya,  zamburug‘,  antinomisetlar) 
boshqa bir turning o‘sishi va ko‘payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to‘xtatib qo‘yadi. 
Antogonizm  namoyon  bo‘lishi:  metabolizmning  achchiq  mahsulotlarni  ajratishi  PH 
kamayishi,  protiolitik  valigolitik  fermentlar  ajratish,  mikotoksin,  fitonsid,  antibiotiklarni 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə