73
SHakllanishning dastlabki davrida elaksimon naylar hosil qiladigar hujayra, hujayra devori bo‘ylab
joylashgan sitoplazma, yadro, vakuok va yupqa po‘stga ega bo‘ladi. Funksional faoliyatning boshlanishi
bilan i uzayadi va devori bir qadar qalinlashadi. Elaksimon nayni hosil qiladigar hujayraning o‘sishi uning
devorining cho‘zilishi hisobiga boradi
Cho‘zilishi davomiada tuynuklar hosil bo‘ladi. Vujudga kelgan elaksimon naylar orqali organik
moddalarning harakati natijasida ko‘ndalang to‘siq devoriga kuchli bosim ostida ko‘p sonliteshMar vujudga
keladi. Devoriar qalinlashadi, yaltiroq holga keladi va quyosh nurini kuchli ravishda qaytarish qobiyatiga
ega bo‘ladi. Elaksimon naylar hosil bo‘lishi bilan protoplast kesimi o‘zgaradi. Organik moddalar oqimi
yangi hosil bo‘lgan elaksimon naylarni hosil qilgan hujayra sitoplazmasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Yadro va leykoplast eriydi, sitoplazma va vakuola o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. Hujayraning hamma
organlari bir butun tirik mas-saga aylanadi, hujayra sitoplazmasining harakati to‘xtaydi. Sitoplazma
o‘zining yarim o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham yo‘qotadi. Unga eritma holidagi har qanday organik va
anorganik moddalar bemalol o‘ta oladi. SHu bilan elaksimon naylaming shakllanishi oxiriga etadi.
Elaksimon o‘tkazuvchi naylar suv o‘tkazuvchi elementlarga nisbatan bir xilligi, maydaligi, kalta
va ingichkaligi bilan farq qiladi.
Chunonchi kartoshka o‘simligida elaksimon nayning uzunligi 138
mk ga, nastursiya bargida 240 mkga, ayrim liana o‘simliklarida ISO-BOO mk ga qadar boradi. Lekin
elaksimon naylarning eni 20—30 mk dan oshmaydi.
Elaksimon o‘tkazuvchi naylarning umri ham qisqa bo‘ladi. Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda
elaksimon o‘tkazuvchi naylarning umri bir vegetatsiya davriga boradi. Daraxt va butalarda ularning umri 1
yil, ayrim daraxtlarda 3—4 yilga qadar cho‘zilishi mumkin. Umri 3—4 yil davom etadigan naylar qishga
yaqin unchalik yaxshi o‘rganilmagan maxsus amorf modda bilan birikadi. Bahor kelishi bilan yana ochilib,
o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Yo‘ldosh xo‘jayralar. Ko‘pchilik o‘simliklarning elaksi nayi yonida yo‘ldosh xo‘jayra
joylashgan. Elaksimon nayga nisbatan yo‘ldosh xo‘jayra kichik bo‘ladi. Yo‘ldosh xo‘ja tirik
bo‘lib o‘nda o‘simiklarni o‘stiradigan Auksin kabi bezlar bor.
Floemaning parenximasi. Floemaning parenximasi po‘sti selyullozadan tashkil topgan.
Floemaning parenximasida zapas oziq moddalar to‘planadi.
Floemaning tolasi-stereid. Floemaning tolasi-stereidn xo‘jayra po‘sti yog‘ochlangan yoki
yog‘ochlanmagan bo‘ladi. Floema tolasi juda ham mustaxkam, sinmaydigan, elastik bo‘lib
o‘simlikka qattiqlik berib turadi.
Shunday qilib biz ksilema va floema elementlarini ko‘rib chiqdik.
YOg‘ochlangan o‘simliklarda floema po‘stloq qismiga joylashgan. YOg‘ochlik qismi
ksilema xisoblanadi.
O‘tli o‘simliklarning poyasida, ildizida,bargning tomir o‘tgan
qismida
floema bilan ksilema birlashib o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari tashkil etadi. O‘tkazuvchi
to‘qima bog‘lamlari asosan 4 tipda tuzilgan.
4.Kolloteral.
2.Bikolloteral.
Z.Kontsentrik.
4.Radial.
Kollateral o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari. Bunda floema va ksilema yonma-yon, ya’ni
o‘tkazuvchi nayning ksilema bog‘lam
lari, ikkinchi yonida esa floema bog‘lamlari joylashgan bo‘ladi. Poya va ildizning uch qismida,
odatda, ksilema markazga qaragan bo‘lib, adekvat holda markazga yaqin joylashadi. Floema
esa sirt qismida, ya’ni markazdan uzoqda, abaksial holda joylashadi. Bargda uning yuza
tomonida ksilema esa uning ost tomonida
floema joylashgan
bo‘ladi. O‘tkazuvchi bog‘lamlarning bu tipi barcha o‘simliklar
uchun xos
Bikollateral o‘tkazuvchi nay bogiamlari. O‘tkazuvchi nay bog‘-lamlarining bu tipida floema
ksilemaning har ikkala yon tomonida, va’ni lininc ieh va sirt aismida iovlashean bo‘ladi. Bikollateral
o‘tkazuvchi
nay bog‘lamlari ksilemaning 2 ta kollateral bog‘lamlarining qo‘shilishi tufayli vujudga kelgan.
Konsentrik yoki markazlashgan o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari.
74
O‘tkazuvchi naylarning bu tipida floema markazda joylashib, ksilema uni o‘rab turadi yoki ksilema markazda
bo‘lib, floema uni o‘rab turadi. Markazlshgan bog‘lamlar ko‘pchilik paparotniklarda, bir pallalilarda esa
marvaridgul o‘simligida uchraydi.
Radial yoki nursimon tuzulishli nay o‘tkazuvchi bog‘lamlari.
O‘tkazuvchi nay bog‘lamlarininng bu tipi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib odatdagi nay bog‘lamlar tuzilishidan
keskin farq qiladi. U Ikkipallali o‘simliklar ildizining birlamchi tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bir pallali
o‘simliklarda esa bunday tuzilishdagi nay bog‘lamlari o‘simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Radial nay
bog‘lamlari juda murakkab tuzilishga ega.
Floema ksilema bog‘lamlari radius bo‘ylab navbatlashadi va radius bo‘ylab radial nur simmetriyasini hosil
qiladi.
Ikkipallali o‘simliklarda dastlabki, birlamchi tuzilishdan ikkilamchi tuzilishga o‘tishda floema va ksilema
bog‘lamlarida radial joylashish kolloteral joylashish bilan almashinadi. Turli hil o‘simliklarda ilidiz birlamchi
tuzilishining shakillanishida ksilema va floemaning ma’lum sondagi turlari qonuniy ravishda tarkib topgan
shunisi qiziqki radial o‘tkazuvchi bog‘lamlarning bir nurli (Monarx), ikki nurli (Diarx), uch nurli (Triarx), to‘rt
nurli (Tetrarx), ko‘pnurli (Polearx), turlari mavjud. Radial o‘tkazuvchi nur boglamlari ichida ma’lum darajada
keng trarqalgan besh nurli (pentaerx) radial o‘tkazuvchi bog‘lami hisoblanadi.
8
ASOSIY TO‘QIMA
Asosiy to‘qima tirik parenxima xujayradan tuzilgan bo‘lib turli vazifalarni bajarib
turadi. Asosiy to‘qimalarning xujayrasi yumaloq yoki ko‘p burchakli bo‘lib uning xujayra
oralig‘i ham bo‘ladi. Xujayra po‘sti selyullozadan tuzilgan yupqa ba’zan lignin bilan sug‘orilib,
yog‘ochlangan bo‘ladi.
9
Asosiy to‘qima vazifasiga qarab bir necha gruppalarga bo‘linadi.
1.
O‘tkazuvchilik vazifasini bajaradigan asosiy to‘qima Masalan, ildizning po‘stloq
xujayralari, o‘zak nur xujayralari. O‘zak nur xujayralari poyaning yog‘ochlik qismida
suv va suvda erigan moddalarni o‘tkazib turadi.
2.
Organik
moddalarni
tayyorlaydigan
to‘qimani
assimilyatsion
to‘qima
deyiladi.
Assimilyatsion
tuqima
o‘simlik
bargida,
poyasida
va
boshqa
o‘rganlarida
uchraydi.
Assimilyatsion
to‘qimada
xlorofill
donachalari
bo‘lib
unda
fotosintez
prossessi
bo‘lib
turadi.
Assimilyatsion
to‘qima
3 xil buladi.
Masalan
g
bargda.
1.
Qoziqsimon to‘qima.(ustinsimon)
2.
Bulutsimon to‘qima.
3. Chokli parenxima.
Qoziqsimon pakenximning bo‘yi cho‘ziqroq va bir-biri bilan zich joylashgan, bulutsimon
parenxema yumaloq hujayra oralig‘I bo‘ladi. Bulutsimon parenxema bargda havo almashinib
turishida katta ro‘l o‘ynaydi. Shuning uchun ham uni ventelyatsinniy to‘qima deb ham
yuritiladi.Bulutsimon paremxemaga qaraganda qoziqsimon parenximada xlorofil donalari ko‘p
bo‘ladi. Chokli parenxima ochiq urug‘li o‘simliklarning bargida uchraydi masalan.
Qarag‘ay , archa barglari. Choklari Parenximani hujayra po‘sti ichkariga kirib ketgan
shuning uchun ham chokli parenxima deyiladi.
Oziqli moddalarni to‘plovchi asosiy to‘qima. O‘simliklarning xar-hil o‘rganlarida ildiz,
poya, barg, urug‘ va mevalarida to‘planadi.
Masalan: sabzi, lavlagi rediska, sholg‘om va boshqalarning ildiz mevasida,kartoshka
tugunagida, karam bargida, g‘alladonli o‘simliklarning urug‘ida, mevali daraxtlarning
mevasida to‘planadi.
2.
9
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.