75
Ayirish to‘qimalari Moddalar almashinuvi jarayonida hujayralarida o‘simlikning o‘sishi
va
rivojlanishi uchun sarflanmaydigan moddalar to‘planadi. Ko‘pincha bu moddalar almashinuvining
oxirgi chiqindi mahsuli hisoblanadi. CHiqindi moddalar maxsus to‘qimalarda to‘planib,
ular ayirish
to‘qimalari deyiladi. Ayirish to‘qimalari o‘simliklarning turli-tuman a’zolaridan joy olgan bo‘lishi
mumkin. Ayirish to‘qimalarida nihoyatda turli-tuman moddalar to‘planadi va ular shakl hamda
tuzilishi jihatidan bir-biriga umuman o‘xshamaydi.
Ayirish to‘qimalar, ichki va tashqi sekretsiya to‘qimalariga bo‘linadi. Tashqi sekretsiya ayirish to‘qimalariga
nektar hosil qiladigan gul bezlari, efir moylari ajratadigan yopishqoq moddalar, alkaloidlar, glukozidlar
ajratadigan epidermisda joylashgan bezlar va tuklar kiradi. Tashqi sekretsiya to‘qimalari bir qadar chuqur
joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, limon, apelsin o‘zidan efir moylari ajratadi. Olma, behi, handalak,
qovun singari o‘simliklarning mevasida epidermis ham hushbo‘y hid tarqatadi.
Ichki sekretsiya to‘qimalariga ideoblast parenximasi to‘qimalaridan shakllangan bez
va bez ajratadigan
chiqindi yo‘llar taalluqlidir. Ichki sekretsiya bezlari ajratadigan chiqindi yo‘llar, ayniqsa, poya va ildizda,
qisman bargda uchraydi. Ularda smola, efir moylari, shilimshiq moddalar, mum va boshqalar to‘planadi.
CHiqindi yo‘llar qarag‘ay daraxtida, kamfora
Daraxtida, tragakant astragalida, petrushka ildizida bo‘ladi.
Kuknorining sutlik nayidan oqib chiqqan shirani opiy deb ataladi. Opiy tarkibida 26
xil alkaloid bor.
Tarmokdangan sutlik nayni semiz o‘t o‘simligida uchratish mumkin. Bo‘g‘imlik sut
naylari suv naylariga o‘xshash bo‘ladi. Tarmoqlangan sutlik naylar urug‘ning embrionida
bo‘ladi. Urug‘dan o‘sib chiqqan bu sutlik nay tarmoklanib ildizga,poyaga o‘tib ketadi. Sutlik
naylari tirik bo‘ladi. Sutlik naylar protoplazmasida minglab yadro uchraydi.
Asosiy to‘qimalar chiqaruvchi to‘qimalar ham o‘simlik hayoti uchun muxim
to‘qimalardan hisoblanadi.
Xazm bezlari va osmaforalar ba’zi xashoratho‘r o‘simliklarda (rosyanka,
muxolovka) uchraydigan hazm bezlaridan tashqi sekretsiyaga kiradi. Mazkur hazm bezlaridan
ajralib chiqadigan fermentlar va kislotalar yordamida xashoratlarni tutib
oziqlanadilar.
Osmaforalar. X,ushbuy gullarning tojbarglari odatda uchuvchan moddalar ajratib
turadi. Bu esa changlatuvchi xashoratlarni o‘ziga jalb etadi. Ana shu vazifani epiderma qisqa
muddat ichida bajaradi. Uzoq muddat gullaydigan o‘simliklarda alohida to‘qima, xatto organlar
shakllanib, unda uchuvchan efir moylari ajratiladi. Osmoforalar deb, shularga aytilib, ular
ba’zan qanotsimon yoki tuksimon, kipriksimon shaklda bo‘ladi, kup qavatli ajratuvchi
tuqimadan tashkil topadi.
Nazorat savollari
1.
O‘tkazuvchi to‘qimalar qanday vazifani bajaradi va ular necha xil bo‘ladi?
1.
Asosiy to‘qimaning xillari va ularning vazifasi?
2.
Asosiy to‘qima
vazifasi, uning xillari
3.
Assimilyatsion (xlorenxima) to‘qima
4.
hamlovchi to‘qima
5.
SHamollatuvchi (aerenxima) to‘qima
6.
So‘ruvchi to‘qima
7.
Vellamen – suv shimuvchi to‘qima
8.
Ajratuvchi to‘qima vazifasi, uning xillari
9.
Tashqi chiharuvchi to‘qimalar:
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
76
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –16р.
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders
Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Васильев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “Высшая
школа”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Березовская T.П., Дмитрук С.E., Гришина Е.И., Белоусов M.В. Основы
фармацевтической ботаники. – Toмск: Печатная мануфактура, 2004.-294 с.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
Ma’ruza - 4
Ildiz morfologiyasi va anatomiyasi.
Ma’ruzaning maqsadi: Ildiz morfologiyasi va anatomiyasi. Poya morfologiyasi va
anatomiyasi haqida tushuncha berish.
Ma’ruzaning rejasi:
1. O‘simlik
organlari
2. Ildiz morfologiyasi
3. Ildizning anatomiyasi
4. SHakli o‘zgargan ildizlar
5. Ildizdagi tugunak
bakteriyalar va mikoriza
Tayanch iboralar: Yuksak o‘simlik organlarining tuzilishi. Vegetativ va generativ
organlar. Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari, metomorfoz. Analogik va
gamologik organlar. qutblanish, yuksak o‘simliklarni vegetativ organlari, poya, ildiz. Kurtak
tuzilishi va o‘sish nuqtasi. Vegetativ va aralash kurtaklar. G‘uncha.
Ildiz. Ildiz zonalari.
Ildizning o‘sish nuqtasi. Initsial hujayra. Ildiz qinining hosil bo‘lishi va vazifalari. Birlamchi
ildiz tuzilishi. Epiblema (rizoderma), birlamchi po‘stloq, markiziy silindr. Meristema hosil
qilgan qavatlar: dermatogen, periblema, pleroma. Birlamchi po‘stloq qavati: ekzoderma,
mezoderma va endoderma. Endodermaning tuzilishi, vazifasi. Gidrostatik bosim. Peritsikl. Yon
ildizning hosil bo‘lishi.
Ildiz. (Radix)
Ildiz o‘simliklarning asosiy vegetativ organi bo‘lib birinchi marta urug‘ embrionidan o‘sib
chiqadi.Urug‘ embrio-nidan o‘sib chiqqan ildiz yaxshi taraqqiy etib ketsa uni bosh ildiz deb
ataladi.Asosiy bosh ildizdan yon ildizlar o‘sib chiqadi.YOn ildizlar asosiy bosh ildizning ichki
to‘qimalaridan o‘sib chiqadi. YOn ildiz ichki to‘qimalardan o‘sib chiqqani uchun endogen