Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139

75 
 
Ayirish to‘qimalari Moddalar almashinuvi jarayonida hujayralarida o‘simlikning o‘sishi
 
va 
rivojlanishi  uchun  sarflanmaydigan  moddalar  to‘planadi.  Ko‘pincha  bu  moddalar  almashinuvining 
oxirgi  chiqindi  mahsuli  hisoblanadi.  CHiqindi  moddalar  maxsus  to‘qimalarda  to‘planib,  ular  ayirish 
to‘qimalari deyiladi. Ayirish to‘qimalari o‘simliklarning turli-tuman a’zolaridan joy olgan bo‘lishi 
mumkin.  Ayirish  to‘qimalarida  nihoyatda  turli-tuman  moddalar  to‘planadi  va  ular  shakl  hamda 
tuzilishi jihatidan bir-biriga umuman o‘xshamaydi. 
Ayirish to‘qimalar, ichki va tashqi sekretsiya to‘qimalariga bo‘linadi. Tashqi sekretsiya ayirish to‘qimalariga 
nektar  hosil  qiladigan  gul  bezlari,  efir  moylari  ajratadigan  yopishqoq  moddalar,  alkaloidlar,  glukozidlar 
ajratadigan  epidermisda  joylashgan  bezlar  va  tuklar  kiradi.  Tashqi  sekretsiya  to‘qimalari  bir  qadar  chuqur 
joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, limon, apelsin o‘zidan efir moylari ajratadi. Olma, behi, handalak, 
qovun singari o‘simliklarning mevasida epidermis ham hushbo‘y hid tarqatadi. 
Ichki  sekretsiya  to‘qimalariga  ideoblast  parenximasi  to‘qimalaridan  shakllangan  bez  va  bez  ajratadigan 
chiqindi  yo‘llar  taalluqlidir.  Ichki  sekretsiya  bezlari  ajratadigan  chiqindi  yo‘llar,  ayniqsa,  poya  va  ildizda, 
qisman  bargda  uchraydi.  Ularda  smola,  efir  moylari,  shilimshiq  moddalar,  mum  va  boshqalar  to‘planadi. 
CHiqindi yo‘llar qarag‘ay daraxtida, kamfora 
Daraxtida, tragakant astragalida, petrushka ildizida bo‘ladi. 
Kuknorining sutlik nayidan oqib   chiqqan   shirani opiy deb ataladi. Opiy tarkibida 26 
xil alkaloid bor. 
Tarmokdangan  sutlik  nayni  semiz  o‘t  o‘simligida  uchratish  mumkin.  Bo‘g‘imlik  sut 
naylari  suv  naylariga  o‘xshash  bo‘ladi.  Tarmoqlangan  sutlik  naylar  urug‘ning  embrionida 
bo‘ladi. Urug‘dan o‘sib chiqqan bu sutlik nay tarmoklanib ildizga,poyaga o‘tib ketadi. Sutlik 
naylari tirik bo‘ladi. Sutlik naylar protoplazmasida minglab yadro uchraydi. 
Asosiy  to‘qimalar  chiqaruvchi  to‘qimalar  ham  o‘simlik  hayoti  uchun  muxim 
to‘qimalardan hisoblanadi. 
Xazm     bezlari     va    osmaforalar     ba’zi    xashoratho‘r o‘simliklarda (rosyanka, 
muxolovka) uchraydigan hazm bezlaridan tashqi sekretsiyaga kiradi. Mazkur hazm bezlaridan 
ajralib  chiqadigan          fermentlar          va          kislotalar          yordamida  xashoratlarni  tutib 
oziqlanadilar. 
Osmaforalar.  X,ushbuy  gullarning  tojbarglari  odatda  uchuvchan  moddalar  ajratib 
turadi. Bu esa changlatuvchi xashoratlarni o‘ziga jalb etadi. Ana shu vazifani epiderma qisqa 
muddat ichida bajaradi. Uzoq muddat gullaydigan  o‘simliklarda alohida to‘qima, xatto organlar 
shakllanib,  unda  uchuvchan  efir  moylari  ajratiladi.  Osmoforalar  deb,  shularga    aytilib,    ular 
ba’zan  qanotsimon  yoki  tuksimon,  kipriksimon    shaklda  bo‘ladi,  kup  qavatli  ajratuvchi 
tuqimadan tashkil topadi. 
 
                         
 
Nazorat savollari 
1.
 
O‘tkazuvchi to‘qimalar qanday vazifani bajaradi va ular necha xil bo‘ladi? 
1.
 
Asosiy    to‘qimaning  xillari    va    ularning  vazifasi?  
2.
 
Asosiy to‘qima vazifasi, uning xillari 
3.
 
Assimilyatsion (xlorenxima) to‘qima 
4.
 
hamlovchi to‘qima 
5.
 
SHamollatuvchi (aerenxima) to‘qima 
6.
 
So‘ruvchi to‘qima 
7.
 
Vellamen – suv shimuvchi to‘qima 
8.
 
Ajratuvchi to‘qima  vazifasi, uning xillari 
9.
 
Tashqi chiharuvchi to‘qimalar: 
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 


76 
 
 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –16р. 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Васильев    A.E.    “Морфология,  анатомия    растений”.  –  M.:  Изд-вo    “Высшая 
школа”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Березовская    T.П.,  Дмитрук    С.E.,  Гришина      Е.И.,    Белоусов    M.В.    Основы 
фармацевтической ботаники. – Toмск:  Печатная мануфактура,  2004.-294 с. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
Ma’ruza - 4 
Ildiz morfologiyasi va anatomiyasi.  
 
Ma’ruzaning  maqsadi:  Ildiz  morfologiyasi  va  anatomiyasi.  Poya  morfologiyasi  va 
anatomiyasi haqida tushuncha berish. 
Ma’ruzaning rejasi: 
1. O‘simlik organlari 
2. Ildiz morfologiyasi 
3. Ildizning anatomiyasi 
4. SHakli o‘zgargan ildizlar 
5. Ildizdagi tugunak bakteriyalar va mikoriza 
 
Tayanch  iboralar:  Yuksak  o‘simlik  organlarining  tuzilishi.  Vegetativ  va  generativ 
organlar.  Asosiy  morfologik  qonuniyatlar:  simmetriya  turlari,  metomorfoz.  Analogik  va 
gamologik  organlar.  qutblanish,  yuksak  o‘simliklarni  vegetativ  organlari,  poya,  ildiz.  Kurtak 
tuzilishi va o‘sish nuqtasi. Vegetativ va aralash kurtaklar. G‘uncha. 
Ildiz.  Ildiz  zonalari. 
Ildizning o‘sish nuqtasi. Initsial hujayra. Ildiz qinining hosil bo‘lishi va vazifalari.  Birlamchi 
ildiz  tuzilishi.  Epiblema  (rizoderma),  birlamchi  po‘stloq,  markiziy  silindr.  Meristema  hosil 
qilgan qavatlar: dermatogen, periblema, pleroma.  Birlamchi  po‘stloq  qavati:  ekzoderma, 
mezoderma va endoderma. Endodermaning tuzilishi, vazifasi. Gidrostatik bosim. Peritsikl. Yon 
ildizning hosil bo‘lishi.  
 
Ildiz. (Radix) 
Ildiz o‘simliklarning asosiy vegetativ organi bo‘lib birinchi marta urug‘ embrionidan o‘sib 
chiqadi.Urug‘  embrio-nidan  o‘sib  chiqqan  ildiz  yaxshi  taraqqiy  etib  ketsa  uni  bosh  ildiz  deb 
ataladi.Asosiy bosh ildizdan yon ildizlar o‘sib chiqadi.YOn ildizlar asosiy bosh ildizning ichki 
to‘qimalaridan  o‘sib  chiqadi.  YOn  ildiz  ichki  to‘qimalardan  o‘sib  chiqqani  uchun  endogen 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə