Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139

77 
 
tipda o‘sish deyiladi.Asosiy bosh ildiz va undan o‘sib chiqqan birinchi tartibdagi  yon ildizlar 
geotropizm,ya’ni  erga  qarab  o‘sish  xususiyatiga  ega(tikka,yotib,yuqoriga  qarab,pastga 
qarab).Bu ildizlar geotropizm xususiyatiga ega emas.Asosiy bosh ildiz yon ildizlarga nisbatan 
katta bo‘lsa o‘q ildiz deyiladi. 
Masalan: beda, g‘o‘za, otquloq, yantoq, qoqio‘t kabi o‘simlik ildizlari.YAntoqning asosiy 
bosh  ildizining  uzunligi  20  m  bo‘ladi.  CHunki  yantoq  suvsiz  joyda  yashaydi.  O‘q  ildiz 
shoxlangan  yoki  shoxlanmagan  bo‘lishi  mumkin.  Agar  o‘q  ildiz  er  yuzasiga  yaqin  joyda 
shoxlangan  bo‘lsa  shoxlangan  o‘q  ildiz  deyiladi.  Agar  o‘q  ildiz  er  ostining  chuqurroq  erida 
shoxlanmagan bo‘lsa shoxlanmagan o‘q ildiz deyiladi. Ikki pallali o‘simliklarning ildizi asosan 
o‘q  ildiz  bo‘ladi.Bir  pallali  o‘simliklarda  urug‘  embrionidan  o‘sib  chiqqan  bosh  ildiz  yaxshi 
taraqqiy  etmaydi,bu  o‘simliklarda  bosh  ildiz  yon  ildizlarga  nisbatan  teng  bo‘ladi.  SHuning 
uchun xam bir pallali o‘simliklarning ildizi (mochkovat’sh koren) deyiladi. Masalan: bug‘doy, 
arpa, sholi, piyoz va boshqa ildizlar. Ildiz o‘simliklarning poyasida ba’zan bargidan xam o‘sib 
chiqishi  mumkin.  Poyadan  yoki  bargdan  o‘sib  chiqqan  ildiz  qo‘shimcha  ildiz  (pridatochnsh 
koren) deyiladi. Bir pallali va ikki pallali o‘simliklarda,qo‘shimcha ildiz taraqqiy etgan bo‘ladi. 
Ildizning  taraqqiy  etishi  o‘simlikning  yashash  sharoitiga  bog‘liq.  Masalan:  tog‘larda, 
toshlarning ustida o‘suvchi o‘simliklarda ildizning probka qismi yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. 
Ildiz  qinlari  esa  ko‘mir  kislotalarini  va  yana  olma  kislotalarini  ishlab  chiqarib  turadi.  Qumli 
cho‘llarda  yashaydigan  o‘simliklarda  yon  ildizlar  yaxshi  taraqqiy  etgan  bo‘ladi.  Masalan: 
qumli cho‘llarda ya’ni Qora Qum va Qizil Qumda o‘suvchi juzg‘unni olsak uning asosiy bosh 
ildizi 1,5-2m bo‘ladi. Yon ildizlari esa 20 m gacha bo‘ladi. Saksovulni olsak ildizi er yuzida bir 
marta shoxlanadi va 3.5-4m chuqurlikda yana bir marta shoxlanadi.Idizda oziq moddalar xam 
to‘planishi  mumkin.  Bunday  ildizlarni  ildiz  mevalar-(kroneplodi)  deb  yuritiladi:  sabzi,  turp, 
lavlagi, sholg‘om, rediska va boshqalar. Bunday ildiz mevalarni qiyofasini o‘zgartirgan ildizlar 
deb  yuritiladi.  (metamorfoz  kornya).Sabzi,  turp,  lavlagi  ildiz  mevalari  asosiy  bosh  ildizdan 
xosil  bo‘ladi.Bundan  tashqari  yon  ildizlardan  xosil  bo‘lgan  ildiz  mevalar  ham  uchraydi. 
Masalan:  kartoshka  guli  (georgin),  parpi  (akonit).  Qiyofasini  o‘zgartirgan  ildizlar  xar  xil 
qo‘shimcha  vazifalarni  bajarib  turadi.  Ba’zi  bir  o‘simliklarda  havo  ildizi  (vozdushniy  koren) 
bo‘ladi. Havo ildizlari  yordamida o‘simlik havodan namlik olib turadi. Bundan tashqari havo 
ildizi o‘simlikning tanasini tutib turishga yordam beradi. Masalan: tropik o‘rmonlarda (daraxt 
ustida)  yashaydigan  epifit  o‘simligining  ildizi  ingichka  bo‘lib  yuqoridan  pastga  qarab  ‘sadi. 
Buyining uzunligi 4-6 m, enining diametri 1-2 sm, jo‘xorida xam havo ildizi bor.Felodendron 
o‘simligida xam havo ildizi bor. 
Tayanch  ildizlar.  Poyadan  chiqqan  qo‘shimcha  ildizlar  uni  tik  tutib  turishga  yordam 
beradi.  Bunday  ildizlarning  ko‘pincha  kechpishar,  baland  bo‘yli  makkajo‘xori,  oq  jo‘xori 
o‘simliklarning pastki bo‘ginlarida ko‘rish mumkin. So‘rg‘ich ildizlar. Tekinxo‘r o‘simliklarda 
xlorofill  donachalari  bo‘lmaganligi  uchun  ular  boshqa  o‘simliklardan  oziq  moddalar  hisobiga 
yashaydi.Bunday  o‘simliklarda  asosiy  ildizlar  o‘rnida  so‘rg‘ich  ildizlar  bo‘ladi.  So‘rg‘ich 
ildizning po‘stloq parenxima xujayralari,o‘tkazuvchi bog‘lamlari ona o‘simlikning floemadagi 
o‘tkazuvchi bog‘lamlariga qarab o‘sadi. O‘sayotgan ildizning uzunchoq parenxima xujayralari 
gaustoriya xujayralari deb ataladi. Bu zarpechakda, shamqiyada bo‘ladi. 
Botqoqlik  joylarda  o‘sadigan  o‘simliklarda  nafas  oluvchi  ildizlar  Ham  bo‘ladi.  Nafas 
oluvchi ildizlar o‘simlikning pastki qismida, ya’ni er tagiga er ustiga qarab o‘sadi. M: Botqoq 
sarvisi-kirishi mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarda tirgak ildizlar bo‘ladi. M: tropik o‘simliklardan 
fikusda  ko‘rish  mumkin.  Tirgak  ildizlar  o‘simlikning  yuqori  qismidan  chiqib  pastga  qarab 
O‘sadi.  SHu  bilan  u  erga  qadalib  o‘simlikning  tanasini  tutib  turadi.  Ildiz  sistemasi 
o‘simliklarning er ustki qismlariga nisbatan ba’zan 5-15 martagacha katta bo‘ladi. 
Ildiz faqat murakkab tuzilgan yuqori o‘simliklarda bo‘ladi. Suv o‘tlarida va moxlarda ildiz 
bo‘lmaydi.  Bu  o‘simliklarda  ildiz  o‘rnida  bir  yoki  ko‘p  xujayrali  tuklar  bo‘ladi.  Bu  tuklarni 
rezoidlar deb ataydi. SHu rezoidlar yordamida suv va suvda erigan mineral moddalarni shimib 


78 
 
oladi.  YUqori  sporali  o‘simliklarda  suv  qirqquloqida  Ham  ildiz  bo‘lmaydi.  Ildiz  vazifasini 
qiyofasini  o‘zgartirgan  barglar  bajarib  turadi.  YUqori  o‘simliklardan  shumqiya,  zarpechak, 
devpechak o‘simliklarida Ham ildiz bo‘lmaydi. Bu o‘simliklar parazit holda hayot kechiradilar. 
Uzining  so‘rg‘ich  tuklari  yordamida  boshqa  o‘simliklardan  oziqli  moddalarni  so‘rib  oladi. 
Dukkakdoshlar  oilasiga  kiruvchi  o‘simliklarning  ildizida  tugunak  bakteriyalar  bo‘ladi.  Bu 
bakteriyalar  dukakli  o‘simliklar  bilan  simbioz  xolda  yashaydi.  (Xamkorlik  va  qarama-qarshi 
kurash),  tuganak  bakteriyalar  havoning  erkin  azotini  yutish  xususiyatiga  ega.  SHuning  uchun 
xam  tugunak  bakteriyalar  o‘simlikni  azot  bilan  ta’minlab  turadi.  O‘simlikdan  esa  organik 
modda  oladi.  SHuning  uchun  xam  dukkakli  o‘simliklar  ekilgan  er  azotli  birikmaga,  o‘simlik 
esa oqsilga boy bo‘ladi. 
Akademik  Vilyams  o‘simliklarni  almashlab  ekishda  dukkaklilarga  katta  axamiyat  beradi. 
O‘simlik  ildizida  zamburug‘lar  xam  bo‘ladi.  O‘simlik  ildizidagi  zamburug‘lar  mikoriza  deb 
ataladi. Grekcha miks-zamburug‘, riza-ildiz (zamburug‘li ildiz). Mikorizalar o‘simlik ildizida 3 
xil shaklda bo‘ladi. 
1. Mikorizalar ildizning tashqi tomonida bo‘lsa ektotrof mikoriza deyiladi. M: Olxo‘ri, dub, 
terak daraxatlari ildizida bo‘ladi. 
2.  Mikorizalar  O‘simlik  ildizining  ichki  Qismida  uchrasa  endotrof  mikoriza  deyiladi.  M: 
BuQdoy, jO‘xori, klupnay, piez ildizlarida kO‘rish mumkin. 
3. Mikorizalar ildizning tashqi tomonidan tuganak xosil qilsa tuganak mikoriza deyiladi. M: 
Tamaki, qalampir, pomidor o‘simliklarining ildizida ko‘rish mumkin. 
1881  yilda  rus  olimi  Kamenskiy  mikorizalarning  tabiatini  aniqlagan.  Mikorizalar 
erimaydigan  moddalarni  eriydigan  qolga  ketirishda  katta  ahamiyatga  ega.  O‘simlikning 
ildizining V
1
 vitamin (tiamin) bilan taminlab turadi.Vitamin V
1
 ta’sirida o‘simlik ildizi kuchli 
ravishda  taraqqiy  etadi.  Ba’zi  bir  mikorizalar  havoning  azotini  yutish  xususiyatiga  ega.  SHu 
bilan o‘simlik ildizining azotli birikma bilan taminlab turadi. 
            
 
 
Ildizlar. 
A - ipsimon ildiz, B - urchiqsimon ildiz,  
V - ildiz meva. G – o‘kildiz, D - popuk ildiz. 
ILDIZ ANATOMIYASI 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə