Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139

73 
 
SHakllanishning  dastlabki  davrida  elaksimon  naylar  hosil  qiladigar  hujayra,  hujayra  devori  bo‘ylab 
joylashgan  sitoplazma,  yadro,  vakuok  va  yupqa  po‘stga  ega  bo‘ladi.  Funksional  faoliyatning  boshlanishi 
bilan i uzayadi va devori bir qadar qalinlashadi. Elaksimon nayni hosil qiladigar hujayraning o‘sishi uning 
devorining cho‘zilishi hisobiga boradi 
Cho‘zilishi  davomiada  tuynuklar  hosil  bo‘ladi.  Vujudga  kelgan  elaksimon  naylar orqali organik 
moddalarning harakati natijasida ko‘ndalang to‘siq devoriga kuchli bosim ostida ko‘p sonliteshMar vujudga 
keladi. Devoriar qalinlashadi, yaltiroq holga keladi va quyosh nurini kuchli ravishda qaytarish qobiyatiga 
ega  bo‘ladi.  Elaksimon  naylar  hosil  bo‘lishi  bilan  protoplast kesimi o‘zgaradi.  Organik moddalar  oqimi 
yangi hosil bo‘lgan elaksimon naylarni hosil qilgan hujayra sitoplazmasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Yadro va leykoplast eriydi, sitoplazma va vakuola o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. Hujayraning hamma 
organlari  bir  butun  tirik  mas-saga aylanadi, hujayra sitoplazmasining harakati to‘xtaydi. Sitoplazma 
o‘zining yarim o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham yo‘qotadi. Unga eritma holidagi har qanday organik va 
anorganik moddalar bemalol o‘ta oladi. SHu bilan elaksimon naylaming shakllanishi oxiriga etadi. 
Elaksimon o‘tkazuvchi naylar suv o‘tkazuvchi elementlarga nisbatan bir xilligi, maydaligi, kalta 
va ingichkaligi bilan farq qiladi. 
Chunonchi kartoshka o‘simligida elaksimon nayning uzunligi 138  
mk ga, nastursiya bargida 240 mkga, ayrim liana o‘simliklarida ISO-BOO mk ga qadar boradi. Lekin 
elaksimon naylarning eni 20—30 mk dan oshmaydi. 
Elaksimon  o‘tkazuvchi  naylarning  umri  ham  qisqa  bo‘ladi.  Bir  yillik  va  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simliklarda 
elaksimon o‘tkazuvchi naylarning umri bir vegetatsiya davriga boradi. Daraxt va butalarda ularning umri 1 
yil, ayrim daraxtlarda 3—4 yilga qadar cho‘zilishi mumkin. Umri 3—4 yil davom etadigan naylar qishga 
yaqin unchalik yaxshi o‘rganilmagan maxsus amorf modda bilan birikadi. Bahor kelishi bilan yana ochilib, 
o‘z faoliyatini davom ettiradi. 
Yo‘ldosh  xo‘jayralar.  Ko‘pchilik  o‘simliklarning  elaksi  nayi  yonida  yo‘ldosh  xo‘jayra 
joylashgan. Elaksimon nayga nisbatan yo‘ldosh xo‘jayra kichik bo‘ladi. Yo‘ldosh xo‘ja tirik 
bo‘lib o‘nda o‘simiklarni o‘stiradigan Auksin kabi bezlar bor. 
Floemaning  parenximasi.  Floemaning  parenximasi  po‘sti  selyullozadan  tashkil  topgan. 
Floemaning parenximasida zapas oziq moddalar to‘planadi. 
Floemaning  tolasi-stereid.  Floemaning  tolasi-stereidn  xo‘jayra  po‘sti  yog‘ochlangan  yoki 
yog‘ochlanmagan  bo‘ladi.  Floema  tolasi  juda  ham  mustaxkam,  sinmaydigan,  elastik  bo‘lib 
o‘simlikka qattiqlik berib turadi. 
Shunday qilib biz ksilema va floema elementlarini ko‘rib chiqdik. 
YOg‘ochlangan  o‘simliklarda  floema  po‘stloq  qismiga  joylashgan.  YOg‘ochlik  qismi 
ksilema  xisoblanadi.  O‘tli  o‘simliklarning  poyasida,  ildizida,bargning  tomir  o‘tgan 
 
qismida 
floema  bilan  ksilema  birlashib  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  tashkil  etadi.  O‘tkazuvchi 
to‘qima bog‘lamlari asosan 4 tipda tuzilgan. 
4.Kolloteral. 
2.Bikolloteral. 
Z.Kontsentrik. 
4.Radial. 
Kollateral  o‘tkazuvchi  nay  bog‘lamlari.  Bunda  floema  va  ksilema  yonma-yon,  ya’ni 
o‘tkazuvchi nayning ksilema bog‘lam 
lari, ikkinchi  yonida  esa  floema  bog‘lamlari joylashgan  bo‘ladi. Poya  va  ildizning  uch  qismida, 
odatda, ksilema markazga qaragan bo‘lib, adekvat holda markazga yaqin joylashadi. Floema 
esa  sirt  qismida,  ya’ni  markazdan  uzoqda,  abaksial  holda  joylashadi.  Bargda  uning  yuza 
tomonida ksilema esa uning ost tomonida floema joylashgan   
bo‘ladi. O‘tkazuvchi bog‘lamlarning bu tipi barcha o‘simliklar uchun xos  
Bikollateral  o‘tkazuvchi  nay  bogiamlari.  O‘tkazuvchi  nay  bog‘-lamlarining  bu  tipida  floema 
ksilemaning  har  ikkala  yon  tomonida,  va’ni lininc ieh va sirt aismida iovlashean bo‘ladi. Bikollateral 
o‘tkazuvchi 
nay bog‘lamlari ksilemaning  2 ta kollateral bog‘lamlarining qo‘shilishi tufayli vujudga kelgan.  
 Konsentrik yoki markazlashgan o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari.  


74 
 
O‘tkazuvchi naylarning bu tipida floema markazda joylashib, ksilema uni o‘rab turadi yoki ksilema markazda 
bo‘lib,  floema  uni  o‘rab  turadi.  Markazlshgan  bog‘lamlar  ko‘pchilik  paparotniklarda,  bir  pallalilarda  esa 
marvaridgul o‘simligida uchraydi. 
  Radial yoki nursimon tuzulishli nay o‘tkazuvchi  bog‘lamlari.  
 O‘tkazuvchi nay bog‘lamlarininng bu tipi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib odatdagi nay bog‘lamlar tuzilishidan 
keskin  farq  qiladi.  U  Ikkipallali  o‘simliklar  ildizining  birlamchi  tuzilishida  namoyon  bo‘ladi.  Bir  pallali 
o‘simliklarda  esa  bunday  tuzilishdagi  nay  bog‘lamlari  o‘simlik  umrining  oxirigacha  saqlanadi.  Radial  nay 
bog‘lamlari juda murakkab tuzilishga ega. 
Floema  ksilema  bog‘lamlari  radius  bo‘ylab  navbatlashadi  va  radius  bo‘ylab  radial nur  simmetriyasini  hosil 
qiladi. 
 Ikkipallali  o‘simliklarda  dastlabki,  birlamchi  tuzilishdan  ikkilamchi  tuzilishga  o‘tishda  floema  va  ksilema 
bog‘lamlarida radial joylashish kolloteral joylashish bilan almashinadi. Turli hil o‘simliklarda ilidiz birlamchi 
tuzilishining  shakillanishida  ksilema  va  floemaning  ma’lum  sondagi  turlari  qonuniy  ravishda  tarkib  topgan 
shunisi qiziqki radial o‘tkazuvchi bog‘lamlarning bir nurli (Monarx), ikki nurli (Diarx), uch nurli (Triarx), to‘rt 
nurli (Tetrarx), ko‘pnurli (Polearx), turlari mavjud. Radial o‘tkazuvchi nur boglamlari ichida ma’lum darajada 
keng trarqalgan besh nurli (pentaerx) radial o‘tkazuvchi bog‘lami hisoblanadi. 
8
 
ASOSIY  TO‘QIMA 
Asosiy  to‘qima  tirik  parenxima  xujayradan  tuzilgan  bo‘lib  turli  vazifalarni  bajarib 
turadi.  Asosiy  to‘qimalarning  xujayrasi  yumaloq  yoki  ko‘p  burchakli  bo‘lib  uning  xujayra 
oralig‘i ham bo‘ladi. Xujayra po‘sti selyullozadan tuzilgan yupqa ba’zan lignin bilan sug‘orilib, 
yog‘ochlangan bo‘ladi.
9
 
Asosiy to‘qima vazifasiga qarab bir necha gruppalarga bo‘linadi. 
1. 
O‘tkazuvchilik  vazifasini  bajaradigan  asosiy  to‘qima  Masalan,  ildizning  po‘stloq  
xujayralari,  o‘zak  nur  xujayralari.  O‘zak  nur  xujayralari  poyaning  yog‘ochlik  qismida 
suv va suvda erigan moddalarni o‘tkazib turadi. 
2. 
Organik 
moddalarni 
tayyorlaydigan 
to‘qimani 
assimilyatsion 
to‘qima 
deyiladi. 
Assimilyatsion 
tuqima 
o‘simlik 
bargida, 
poyasida 
va 
boshqa 
o‘rganlarida 
uchraydi. 
Assimilyatsion 
to‘qimada 
xlorofill 
donachalari 
bo‘lib 
unda 
fotosintez 
prossessi 
bo‘lib 
turadi. 
Assimilyatsion 
to‘qima 
3 xil buladi. Masalan
g
bargda. 
1.
 
Qoziqsimon to‘qima.(ustinsimon) 
2.
 
Bulutsimon to‘qima. 
3. Chokli parenxima. 
Qoziqsimon    pakenximning  bo‘yi  cho‘ziqroq  va    bir-biri  bilan  zich  joylashgan,  bulutsimon 
parenxema  yumaloq hujayra oralig‘I bo‘ladi.  Bulutsimon parenxema bargda havo almashinib 
turishida  katta  ro‘l  o‘ynaydi.  Shuning  uchun  ham  uni  ventelyatsinniy  to‘qima  deb  ham 
yuritiladi.Bulutsimon paremxemaga qaraganda qoziqsimon parenximada xlorofil donalari ko‘p 
bo‘ladi. Chokli parenxima ochiq urug‘li o‘simliklarning bargida uchraydi masalan. 
 Qarag‘ay  ,  archa  barglari.  Choklari  Parenximani  hujayra  po‘sti  ichkariga  kirib  ketgan 
shuning uchun ham chokli parenxima deyiladi. 
  
Oziqli moddalarni to‘plovchi asosiy to‘qima. O‘simliklarning xar-hil o‘rganlarida ildiz, 
poya, barg, urug‘ va mevalarida to‘planadi. 
Masalan:  sabzi,  lavlagi  rediska,  sholg‘om  va  boshqalarning  ildiz  mevasida,kartoshka 
tugunagida,  karam  bargida,  g‘alladonli  o‘simliklarning  urug‘ida,  mevali  daraxtlarning 
mevasida to‘planadi.  
                                                             
 
 
2.
 
9
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə