Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139

65 
 
Ba’zan fellogen po‘stloqning ichkariroq joylashgan hujayralaridan hosil bo‘ladi. Fellogen-ning 
hujayralari  kariokinez  usulda  bo‘linib  ko‘payib  turadi.  Natijada  fellogen  o‘zidan  yuqoriga 
probkani (fellemani), ichkariga fellodermani (po‘stloqni) ishlab chiqaradi.  
 
Fellemaning  tashqi  tomoni  suberin  moddasi  bilan  sug‘orilib  probkalanadi.  Probka 
tarkibidagi  suberin  58%,  sellyuloza  22  %,  lignin    15%,  suv  5%  dir.  Probkalangan  hujayra 
o‘zidan,  suvni,  havoni,  changlarni,  tovushni,  elektrni  o‘tkazmaydi.  SHuning  uchun  sanoatda 
probka  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  samolyotsozlikda,  xolodilnik  ishlab  chiqarishda  va 
boshqalarda ishlatiladi.  
 
Probkani  dub  daraxtidan  olinadi.  Probka  beradigan  dub  daraxti  qora  dengiz  bo‘ylarida 
o‘sadi. Probkasi 15 sm gacha bo‘ladi. Probka tushib ketmaydi. Probka dub daraxtidan xar 10-
15  yilda  kesib  olinadi.  Probkani  amurskoe  barxatnoe  derevo  daraxtidan  olish  mumkin.  Bu 
daraxtning probkasi uncha qalin emas, sifati ham probka dubidan past bo‘ladi, shuning uchun 
ham  undan  qurtqaruvchi  moddalar  tayyorlanadi.  Probkaning  ichi  odatda  havo  bilan  to‘la 
bo‘ladi.  Probka  o‘simliklarning  meva  po‘stida  (anor  meva  po‘sti),  tugunagida  (kartoshka 
tugunagida) ham  uchraydi.  Probka bilan qoplangan o‘simlik organlari  chechevichkalar orqali 
nafas  olib,  suv  bug‘latib  turadi.  CHechevichka  bor  joyda  probka  bo‘lmaydi.  Probka  o‘rnida 
yumshoq, siyrak joylashgan hujayralar bo‘ladi. Ana shu hujayralar orqali suv bug‘lanadi va gaz 
almashish protsessi bo‘ladi. CHechevichkani ustitsadan farqi shu.  
Periderma  ba’zan  po‘kak  to‘qima  deb  ham  ataladi.Po‘kak  to‘qima  epidermisning  nobud 
bo‘lishi  natijasida  meristema  deb  ataladigan  maxsus  gormonlar  ta’siri  hosil  qiluvchi  to‘qima 
hisobiga shakllanadi.  
 
UCHLAMCHI QOPLOVCHI TO‘QIMA (KORKA -QOBIQ) 
  
Ko‘p yillik daraxt o‘simliklarning poyalarida probka o‘rnini asta-sekin quruq po‘stloq 
egallaydi.SH sababli uni ba’zan uchlamchi qoplovchi to‘qima deb ham yuritiladi.Daraxtsimon 
o‘simliklar poyasi kambiy qavatini uzluksiz rivojlanishi natijasida doimo eniga o‘sib 
yo‘g‘onlashib turadi,poyaning ana shunday eniga o‘sish davomida 2 -3 yildan so‘ng periderma 
yoriladi      Fellogen faoliyatining harakteriga ko‘ra turli ko‘rinishdagi po‘stloq hosil bo‘lishi 
mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan xalqasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. Agarda 
fellogen ayrim bo‘laklar shaklida hosil bo‘lsa, tangachasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. 
Poya  po‘stlog‘ining  ichki  qatlamlaridan  yangi  fellogen  hosil  bo‘ladi  va  undan  yangi  probka 
qavati rivojlanadi. 
 
Fellogen  bir  necha  yillar  davomida  probkani  ishlab  chiqazib  turadi.  Keyinchalik  fellogen 
hujayralari o‘ladi. Po‘stloqning ichkari tomonidagi hujayralardan yangi fellogen hosil bo‘ladi. 
Bu hosil bo‘lgan fellogen o‘zidan yuqoriga probkani, ichkari tomonga esa fellodermani ishlab 
chiqaradi. Qaytadan hosil bo‘lgan probkani tashqari tomondagi xujayralarning hammasi o‘ladi. 
CHunki o‘zidan suvni va havoni o‘tkazmaydi. Bu hujayralardan oziq moddalar etib bormaydi.  
 
Bu  o‘lgan  hujayralar  qobiqqa  aylanadi.  Qayin  daraxtida  qobig‘  8-10  yildan  so‘ng,  dub 
daraxtida 25 yildan so‘ng, paxtada esa 50 yildan qobig‘ vujudga keladi. Qobig‘ning qadinligi 
10  sm  ga  etadi.  Qobig‘  daraxtlarda  vaqti  bilan  tushib  turadi.  Qobig‘ning  tushishi  daraxtlarga 
zarar etkazmaydi. Qobig‘ 1 qatorda xashoratlar ham tushib turadi.  
 
Nazorat savollari 
1.
 
Hujayrada  qanday  oziqa  moddalar  uchraydi? 
2.
 
 Hujayradagi  zapas  oziqa  moddalarni (kraxmal, oqsil, yog‘) aniqlash  reaksiyalari?      
3.
 
Hujayra  shirasida  uchraydigan  moddalar  (oshlovchi  moddalar,  inulin  va  shilimshiq     
moddalar- sliz)  va ularni  aniqlash  reaksiyalari? 


66 
 
4.
 
 Hujayrada  qanday  kristallar  uchraydi? 
5.
 
Hujayra  shirasida  qanday  pigmentlar  uchraydi?   
6.
 
   Hujayra  po‘stining  tuzilishi,  vazifasi  va  kimyoviy  tarkibini  o‘zgarishi  va  ularni  
aniqlash  reaksiyalari? 
7.
 
To‘qima  nima  va ular  qanday  guruhlarga bo‘linadi?  
8.
 
Hosil qiluvchi to‘qima  va uning  vazifasi ?  
9.
 
Hujayraning reduksion bo‘linishi qanday  sodir bo‘ladi? 
10. Qoplovchi to‘qimalarning vazifalari va ularning  xillari? 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.,  Samatova  SH.  O‘simliklar  sistematikasidan  amaliy  
mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science.  Published 
by forgotten books, 2013. –14р. 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Васильев  A.E.  “Морфология, анатомия  растений”. – M.: Изд-вo  “Высшая школа”, 
1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.:  X.F.  
“Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Березовская    T.П.,  Дмитрук    С.E.,  Гришина      Е.И.,    Белоусов    M.В.    Основы 
фармацевтической ботаники. – Toмск:  Печатная мануфактура,  2004.-294 с. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
Ma’ruza – 3 
Mexanik  o‘tkazuvchi, ajratuvchi va  asosiy to‘qimalar 
Reja: 
1.
 
Mexanik to‘qima, ularning vazifasi 
2.
 
O‘tkazuvchi to‘qima, ularning vazifasi 
3.
 
Asosiy to‘qima, ularning vazifasi 
4.
 
Ajratuvchi to‘qima, ularning vazifasi 
5.
 
Xazm bezlari va osmaforlar 
6.
 
O‘simlik organlari (Organografiya) 
7.
 
Ildiz morfologiyasi 
8.
 
Ildizning anatomiyasi 
9.
 
Birlamchi ildizning anatomiyasi 
10.
 
Ikkilamchi ildizning anatomiyasi 
11.
 
SHakli o‘zgargan (metamorfoz) ildizlar. 
12.
 
Ildizdagi tugunak bakteriyalar va mikoriza 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə