Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139

63 
 
 
1.   Geterotipik  
 
2.   Gomeotipik  
 
Reduksion bo‘linishda ham yadro 4 davrni boshidan kechiradi: Reduksion bo‘linishning 
geterotipik  tipida  metafazada  xromasomalar  2  ga  bo‘linmaydi.  SHuning  uchun  ham 
geterotipik  bo‘linishning  oxirgi  davri  telofazada  hosil  bo‘lgan  qiz  hujayralarda  xromasoma-
larning  soni  ona  hujayrasinikidan  2  marta  kam  bo‘ladi.  Hosil  bo‘lgan  hujayra  diploid 
reduksion  bo‘linishning  gomeotipik  tipda  hosil  bo‘lgan  qiz  hujayralar  yadrosi  yana  bo‘lina 
boshlaydi.  Bu  bo‘linish  kariokinezga  o‘xshash  bo‘ladi,  ya’ni  metafazada  xromasomalar 
o‘rtasidan  2  ga  bo‘linishadi.  Bu  tipda  1  ta  ona  hujayradan  4  ta  qiz  hujayra  hosil  bo‘ladi.  Bu 
hujayralarning  tetrada  deyiladi.  Qiz  hujayralar-ning  xromasomalari  soni  ona  hujaylarning 
xromoso-masi sonidan 2 marta kam bo‘ladi.  
  
QOPLOVCHI  TO‘QIMA. 
          Qoplovchi to‘qima deganda o‘simlik tanasini ustki tomondan qoplab turuvchi  hujayralar 
yig‘indisiga  tushuniladi.  O‘simlik  tanasini  qoplovchi  to‘qimalar  tuzilishi  va  bajaradigan 
vazifasiga  ko‘ra  har  xil  bo‘ladi.  Qoplovchi  to‘qima  o‘simlikning  barcha  organlarini  qurib  
qolishdan    va  tashqi  muhitning  boshqa  noqulay    sharoitlaridan,  ya’ni  ortiqcha  quyosh 
ta’siridan, kuchli isib ketishdan mexanik shikastlanishdan, zararkuranda mikroorganizmlarning 
ichki  to‘qimalarga  kirishidan    himoya  qiladi.  Ildizdagi  qoplovchi  to‘qimalar  esa  suv  va  unda 
erigan  mineral  moddalarni  shimishda,  tuproqda  uchraydigan  ba’zi  qattiq  elementlarni  eritish 
jarayoni  hamda  ildizning  ichki  to‘qimalarini  mexanik  taassurotlardan  saqlaydi.  Qoplovchi 
to‘qima kelib chiqishi va joylashishi  jihatdan 3 xil bo‘ladi.  
 
1.   Birlamchi qoplovchi to‘qima - epidermis  
 
2.   Ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periblema.  
 
      3.Quruq po‘stloq 
Epidermis  dermatogendan  hosil  bo‘ladi.  Ikkilamchi  qoplovchi  to‘qima  esa  fellogen  hosil 
bo‘ladi.  
 
Bir pallali o‘simliklarning hamma organlari, ikki pallali o‘simliklarning barglari va yosh 
novdalari epidermis bilan qoplangan, qolgan organlari esa ikkilamchi qoplovchi to‘qima bilan 
qoplangan.  
EPIDERMIS 
  
 
Epidermis bir - biri bilan zich joylashgan tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. . 
O‘simlikning  yosh  organlarini  quyosh  nuri  ta’sirida  qurib  qolishdan  saqlaydi.  Barg  orqali 
bo‘lib  turadigan  transpiransiyani  chegaralaydi  va  boshqa  mexanik  ta’sirlardan  ximoya 
qiladi.Epidermis  hujayralarida  hujayra  oralig‘i  bo‘lmaydi.  Bir  pallali  o‘simliklarda  epidermis 
hujayra po‘sti to‘g‘ri chiziqli, ikki pallali o‘simliklarda esa egri - bugri bo‘ladi.  
 
Epidermis  hujayralari  odatda  rangsiz  bo‘ladi.  Ba’zi  bir  o‘simliklarning  epidermisida, 
masalan,  qirqquloq  o‘simligida  shuningdek  soya  va  salqin  erda  yashaydigan  o‘simliklarning 
epidermisida xlorofil donachalari bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarning epidermisida antotsian deb 
atalgan pigment bo‘ladi. Masalan, begoniya, tardeskansiya deb atalgan o‘simliklarning ranggi 
qizil  va  binafsha  bo‘ladi.  Epidermis  hujayralarning  tashqi  qisman,  yon  po‘sti  qalinlashgan 
bo‘ladi. Tashqi po‘sti kutin moddasi bilan sug‘orilgan. Kutin moddadan epidermisning ustida 
kutikula qavati hosil  bo‘ladi.  Kutikula o‘zidan suvni va havoni  o‘tkazmaydi.  SHuning uchun 
epidermis  o‘simliklarning  ko‘p  suv  bug‘latishdan  va  qurg‘oqchilikdan  saqlaydi.  Ba’zan 


64 
 
epidermisda  suv  to‘planadi.  Ba’zi  o‘simliklarning  ustida  mum  izlari  ham  bo‘ladi.  Masalan, 
olxo‘rining  mevasida,  chinnigulning  mevasida,  karam  bargida.  Mum  izlari  qalinligi  0,1  mm 
gacha bo‘lishi mumkin. Janubiy Amerikadagi, Voskovaya palma deb atalgan o‘simlikda mum 
izlari 5 mm qalinlikda bo‘ladi. Mum murakkab tuzilgan efir bo‘lib, 100
0
 temperaturada eriydi. 
Mum ham kutikulaga o‘xshash vazifasini bajarib turadi. Epidermisda teshikchalar bo‘ladi. Bu 
teshikchalarni  ustitsa  (ba’zan  og‘izchalar  deb  ham  ataladi)  deb  yuritiladi.  Epidermis  bilan 
qoplangan  o‘simlik  organlari  ustitsa  yordamida  suvlarni  bug‘latib  turadi.  Gaz  almashish 
protsessi  ham  ustitsalar  yordamida  bo‘ladi.  Ustitsalar  doimo  ochilib  ham  yopilib  turadi. 
Ustitsalarning  ochilib  ham  yopilib  turishi  sharoitga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ustitsalarning  ikki 
tomonida  berkituvchi  (qamrovchi  -  zamыkayushie  kletki)  hujayra  bor.  Bu  hujayra  xlorofil 
donachalari bo‘ladi.  
 
Xlorofil  donachalarida  fotosintez  protsessi  bo‘lib,  shakar  to‘planadi.  SHakarlarga 
to‘yingan hujayra o‘ziga suvni tortadi. Natijada bu hujayra TURGOR xolati ro‘y beradi. Ana 
shu    vaqtda  ustitsalarning  teshigi  ochiladi.  Aksincha  xolatda  ya’ni  fotosintez  protsessi 
to‘xtagan vaqtda ustitsalarning hujayralari so‘liydi, ya’ni plazmoliz ro‘y beradi.  
 
Bu  xolatda  esa  ustitsalarning  teshiklari  yopiladi.  Demak  ustitsalar  ham  ochilib,  ham 
yopilib  turadi.  Ustitsalarning  tagida  xavo  turadigan  bo‘shliq  joyi  bor.  Demak  mana  shu 
ustitsalar  orqali  o‘simliklar  nafas  olib,  oziqlanib  va  ortiqcha  suvlarni  parlantirib  turadi. 
O‘simliklarda  xavo  ustitsalardan  tashqari  suv  chiqarib  turadigan  ustitsalar  ham  bo‘ladi.  Bu 
ustitsalar  gidatoda  lar  deb  ataladi.  Gidatodalar  hamma  vaqt  ochiq  bo‘ladi.  CHunki  uning 
hujayralari  hamma  vaqt  turgor  xolatda  turadi.  Suvni  chiqarib  turishi  gutatsiya  deb  ataladi. 
(gutta  tomchi).  Gidatodalar  barglarning  er  ustki  organlarida  bo‘ladi.  Masalan,  poya,  barg  va 
boshqalar. O‘simlik ildizida ustitsalar bo‘lmaydi. Ustitsalar o‘simliklarning yashash sharoitiga 
qarab bargning pastki epidermisi 1 kv mm satxda 100-300 tagacha ustitsalar bo‘lishi mumkin. 
Kungaboqar bargining 1 kv, mm satxida 200 tagacha ustitsa bor.  
 
Epidermisdan har xil tuklar o‘sib chiqadi. (valoski, trixoma) Tuklar havoning harakatini 
susaytiradi, shuning natijasida o‘simliklar suvni kam bug‘latadi. SHuningdek tuklar o‘simliklar 
issiqdan  va  sovuqdan  saqlab  turadi.  Ba’zan  tuklar  boshqa  vazifalarni  ham  bajarib  turadi. 
Masalan,  labguldoshlar  oilasiga  kiruvchi  o‘simliklardan  bezli  tuklar  efir  moylarini  ishlab 
chiqaradi.  
 
Qichitqi,  chayono‘t  (krapiva)  deb  atalgan  o‘simliklarning  tuklari  zaxarli  bo‘ladi.  SHu 
bilan  bu  tuklar  o‘simlikni  muhofaza  qiladi.  Ba’zi  bir  o‘simliklarda  tuklar  tikanga  aylanib 
ketgan  bo‘ladi.  Masalan,  yantoq,  chaqir  tikanak  va  boshqalar.  Jiyda  daraxti  bargidagi  tuklar 
yulduzsimon shaklda bo‘ladi. Bu tuklar ko‘p hujayrali, o‘siq bo‘ladi. SHuning uchun ham jiyda 
bargi oqish bo‘lib ko‘rinadi.  Ildiz tuklari orqali oziq moddalarni suvda  erigan xolda shimadi. 
Ildiz  tuklari  tirik  bo‘ladi.  Ular  qisqa  umrli  efemerdir.  10-20  kungacha  yashaydi.  SHuning 
uchun  ham  ularning  soni  nixoyat  darajada  ko‘p  bo‘ladi.  Tuklar  ildizning  shimuvchi  satxini 
kengaytirib turadi.  
  
IKKILAMCHI  QOPLOVCH I  TO‘QIMA - PERIDERMA 
  
 
Birlamchi  qoplovchi  to‘qima  epidermisning  o‘simlik  tanasining  o‘sishi  ta’siri  oqibatida 
bo‘lina  borishi  va  ko‘payishi  xar  xil  o‘simliklarda  xar  xil  kechadi.  Ayrim  o‘simliklarda 
epidermis  bir  necha  oy,  hatto  bir  necha  yilgacha  yashasa,  boshqa  o‘simliklarda  bir  necha 
haftadan bir necha oyga qadar davom etadi. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima fellogen deb atalgan 
tug‘diruvchi  to‘qimadan  hosil  bo‘ladi.  Ba’zi  bir  o‘simliklarda  fellogen  epidermis  tagida 
joylashgan  hujayralardan  tuzilgan  bo‘ladi.  Masalan,  qayin,  dub,  chinor,  zarang  daraxtlari. 
Ba’zan  fellogen  epidermis-ning  o‘zidan  ham  hosil  bo‘ladi.  Masalan,  olma,  tol  va  boshqalar. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə