Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139

55 
 
beradi.  1  gr  karbon  suv  4.2 kkal energiya  bersa, 1 g  yog‘ 9.3 kkal. Energiya  beradi.  YOg‘ 
suvda  erimaydi.  efirda,  benzinda  va  boshqa  erituvchilarda  eriydi.  YOg‘  ishqor  ta’sirida  
sovunga  aylanadi.  YOg‘, glitserin  va  organic  kislotalarga  parchalanadi.  
              YOg‘    tirik    hujayrada    lipaza    deb    ataladigan    ferment    ta’sirida    eriydi.    YOg‘  
alkanin    deb    ataladigan    reaktiv    ta’sirida    qizil    rangga    bo‘yaladi.  Sudan    III    eritmasi 
ta’sirida  ( biroz qizdirilgandan so‘ng )  pushti rangga bo‘yaladi. 
               O‘simlikda  uchraydigan  yog‘lar  2  xil  bo‘ladi: 
               1. Iz   qoldiradigan. 
               2.  Iz  qoldirmaydigan  yog‘ – efir  moylar. 
              Efir  moylar  tarkibida  kislorodning  miqdori  juda  oz  bo‘ladi.  Ba’zida  esa  kislorod  
bo‘lmaydi,    uning    o‘rnida    S    uchraydi.    efir    moylar    limon,    geran,    lavanda,    kashnich,  
arpabodiyon,  yalpiz  va  boshqa  o‘simliklarda  uchrashi  mumkin.  efir  moylar  o‘simliklarga   
xushbo‘y   xidga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  sarimsoq  (chesnok)  efir  moyi.  Sarimsoq  yoqimsiz  
hidga ega  bo‘lsa  ham  foydali  hisoblanadi.   
 
O‘simlik    hujayrasida    chiqindi    modda    sifatida    har    xil    kristallar        uchraydi. 
Kristallar  asosan  C
2
O
4
,  CaCO
3
,    CaSO
4
,    SO

  dan      tashkil          topgan.    Kristallar    faqat  
butguldoshlar    oilasiga    kiradigan    o‘simliklarda    uchramaydi.    Masalan,    karam,  rediska,  
sholg‘om,  turp  va  boshqalar. 
              Boshqa    oilaga    kiradigan    o‘simliklarda    esa    kristallar    uchraydi.    Kristal    tuzilishi  
jihatidan  bir  necha  xil  bo‘ladi. 
              1.  YAkka  kristallar.  Bu  kristallar  kub,  rombik,   prizma  va  boshqa  shakllarda  
uchraydi.  YAkka  kristallarni   piyozning  ustki   po‘stida,  mingdevona  o‘simligida  ko‘rish  
mumkin.    Kristallarning    shakli    yulduzsimon    bo‘lsa    druz      deyiladi.    Druzlarning    lipa  
daraxti    poyasining    po‘stloq    qismida    bangidevona  –  o‘simligi    bargida,  g‘o‘za    bargida  
ko‘rish    mumkin.    Kristallning    shakllari    ninasimon    bo‘lsa      rafid    deyiladi.    Rafidlarni  
marvaridgul  –  o‘simligi    bargida,  kovrak,    ungerniya    o‘simligining    piyoz    po‘stida    ko‘rish  
mumkin.    Ba’zan    kristallar    qumga    o‘xshash    bo‘ladi.  Bularning    esa    krasavka    o‘simligi  
bargida  qumga  to‘la  xalta  hujayrani  ko‘rish  mumkin.     
 
VAKUOLALAR  VA  HUJAYRA  SHIRASI 
Hujayraning  shirasi  vakuolalarida  joylashgan.  “ vakuc” -  bo‘shliq  ma’nosini  bildiradi.  Bir  
necha    yosh    hujayralarda    vakuclar    bo‘lmaydi.    Bo‘linishdan    to‘xtab    o‘sa  boshlagan  
hujayralarda  vakuclar  vujudga  keladi.  Hujayraning  yoshlik  vaqtida  vakuslari  ko‘p  mayda  
bo‘ladi.    Hujayra    qarigach    mayday    vakuslar    bir-biri    bilan    birlashib    katta      vakuslarni  
vujudga    keltiradi.    Bu    katta    vakuslar    hujayraning    markaz    qismiga    joylashib    oladi.  
Hujayradagi    protoplazma    va    yadrolar    esa    hujayraning    chet    qismiga    chiqib    oladi. 
Vakuolada    suvda    erigan    moddalar    to‘planadi.    Bo‘linib    o‘sa    boshlagan    hujayralarda  
vakuola   yumaloq  va  cho‘ziq   shaklda  uchraydi.  Bu  vaqtda  vakuolalar  tarkibida  erigan  
moddalari    bo‘lgan    suv    va    gel    holatda    kolloid    bilan    to‘lgan    bo‘ladi.  Keyinchalik  
vakuolalar  yiriklashib  shira  bilan  to‘ladi  va  hujayra  markazini  egallab  hujayraning  70-
90%  qismini  tashkil  etadi. Vakuoladagi  shira  protoplast  ishlab  chiqargan  moddalar,  ya’ni  
tonoplast  (vakuola    membranasi)  tanlab    o‘tkazgan    suyuqlikdir.  Vakuoladagi    suyuqlik   
hujayra    shirasi    deyilib,  2-5  pH  ga    teng    bo‘ladi,    u  turli    organic    va    anorganik  
moddalarning  turli  miqdordagi  eritmasidir.  Vakuolani  ximiyaviy  tarkibi  protoplazmaning  
ximiyaviy  tarkibidan  farq  qiladi.  
              Vakuolalarda  uchraydigan  oziq  moddalar  azotli  yoki  azotsiz  bo‘ladi.  Azotli  
moddalardan  tuzilgan  albumin,  sho‘r  suvda  eriydigan  globulin  oqsillari  ham  olinadi. 
              Hujayra    shirasida    karbon    suvlaridan      glyukoza,    fruktoza,    saxaroza,    inulin  
uchraydi.  Inulin  polisaxaridlarga  kiradi ( C
6
H
10
O
5
 )
n.
.               Inulin  qoqio‘t  o‘simligining  


56 
 
ildizida  uchraydi.  Inulin  suvda  eriydi.  saxaroza, glyukozaga  nisbatan  1.5 marta,  fruktoza  
glyukozaga  nisbatan  2.5  marta  shirinroq.  Glyukoza  lavlagida  26 %,  shakarqamishda  20%. 
               Ba’zi  bir  o‘simliklarning  hujayra  shirasida   organik  kislotalar  uchraydi.  Masalan, 
otquloq  o‘simligida  shavel  kislota,  olmada  olma  kislotasi,  limonda  limon  kislotasi, tamaki  
bargida    nikotin    kislotasi    bor.    Antonovka    olmada  –  0.5%,    uzumda  0.3%,    limonda  9%,  
moxorkada  8-10%  nikotin  kislotasi  bor.  Ba’zi  o‘simliklarda  organik   kislotalar  juda  kam  
bo‘ladi    yoki    bo‘lmaydi.    Ularning    reaksiyasi    neytral    yoki    ishqoriy    bo‘ladi.    Masalan,  
bodring,  qovoqda. 
             Ba’zi    o‘simliklarning    hujayra    shirasida    oshlovchi    modda    uchraydi.    Oshlovchi  
moddalar    meditsinada    oshqozon  –  ichak    kasalliklarida    burishtiruvchi    modda    sifatida  
ishlatiladi.   Og‘iz  va  tomoq  shilliq  qavatlar  yallig‘langanda, milkdan  oqqanda,  og‘iz  va  
tamoqni  chayish  uchun  ham  ishlatiladi.  Oshlovchi  moddalar  dub  daraxti  po‘stlog‘da  10-
20% , tol  po‘stlog‘ida   9- 13%,  choyda 15-20%,  evkalipt   galasida  30-40% gacha oshlovchi  
moddalar  uchraydi.  
             Oshlovchi  moddalar  FeCl
3
   eritmasi  ta’sirida  to‘q  ko‘k  rangda  qora  ranggacha  
bo‘yaladi,  ba’zi  bir  o‘simliklarning  hujayra  shirasida  zaharli  moddalar  uchraydi.  Zaharli  
moddalar  2 ga  bo‘linadi: 
1.
 
Alkaloidlar. 
2.
 
Glikozidlar. 
            Bu  har  ikkala  moddalar  murakkab  tuzilgan  organik  moddalar  bo‘lib  alkoloidlar  
tarkibida  azot  bo‘ladi, glikozidlar  tarkibida  esa  azot  bo‘lmaydi.  Ko‘knori  o‘simligining  
mevasidan    (pichoq    bilan    tilgandan    so‘ng)  oqib  chiqqan    shirani    opiy    deb    yuritiladi.  
Opiyning  tarkibida  26  xil  alkoloidlar  bor.  Asosiy  alkoloidlari  morfin,  kodein, papaverin, 
geroin  va  boshqalar.  Mingdevona  o‘simligi  tarkibida  giossiamin, atropine  va  skopolamin,  
bangidevona    o‘simligida    ham    mingdevonada    uchraydigan    alkoloidlar    uchraydi.    Xin  
daraxti  po‘stlog‘ida  xinin, sinxonin, sinxonidin  deb  ataladigan  alkoloidlar  uchraydi.  Xin  
daraxti    tropik      mamlakatlarda    o‘sadi    tamaki    o‘simligida    nikotin    alkoloidi    uchraydi.  
CHoy, kofein, teofellin, teobromin  alkoloidlari  uchraydi. 
              Glikozidlar    saqlaydigan    o‘simliklarga    misollar:    angishvonagul    tarkibida  
digitoksin,  gitoksin.    Marvaridgulda    kavallatoksin,    kanvalletoksol,  kanval-lozid,  adonis-
mushuko‘t  simarin, adonitoksin  deb  atalgan  yurak  glikozidlari  uchraydi.   
               Ra’noguldoshlar,    g‘alladoshlar    oilasiga    kiradigan    o‘simliklarda    alkoloidlar  
bo‘lmaydi. 
Hujayra  vakulosida  o‘simliklaarga  har  xil  rang  beruvchi  pigmentlar  bor.  Bular  asosan  
ikki  gruppaga  bo‘linadi.  
1.
 
Antotsian 
2.
 
Antoxlor. 
            Antotsian  o‘simliklarning  hujayra  shirasini  ranggiga  qarab  nordonlik  
berib  turadi.  Hujayra  shirasi  nordon  bo‘lsa,  o‘simliklarga  qizil  rang  berib  turadi.  Ishqor  
reaksiyasida    ko‘k    rang    beradi,    neytral    reaksiyada    binafsha    rang    beradi.    Antotsian  
o‘simliklarni  sovuqdan,  quyoshning  issiq  nuridan  saqlab  turadi. 
            Antoxlor      o‘simliklarga    faqat    sariq    rang    berib    turadi.    Masalan,    kartoshkagul,  
tirnoqgul.  O‘simlik  hujayrasining  vakuolasida  vitaminlar  bo‘ladi.  Organizmda  vitaminlar  
etishmasligi  sababli  A vita-minoz  kasalligi  kelib  chiqadi.  Vitamin  A etishmasa  (shapko‘r),  
vitamin  C    etishmasa    singa,  vitamin    D    etishmasa    raxit    kasalliklari    kelib    chiqadi.  
Vitaminlardan    vakuolalarda    faqat    B,  C,  D    lar    uchraydi.    CHunki    bu    vitaminlar    suvda  
eriydi.  qolgan  vitaminlar  suvda  erimaydi.  Suvda  erimaydigan  vitaminlar  esa  hujayraning  
protoplazmasida  uchraydi.   Vitaminlar  asosan  sabzavot   o‘simliklarda  va  g‘alladoshlarda  
uchraydi.  Achchiq  danakli  bodomning  hujayra  vakuolasida  amigdalin  glikozidi  bor. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə