Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139

47 
 
XIX-   asr  1834  yilda  rus  olimi  Peterburg  meditsina  akademiyasining  professori  
Goryaninov  tirik    organizm,  albatta    hujayralardan    tashkil    topgan    deydi.    Organik    dunyo  
neorganik  dunyodan  hujayraviy  tuzilishi  bilan  farq  qilishligini  isbotlaydi.  
 
1838    yilda    nemis    olimlari    Shleyden  (botanik)  va  Shvan  (zoolog)    hujayra  
nazariyasini    ilmiy    asosda    tuzib    chiqadi.    Bu    nazariyaga    binoan    har    bir    o‘simlik    va  
hayvon  organlari  hujayradan  tuzilgan.  
1
 
Hujayralar    bo‘linib    ko‘payib    turadi.    Tiriklikka    xos    bo‘lgan    protsesslarning    hammasi  
hujayrada  bo‘lib  turadi. (nafas  olish, oziqlanish,  ko‘payish  va  boshqalar). 
 
Fridrix engels      XIX  - asrda  tabiat  fanidan  3 ta  katta  kashfiyotlar  bo‘lganligini  
ko‘rsatadi. 
1.
 
Hujayra  nazariyasi. 
2.
 
Darvinning  evolyutsion  ta’limoti. 
3.
 
Materiyaning   yo‘qolmasligi. Energiya  saqlash  qonuni. 
Hujayraning    katta    kichikligi    turlicha    bo‘ladi.  Hujayralar      odatda    mayda    bo‘ladi.  O‘rta  
hisobda  gullaydigan  o‘simliklar  hujayralarining  katta  kichikligi  10-60 mk  gacha  bo‘ladi.  
Lekin er  yuzida  undan  ham  mayda  hujayralar  bor. 
 
1965  yilda    gollandiya    olimi    Leven    Guk    tabiatda    ko‘zga    ko‘rinmaydigan  
o‘simliklarni    topgan.    Bu    o‘simliklarni    bakterion    deb    ataydi.    Bakteriya    tayoqcha  
ma’nosini  bildiradi.  U  o‘zining  “ Tabiat sirlari”  asarida  shu  bakteriyalarni  tasvirlaydi. 
 
Bakteriyalarning  kattaligi  o‘rtacha  hisobda  0.5-1.0 mk gacha  bo‘ladi.  1898  yilda  
rus  olimi  Ivanivskiy  bakteriyalardan  ham  mayda  organizmlarni  topgan.  Bu  organizmlarni   
virus  deb  ataydi.  Viruslarning  kattaligi  o‘rta  hisobda  0.015-0.07 mk gacha  bo‘ladi. Lekin  
o‘simliklar  dunyosida  yirik  hujayralar  ham  uchraydi.  Bunday   hujayralarni  oddiy  ko‘z  
bilan  ko‘rish  mumkin.  Masalan: pomidor, tarvuz, limon, apelsin, olma  mevalari hujayrasida.  
Paxta  tolasining  hujayrasi   6-6.5 sm,   suv   o‘tlaridan   xaraning  hujayrasi   15 sm  ga   etadi. 
O‘rta  dengiz  suvlarida  o‘sadigan  kaularpa  suv  o‘tining  hujayrasining  kattaligi  1  metrga  
etadi. (10-100 sm). 
 
Hujayra    shakllari    ham    turlicha    bo‘ladi.  Tekshirish    natijasida    hujayra    76    xil  
shakldan  iborat  ekanligi  aniqlangan. Ularning  hammasi  2 ta gruppaga  bo‘linadi. 
1.
 
Parenxima  hujayra. 
2.
 
Prozenxima  hujayra.        
  
Parenxima   hujayraning  bo‘yi   bilan eni  bir-biriga  tengroq   yoki  bo‘yi  enidan  4 
martadan    8  martagacha    kattaroq    bo‘ladi.    Prozenxim    hujayraning    bo‘yi    enidan    10  
martadan    1000  martagacha    katta    bo‘ladi.    Hujayraning    eng    asosiy    va  ahamiyatli    tirik  
qismini  protplast  deb ataladi.  Protoplast  quyidagi  qismlardan  tashkil  topgan: 
1.
 
YAdro. 
2.
 
Protoplazma (sitoplazma)  
3.
 
Plastidalar 
4.
 
Xondriosoma.             
Bulardan    tashqari    hujayra    po‘sti,    hujayra    shirasi  va    oziqli    hamda    chiqindi  
moddalar  bor.  Bularning  hammasini  protoplast  ishlab  chiqaradi.     
                    
1.6 Protoplazma (sitoplazma). Hujayradagi  fermentlar, Vitaminlar. 
Protoplazma    yarim    suyuqlik,    rangsiz,  shilimshiq    modda    bo‘lib    asosan    oqsildan  
tashkil  topgan. 
 
Oqsil  juda  murakkab  tuzilgan  organik  modda  bo‘lib  C, H, O dan  tuzilgan. Ba’zi bir 
oqsillarning  tarkibida  Fe, P ham  uchraydi. 
                                                             
1.
 
1
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
 


48 
 
 
Oqsil  molekulasi  juda  ham  murakkab  tuzilgan. Bug‘doyning  oqsilida  C-685, H-
1068,  O-196, jo‘xorining  oqsilida  C-736, H- 116, O-208. 
 
Protoplazma  quruq  qismining  70% ni  suv  tashkil  etadi.  F. Engels  hayot  oqsilga  
bog‘liq  ekanligini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Oqsildan  tashqari  protoplazmada  yog‘, karbon  suvlari, 
mineral  moddalar  va  suv  bo‘ladi. Barg, poya  va  ildizda  suvning  miqdori  50-80%, urug‘ 
va  quruq  mevalarda  esa  suvning  miqdori  10-15 % bo‘ladi. 
 
Rus    olimi    Lepeshkinning    ko‘rsatishicha    shilimshiq    zamburug‘larning    tarkibida  
82.6 % suv, 17.4 % quruq  moddalar  bor.  SHu  quruq  moddalardan  40.7%  suvda  eriydigan,  
59.3% suvda  erimaydigan. 
 
Sitoplazmada    reaksiya    ko‘proq    ishqoriy    bo‘lib    qizil    lakmusni    ko‘kka  bo‘yaydi. 
Protoplazma  3  qavatdan  tashkil  topgan.  
1.
 
Eng  tashqi  qobig‘ qavati – ektoplazma 
2.
 
O‘rta  suyuq  qavati – mezoplazma. 
3.
 
Ichki  qavat, ya’ni  harakatsiz qavati – endoplazma.     
Ichki    va  tashqi    qavati    (ektoplazma    va    endoplazma)    pardasimon      bo‘lib    yarim  
o‘tkazuvchanlik    vazifasini    bajaradi.  Masalan:  suvni    yaxshi    o‘tkazadi,  bo‘yoqlarni  
o‘tkazmaydi. 
 
Protoplazmaning  o‘rta  qavatidagi  mezoplazmada  2 xil jism  uchraydi. 
1.Xondriosoma 
2.Mikrosoma. Bu  mikrosoma  juda  kichkina  donacha  ma’nosini  bildiradi. 
 
Xondriosomalar  yumaloq    shaklda    bo‘ladi.    Mikrosomalar    esa  nuqtaga  o‘xshaydi.  
Xondriosomalardan kelajakda  plastidalar  vujudga  keladi.  Mikrosomalardan  esa  oziqli  va  
chiqindi  moddalar  hosil  bo‘ladi.  Protoplazma  hujayra  ichida  doimo  harakatlanib  turadi.  
Bir    minutda    0.3  mm  dan    10  mm  gacha    bo‘lgan    masofani    bosadi.  Bir    soatda  7  sm 
masofani  bosadi. 
 
Protoplazmaning  harakatlanishi  2 xil tipda  bo‘ladi. 
1.
 
Aylana  harakat – vrashatelnoe  dvijenie 
2.
 
Sochilib  harakatlanish - stuychatoe     dvijenie. 
Aylana  harakatda  protoplazma  hujayraning  aylanasi  bo‘yicha harakatlanadi. 
          Sochilib    harakatlanishda    esa    yadrodan    hujayra    po‘stiga,  hujayra    po‘stidan 
yadrochaga    qarab    harakatlanadi.    Protoplazmaning    harakatlanishi    modda    almashinuvini  
tezlashtiradi.  
 
Hujayra  protoplazmasida  turli  reaksiyalar  bo‘lib  turadi. Buning  natijasida  ko‘plab  
organik  moddalar  tuziladi  va  parchalanib  turadi.  Bu  protsesslarning  hammasi  fermentlar    
ta’sirida  bo‘ladi. 
 
Hujayraning    butun    hayot    faoliyatida    ishtirok    etadigan    sitoplazmada    uchraydigan  
organoidlarning  qisqacha  ta’rifiga  to‘xtalib  o‘tamiz.  Bu  organoidlar  electron  mikroskoplar  
kashf  qilingandan  keyingina  o‘rganila  boshlandi.  
 
Mitoxondriyalar -  ( yunon. “mitos” – ip,  “xondrion” – granula)  donacha,  tayoqcha, 
ipcha  shaklida  bo‘lub,  bakteriyalar  va  ko‘k  yashil  suvo‘tlardan  tashqari  barcha  o‘simlik  
hamda    hayvon    hujayralarida    uchraydi.  Mitoxondriyalar    asosan    ADF  dan    ATF  ni    va  
qisman    DNK    kuzatuvida    oqsillarni    sintez    qiladi.  Mitoxondriyalarda    oqsillar,    lipidlar,  
nafas    olishda    ishtirok    etadigan    fermentlar,  RNK  lar    bilan    A.B.K.E.    kabi    vitaminlar  
uchraydi. 
 
Ribosomalar  –  1955  yilda  G.Palade    tomonidan    aniqlangan.    Ribosomalarda    50% 
oqsil  va    ribonuklein    kislotalar,    mineral    tuzlardan    magniy    va    kalsiy    bo‘ladi.  
Ribosomalarning  asosiy  vazifasi  oqsil  sintezidir.  Ayniqsa,  endoplazmatik  to‘r  atrofidagi  
ribosomalar  oqsil  sintezida  aktiv  qatnashadi.  
 
Golji    kompleksi    -  1898    yilda    italiyalik    olim    Golji    tomonidankashf    qilingan  
bo‘lib,  uni    diktiosoma    deb    ataladi.  Diktiosoma    tarkibida  oqsillar,  lipidlar,    polisaxaridlar,  
fermentlar  bo‘lib,  ular  hujayradagi  suv  balansini  tartibga  solishda, chiqindi  va  zaharli  
moddalarni  to‘plashda  hamda  hujayra  vakuolasi  hosil  qilishda  ishtirok  etadi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə