Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139

49 
 
 
Endoplazmatik  to‘r – nozik  kanalchalardan  tuzilgan  murakkab  sistema  bo‘lib, ikki  
xil    shaklga    ega.    Tashqi    membranasi    donador  (ribosoma    bo‘lsa)    yoki    silliq  (  ribosoma  
bo‘lmasa)  endoplazmatik  to‘r bo‘ladi.         
  
 Fermentlar  katalizatorlik  vazifasini  bajarib  turadi.  Fermentlar  4 ta gruppaga  
bo‘linadi. 
 
1.  Achituvchi fermentlar – oksidaza.             
2. Proteaza. Bu ferment  ta’sirida  oqsil moddalar  aminokislotalargacha parchalanadi. 
Bu  ferment  ta’sirida  oqsil  moddalar  tiklanadi. 
3.Esteraza. .Bu ferment ta’sirida moylar  spirt  bilan  kislotaga parchalanadi. SHu  
gruppaga  kiruvchi  lipaza fermenti   ta’sirida  yog‘  glitserin  va kislotasigacha  
parchalanadi. 
4. Karbogidraza. Bu  ferment  ta’sirida  har  xil  karbon  suvlar  parchalanadi.  Bu  
gruppaga  kiruvchi  diastaza  fermenti  ta’sirida  shakar kraxmalga  aylanadi. 
Fermentlar    faoliyati  temperatura  ko‘tarilganda  ya’ni 40-50 ºC da  ko‘payadi. 50º C 
dan  yuqorida  susayadi. 100º C  da  esa fermentlar  ishdan  chiqadi. 
Vitaminlar  yunoncha  Vita  so‘zidan  olingan  bo‘lib, hayot  degan ma’noni   bildiradi
 
.  Ularni    1880    yilda    rus    olimi    N.Lunin    hamda    1912  yilda    esa    K.Funk  kashf  
etganlar.    Tarkibida    turli-tuman    organik    moddalar    saqlovchi    vitaminlar    fermentlar  
komponentlari    bo‘lib    hujayrada    katalizator    rolini    o‘ynaydi.    Organizmda    vitaminlar   
etishmasa    modda    almashinish    jarayoni    buziladi.  Agar    ular    mutlaqo    bo‘lmasa  
organizmning  hayotiy  funksiyalari  buziladi. Hozirgacha  40 ga  yaqin  vitaminlar aniqlangan,  
ularning    hammasi    toza    holda    sanoatda    ishlab    chiqilmoqda    va    oziq-  ovqat    ratsionida  
ishlatilmoqda.  Vitaminlarning  nomlari   yunon  alfavitining  bosh  harflari  bilan  belgilanadi.  
SHu  sababli  ularni  A, B, C, D vitaminlari  deb  aytiladi. Vitaminlar  o‘simliklarning  ma’lum  
bir  qismlarida  joylashadi. 
 
Masalan, B (B1, B2)  gruppa  vitaminlar  ko‘pincha  urug‘  murtagi  va  po‘stida  yoki  
javdar,  bug‘doy    kabi    o‘simliklarning    yosh    maysalarida    bo‘ladi.    C    vitamin    na’matak,  
limon,    qora    smorodina    mevalarida    hamda    piyoz    boshlarida  ,    e  vitamini    o‘simlik  
yog‘larida, bug‘doy,  makkajo‘xori  maysalarida,  sitrus  o‘simliklari  va  pomidor  mevasida, 
K  vitamini  chayon  o‘ti  bargida,  sabzi  ildizmevasida  ko‘p  bo‘ladi. 
 
Vitaminlar  fermentlarning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  o‘simlik  organizmida  faqat  modda  
almashish  jarayonida  qatnashadi.   Vitaminlar  tabiatdagi  barcha  o‘simliklarda  oz  miqdorda  
bo‘lib,    hujayraning    hayotiy    jarayonlarida    faol    ishtirok    etadi.    Vitaminlar    etishmasa  
o‘simlikning  rivojlanishi  yaxshi  bormaydi.       
1.7
 
O‘simlik  hujayrasining  tuzilishi. Yаdro. 
Yadro  –  “nucleus”    grekcha    “karion”.    Yadro    protoplazmaga    o‘xshash    hujayraning    eng  
asosiy    qismlaridan    biri    bo‘lib    hisoblanadi.    Protoplazma      yadrosiz,  yadro    esa  
protoplazmasiz    yashay    olmaydi.    Rus  olimi    Gerasimovning      ko‘rsatishicha      hujayradagi  
hamma  protsesslarda  yadro  ishtirok  etadi.  Yadrosiz  hujayra   bo‘lishi  mumkin  emasligini  
ko‘rsatadi.  1890  yilda  Gerasimov  spirogira  suv  o‘ti  hujayrasidan  yadroni  ajratib  oladi.  
Yadrosi  bor  hujayra  normal  yashagan.  Yadrosi  olib  tashlangan  hujayra  esa  42  kundan  
so‘ng  o‘lgan.  Yadroni  birinchi  marta   1831 yilda  ingliz  olimi  botanik   Robert  Broun  
orxideya  deb  atalgan  o‘simlik  hujayrasida  ko‘radi.  
           Yadroning    shakli    yumaloq    yoki    elipssimon,  ba’zan    cho‘ziq    va    yulduzsimon  
yadrolar  ham  uchraydi.  
YAdroning    katta    kichikligi    o‘rtacha    hisobda    4-36  mk  gacha    bo‘ladi.    Bundan    ham  
kichkina      va    katta    yadrolar    uchraydi.  Masalan,  mog‘or    zamburug‘ining    yadrosi    1  mk, 
Sagovnik  deb  atalgan  o‘simlikning yadrosi  500-600 mk  gacha  bo‘ladi. Odatda  o‘simlik  
hujayrasida  1 tadan  yadro  bo‘ladi. 
           Ba’zi   bir  hujayralar  2 ta   yoki  undan  ko‘p   yadroli  bo‘ladi.  Masalan,   yashil suv 
o‘tlarida  va  tuban  zamburug‘larida   yuztagacha  yadro  uchraydi.  Dengizda  yashaydigan  


50 
 
ba’zi  bir  qizil  suv  o‘tlari  hujayrasida  4000 tagacha  yadro  uchraydi.  Ko‘knorining  sutli  
nayida  1000 tagacha  yadro  bor.  
          Ba’zi  bir  o‘simliklarning  hujayrasida   yadro  bo‘lmaydi.  Masalan,  ko‘k  yashil  suv 
o‘tlari  va  bakteriyalarda.  Rus  olimi  Peshkovning  ko‘rsatishicha   bunday  o‘simliklarda  
yadro  elementlari  protoplazmada  tarqoq  holda  uchraydi. 
Odatda    yadro    hujayraning      turli    joylarida    uchraydi.    Yosh  hujayralarda    yadro    
hujayraning    1/3    qismini    tashkil    etadi.    Bunda  yadro    hujayraning    markazida  
joylashgan.  Qari  hujayralarda  esa  yadro  hujayraning  chetida  joylashgan  bo‘ladi. 
          Yadro    rangsiz,  tiniq  protoplazmaga    nisbatan    qattiq    kolloid    modda.    YAdro  
protoplazmadan  o‘zining  yupqa  oq  pardasi  bilan  ajralib  turadi.  YAdroda  ikki  xil,  ya’ni  
tashqi    va  ichki      po‘sti    bor.    Tashqi    po‘stining    teshikchasi    bor.    YAdro    ichida    yadro  
suyuqligi  joylashgan. YAdro  suyuqligi  kariolimfa  deb  ataladi.  Kariolimfa  2 xil  bo‘ladi. 
 
1. Xromatin (bo‘yaladigan) 
 
2. Axromatin (bo‘yalmaydigan). 
 
Yadro  sitoplazmaga  o‘xshash  oqsil  moddadan  tashkil  topgan.   Yadro  oqsilida  C, 
H, O  lardan  tashqari  Fe, P ham  bor. SHuning  uchun  ham  yadro  oqsilini  nukleoproteid  
deb    yuritiladi.  Bu    oqsil    oshqozonda    hazm    bo‘lmasligi    bilan    boshqa    oqsillardan    farq  
qiladi.  Xromatin    nukleoproteiddan    tuzilgan.    Yadro    tarkibida    timonuklein    kislota    bor.  
Nukleoproteidlarning  reaksiyasi  kislotali  bo‘ladi,  ya’ni  ko‘k  lakmusni  qizartiradi. 
2
 
 
Yadro    tarkibida    yadrochalar    bor.    Yadrolarning    tarkibi    va  vazifasi    to‘liq  
o‘rganilmagan.  Yadro  harakatlanib  turadi.  Birinchi  harakati  protoplazma  bilan  birgalikda.  
Bu  harakatni  sekin  harakatlanish  deyiladi. Ikkinchi  harakati  protoplazmasiz  o‘zi  harakat  
qiladi.  Bunday  harakatni  tez   harakatlanish deyiladi.  Demak,  yadro  hujayrada  bo‘ladigan  
hamma  protsesslarda  ishtirok  etadi.   Yadro  achituvchi  fermentlarni  ishlab  chiqaradi. 
Hujayraning    bo‘linishi    protsesslarida    ishtirok    etadi.      Yadroning    bo‘linishi  – 
hujayraning  bo‘linishidir.   
  
Hujayraning    bo‘linishiga    hujayradagi    jamiki    moddalarning    har    xil    ta’sirotlar  
natijasida  ko‘payishi  va  DNK ning  ikki  marta  oshishi  sabab  bo‘ladi. Tirik  tanalar  uch  xil 
yo‘lda  bo‘linib ko‘payadi: amitoz, mitoz, meyoz.  Xromasomalarda  esa  endomitoz  bo‘linish  
ham  sodir  bo‘ladi. 
 
Hujayraning    oddiy    yo‘l    bilan    bo‘linish  –  amitoz,  tuban    tuzilgan    o‘simliklarning  
hujayralarida  va  qarigan,  kasallikka  duchor  bo‘lgan  hujayralarda  sodir  bo‘ladi.  
 
Qari    yoki    kasallangan    hujayralarda    ba’zan    yadrolar    bo‘linadiyu,  ammo    hujayra  
ikkiga  ajralmay  poliploidli  yoki  patologik  hujayralarni  hosil  qiladi.   
 
Yаdroning  murakkab  bo‘linishi  ikki xil  yo‘l  bilan: 
1)
 
o‘simlikning    vegetativ    organlarida    kariokinez    bo‘linish    yoki    mitoz  
bo‘linish  sodir  bo‘ladi. 
2)
 
generativ  organlarida  jinsiy  hujayralarda  reduksion  bo‘linish  yoki  meyoz  
bo‘linish  sodir  bo‘ladi. 
      
 
 
 
 
 
 
 
1.8  Plastidalar klassifikatsiyasi, ahamiyati. 
 
Plastidalar  protoplazmaning  mezoplazmasidagi    xondriosomadan    hosil    bo‘ladi. 
Plastidalar    ham    protoplazma    va  yadroga    o‘xshash    oqsil    moddadan    tuzilgan.  Lekin  
plastidalar  o‘zining  rang  beruvchi  pigmentlari  bilan  yadro  va  protoplazmadan  farq  qiladi.  
Plastidalar    ham    protoplazma    va    yadroga    o‘xshash    oqsil    moddadan    tuzilgan. 
3
  Lekin  
plastidalar    o‘zining    rang      beruvchi    pigmentlari    bilan    yadro    va    ptotoplazmadan    farq  
qiladi.  Plastidalar  oqsilida   C, O, H  lardan  tashqari  Fe  uchraydi.  Plastidalar   oddiy  yo‘l 
                                                             
1.
 
2
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə