53
8.
Васильев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “Высшая
школа”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Березовская T.П., Дмитрук С.E., Гришина Е.И., Белоусов M.В. Основы
фармацевтической ботаники. – Toмск: Печатная мануфактура, 2004.-294 с.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
Ma’ruza – 2
Hujayradagi oziqli moddalar. Kristallar
. O‘simlik to‘qimalari. Hosil
qiluvchi va qoplovchi
to‘qimalar
Reja:
1.
Hujayradagi oziqli moddalar, ularni aniqlash reaksiyalari.
2.
Vakuolalar, hujayra shirasi.
3.
Hujayra shirasidagi zaharli modalar.
4.
Hujayra pigmentlari.
5.
Kristallar, ularning ahamiyati.
6.
Hujayra po‘sti.
7.
To‘qima
tasnifi
8.
To‘qmalarning kelib chiqishi va bajaradigan vazifalariga qarab xillari
9.
Hosil qiluvchi to‘qima.Birlamchi meristema, Ikkilamchi meristema
10.
Hujayraning ko‘payishi, Karokinez bo‘linish,.Reduksion bo‘linish
11.
Qoplovchi to‘qima, Epidermis
12.
Ikkilamchi qoplovchi to‘qima –periderma
13.
Uchlamchi qoplovchi to‘qima (qobiq)
Tayanch iboralar: O‘simlik hujayrasining tuzilishi, undagi plastidlar. Hujayradagi
oziqli moddalar, Ularni aniqlash reaksiyalari. Kristallar va ularni ahamiyati haqida
tushuncha beriladi. O‘simlik to‘qimalari, ularning klassifikatsiyasi.Hosil qiluvchi va
qoplovchi to‘qimalar, hamda ularning vazifalari haqida tushuncha berish.
HUJAYRADA UCHRAYDIGAN MODDALAR
Hujayrada uchraydigan moddalarni hujayraning protoplasti ishlab chiqaradi.
Hujayrada zapas oziq moddalar va qisman chiqindi moddalar uchraydi. Hujayradagi
zapas oziq moddalarga esa kristallar kiradi.
Kraxmal birinchi marotaba assimilyatsiya protsessi natijasida xlorofill donachalari
ichida hosil bo‘ladi. Xlorofill donachalari ichida hosil bo‘lgan kraxmalni
birlamchi
yoki assimilyatsion kraxmal deyiladi. Birlamchi kraxmal xlorofill donachalari ichida
uzoq muddat saqlanmaydi. Kraxmalning bir qismi nafas olishga sarf bo‘ladi, bir qismi
o‘simlikni boshqa organlariga o‘tadi, yana bir qismi shakarga aylanadi. O‘simlik
organlariga tarqaluvchi kraxmalni tranzitor kraxmal deyiladi. Zapas oziq modda sifatida
to‘planadigan kraxmalni zapas kraxmal yoki ikkilamchi kraxmal deb yuritiladi.
Kraxmal zapas oziq modda sifatida o‘simlik urug‘larida va er osti qismlarida
to‘planadi. Masalan, bug‘doyda 54-75%, guruchda 62-86%, dukkakli o‘simliklarda 33-
54
43%, jo‘xorida 57-72%, kartoshka tugunagida 12-24% bo‘ladi. Zapas ya’ni ikkilamchi
kraxmal leykoplastda hosil bo‘ladi.
4
Kraxmal rangsiz tuxumsimon, yumaloq, ko‘p qirralui yoki tayoqcha shaklida
bo‘ladi. Jo‘xori va guruchning kraxmali ko‘p qirrali, kartoshka kraxmali yumaloq, suv
o‘ti o‘simligining kraxmali tayoqchasimon. Kraxmalning o‘rtacha hisobda kattaligi 2-
2.75 mk bo‘ladi. Kraxmal donachasi tuzilishiga qarab 2 xil bo‘ladi:
1.
Ekssentrik
kraxmal
2.
Konsentrik kraxmal.
ekssentrik kraxmalning tuzilishida yadrosi chetga joylashgan, konsentrik
kraxmalning tuzilishida yadrosi chetga joylashgan bo‘ladi. ekssentrik kraxmal misol qilib
kartoshka kraxmalini olish mumkin.
Kraxmal organik birikma bo‘lib, u karbon suvlarning uchinchi gruppasiga, ya’ni
polisaxaridlarga kiradi. Kraxmal tarkibida biroz suv, fosfor kislotasi ham bo‘ladi.
Kraxmal suvda erimaydi. 70-75 li suvda bo‘kib yoriladi. Natijada kkleyster hosil
bo‘ladi. Zavodlarda kraxmalni kuchsiz kislota yordamida eritib ishlatiladi.
O‘simlik hujayrasidagi kraxmal diastaza deb ataladigan ferment ta’sirida shakarga
aylanadi. Kraxmalni shakarga aylanishida bir molekula suv talab etiladi.
(C
6
H
10
O
5
)
n
+ H
2
O -------------- C
6
H
12
O
6
diastaza fermenti
Kraxmal lyugol eritmasida ( KJ + J
2
+ H
2
O ) binafsha rangga bo‘yaladi.
Kraxmal oddiy, yarim murakkab va murakkab bo‘ladi. Oddiy kraxmallar tuzilishida
yadrosi bitta, murakkab kraxmalda esa tuzilish yadrosi ko‘p bo‘ladi. YArim murakkab
kraxmalda bir nechta kraxmal donachalari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi.
YArim murakkab kraxmalni kartoshka tugunagida, murakkab kraxmalni esa silida
ko‘rish mumkin. O‘simlikda zapas oziq modda sifatida oqsil uchraydi. Masalan
kartoshkada 2 %, no‘xatda 22 %, soyada 40 %, jo‘xorida 10%, bug‘doyda 20%, bedada
5%, lavlagida 1%, zamburug‘da 53% gacha uchraydi. Oqsil modda hujayraning
sitoplazmasida, vakuolasida va aleyron donachasi ichida uchraydi. Aleyron donasining
kattaligi 1 mk-55mk ga bo‘ladi. Aleyron donalari o‘zining yupqa pardasi bilan ajralib
turadi, o‘simliklarda, masalan, kanakunjut urug‘ida aleyron donachalarining ichida kristallar
bor.
5
Oqsilni aniqlaydigan reaksiyalar:
1.
Raspaylya reksiyasi
Oqsil + C
12
H
22
O
11
+ H
2
O
4
----------- oqsil pushti rangga bo‘yaladi.
2.
Ksantoprotein reaksiyasi:
Oqsil + HNO
3
+ H
2
---------
oqsil qizil rangga bo‘yaladi.
3.
Oqsil + lyugol eritmasi ta’sirida
tilla sariq rangga bo‘yaladi.
YOG‘. O‘simlik hujayrasida zapas oziq modda sifatida yog‘ ham uchraydi.
Masalan, no‘xatda 3%, bug‘doyda 1.5%, jo‘xori 7%, zig‘irda 34%, ko‘knorida 40%,
nashada 33%, oshqovoqda 50%, kungaboqarda 53% gacha bo‘ladi.
Yоg‘ ham karbon suvga o‘xshash C, O,H lardan tuzilgan. YOg‘ tarkibida
glitserin va yog‘ kislotalari uchraydi. YOg‘ karbon suvlariga nisbatan energiya ko‘proq
2.
4
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
5
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.