Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139

59 
 
Hosil qiluvchi to‘qimalar 
O‘simliklarning o‘suvchi qismlarida bitta yoki bir nechta initsial hujayralar bo‘ladi. Masalan: 
qirqbo‘g‘im,  qirqquloq  poyasining  uchida  bitta  initsial  hujayra,  gullik  o‘simliklar  ildizining, 
poyasining uchida bir nechta initsial ya’ni boshlang‘ich hujayra bo‘ladi. Initsial hujayralarning 
bo‘linib  ko‘payib  turishi  natijasida  «birlamchi  meristema»  paydo  bo‘ladi.  Birlamchi 
meristemaning  hujayralari  kariokinez  yo‘lida  bo‘linib  ko‘payib  uch  xil  qavat  hujayralarni 
paydo qiladi.  
1.  Tashqi qavati - Dermatogen  
2.   O‘rtacha qavat - Periblema  
3.   Ichki qavat - Pleroma  
Dermatogen  qatlami  hujayralarning  antiklinal,  ya’ni  o‘sish  konusi  yuzasiga  nisbatan        
perpendikulyar bo‘linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi to‘qimasi kelib 
chiqadi. 
     Periblema  qavati  bir  necha  kator  hujayralardan  iborat  bo‘lib,  uning  hujayralari  periklinal, 
ya’ni o‘sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bo‘linadi va ulardan asosiy to‘qima hosil bo‘ladi. 
Pleroma  hujayralari  turli  yo‘nalishda  bo‘linish  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  ulardan  ildizning 
mexanik  va  o‘tkazuvchi  to‘qimalari  hosil  bo‘ladi.  Poyaning  o‘sish  konusi  biri  ikkinchisini 
yopib turuvchi mayda barglar bilan o‘ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak 
hosil  qilishi.  Poyaning  o‘sish  konusida  odatda  2  turdagi  hujayralar  guruxi  ajratiladi:  tashki 
qavat  (tunika)  va  ichki  (korpus).  Tunika  hujayralari  dermatogen  hujayralariga  o‘xshash    
xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bo‘ladi. Korpus qavati hujayralari turli 
yo‘nalishda  bo‘linishi  sababli  ulardan  poyaning  birlamchi  tuzilishiga  xos  bo‘lgan  barcha 
to‘qimalar kelib chiqadi. 
BIRLAMCHI MERISTEMA 
 
Kelib  chiqishga  ko‘ra  hosil  qiluvchi  to‘qimalar  va  ikkilamchi  to‘qimalarga  bo‘linadi. 
Birlamchi    meristema  urug‘  murtagida,  poya,  ildiz  va  ularning  uchlarida  yon  poyalar  hamda 
kurtaklarda joylashib,  yangi organlar-ning hosil bo‘lishini shuningdek o‘simliklarning bo‘yiga 
o‘sishini  ta’minlaydi.  Birlamchi  meristemadan  paydo  bo‘lgan  to‘qimalarning  hammasi 
birlamchi to‘qima deb ataladi. Bir pallalik o‘simliklarning to‘qimalari birlamchi to‘qima. Ikki 
pallali o‘simliklarda birlamchi va ikkilamchi to‘qimalar bo‘ladi. 
                                                 IKKILAMCHI MERISTEMA 
 
Ikkilamchi meristemaga boylamlar va probka kambiy yoki fellogen kiradi. Boylamlararo 
kambiy  o‘simlik  organlarining  eniga  o‘sishini  ta’minlaydi,  fellogen  esa  ikkilamchi  to‘qima 
peridermani  hosil  qiladi.  O‘sayotgan  meristema  tik  hujayralar  po‘stini  tarkibida  92,5%  suv 
qolgan 7,5% quruq qismining tarkibida pektin gemitsellyuloщgemitsellyuloza, protein  va shu 
kabi  moddalar  uchraydi.  Bu  hujayralarning  yadrosi  ham  katta  bo‘ladi.  YAdro  hajmining 
hujayra  sitoplazmasi  hajmiga  nisbati      3/2  -  4/3  ni  tashkil  etadi.  Meristema  hujayrasida 
ko‘pincha  1  ta  yadrocha  bo‘lib,  uning  tarkibida  proteindan  tashqari  RNK,  fosfolipidlar, 
oltingugurt, kaliy, kalsiy bor.  
1.  Tepa  meristema (verxushechnaya - Apikal-meristema).      
2.  Yon  meristema  (Bokovaya  meristema  -  Lateral  -  meristema)  Bunga  kambiy  va 
fellogen kiradi.  
3.  Oraliq meristema (Vstavochnaya meristema -Interkolyar meristema). 
 
Bular g‘alladoshlarni poyasidagi bo‘g‘im oralig‘i bo‘ladi.  
                                                         
Tepa meristema. (Apikal) 


60 
 
 
Tepa    meristema    vegetativ  navda  va  gul  navda    hosil  qiluvchi  hamda    ildiz  uchi 
meristemalariga    bo‘linadi  va  ular  ildiz  bilan  poyalarning    uchida    joylashadi.Bu  meristema 
hisobiga organlar doimo bo‘yiga  o‘sib turadi. Apikal meristemaning  tuzilishi turli organlarda 
har  xil.  Masalan  endogen    usulda  o‘sadigan  ildiz    apeksi    burglar  va  yon  novdalar    xosil 
qilmaydi.Poya  apeksi  ekzogen  usulda  o‘sib  undan  burglar  va  yon  novdalar  xosil  bo‘ladi. 
Apikal meristemada 3 xil to‘qimalar:  
1) protoderma - qoplovchi to‘qima;  
2) prokambiy - o‘tkazuvchi to‘qima  
3)meristema - asosiy tuqima, hosil qiluvchi gruppa hujayralar mavjud.  
 
Yon meristema. (Lateral meristema). 
  
Yon  meristemalarga  ildiz  va  poyalar  markaziy  slindrining  atrofida  joylashgan    perisikl  
prokambiy  va  kambiylar  kiradi.YOn  meristema  kelib  chiqishi  jihatidan  ikkilamchi  meristema 
bo‘lib,  u  ko‘p  yillik,  ikki  pallali  o‘simliklar  ildizi  va  poyasining  ksilema  hamda  floema 
qismining  o‘rtasida    ular  yuzasiga  parallel  bo‘lib  joylashadi  va  u  kambiy  deyiladi.  YOn 
meristema organlarning eniga o‘sishini ta’minlaydi.  
Oraliq meristema (Interkolyar meristema) 
  
Bu meristema poya bo‘g‘im oralig‘ining bazal qismida, ya’ni ostida hamda bargda hosil 
bo‘ladi.  Interkolyar  o‘sish  keng  tarqalgan  u  qirqbo‘g‘im,  shuningdek,  qo‘ng‘irboshdoshlar 
o‘simliklarda,  seldergullilar  va  shu  kabi  boshqa  ikki  pallali  larning  vakillarida  bo‘ladi. 
Interkolyar o‘sish  hamma poyalarda uchraydi. Ammo har xil  o‘simliklarda  uning intensivligi 
va  o‘sish  muddati  turlichadir.  Masalan,  eryong‘oq    (araxic)  o‘simligida  aktiv  interkolyar 
meristema  hujayralarining  uzluksiz  bo‘linishi  natijasida  rivojlanayotgan    meva  tuproq  ostida 
hosil bo‘ladi.  Qo‘ng‘irboshdoshlar ( bug‘doy, arpa, javdar, makkajo‘xori, sholi ) da interkolyar 
o‘sish  hisobiga    bo‘g‘im  oralig‘I  uzayadi.  Ma’lum  vaqtdan  keyin    bo‘gim  oralig‘ida  o‘sish  
to‘xtaydi,  amma    uning  ba’zi  joylarida    kichik  interkolyar  o‘sish  to‘qimalari  o‘z  faoliyatini 
to‘xtatmaydi.  SHu sababli  yotib  qolgan   poyalar  ana shu   to‘qimalar  hisobiga    yana  qayta 
tiklanadi.
6
 
 
Meristema  avvalo  urug‘ning  embrionida  vujudga  keladi.  Urug‘ning  unib  chiqishida 
meristema ayrim uchastkalarga bo‘linib ketadi. Bular xar bir poyaning, ildizning uchida, xar bir 
bargning asosiy qismida va poyalarini bo‘g‘im oraliqlarida joylashgan bo‘ladi. Meristemaning 
hujayrasi yupqa va silliq parda bilan o‘ralib olgan. Pardasi toza sellyulozadan tuzilgan. Bunda 
suberin,  lignin  yo‘q.  Hujayrasining  ichi  protoplazma  bilan  to‘lgan.  YAdrosi  hujayraning 
markazida joylashgan. Vakuola va plastidlar boshlang‘ich davrlardagina bo‘lgan.  
 
Ikkilamchi meristema - fellogendan ikkilamchi qoplovchi to‘qima paydo bo‘ladi.  
  
Yara meristema 
 
O‘simlikning biror qismi  zararlansa o‘sha erda bu meristema hosil bo‘lishi  mumkin.  YAra 
meristema  parenxima    to‘qimalarning  tirik    hujayralaridan    hosil  bo‘ladi.  Meristema-  bir-biri 
bilan jich  joylashgan  katta yadroli, po‘sti yupqa (pectin va sellyulozali) ,ichi faqat  sitoplazma 
to‘lgan  vakuolasiz,  tirik  hujayralar  yig‘indisidan  tashkil  topgan.  Bu  hujayralar  intensiv  
bo‘linishi    va  differensiyalanish    xususiyatiga  ega.  YA’ni    ulardan  xar  xil  to‘qimalar    hosil 
bo‘lib  turadi.
  
                                                             
4.
 
6
 
Васильев    A.E.    “Морфология,  анатомия    растений”.  –  M.:  Изд-вo    “Высшая 
школа”, 1988. -435 c. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə