Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139

61 
 
HUJAYRANING  KO‘PAYISHI
 
 
 
Hujayra  bo‘linishi  natijasida  bir  va  ko‘p  hujayraki  organizmlarning  miqdori  oshib 
boradi.Hujayra  bo‘linishiga  olib  keladigan  sabablar  turlicha:  1.YAdro  va  sitoplazma  hajmi 
nisbatining buzilishi sitoplazma hajmining haddan tashqari ortishiga olib keladi, bu esa  yadro 
tomonidan  sitoplazmada  bo‘lib  turadigan  hayotiy  jarayonlarni  boshqarishni  mutloqo 
qiyinlashtiradi. 2.Hujayra ichidagi hosilalar shu darajada ko‘payadiki, bu hajmni hujayra po‘sti 
sig‘dirolmay  qoladi.3.Turli  xil  stimulyatorlar  ta’siri  ham  hujayralarning  bo‘linishiga  olib 
keladi.  Ana  shunday  ta’sir  ko‘rsatuvchi  moddalarga  marganets,  kaliy  tuzlari,gormonlar  va 
boshqalar kiradi.Hujayra bo‘linishidan oldin hujayrada kerakli miqdorda oqsil, nuklein kislota 
hamda energetic moddalar to‘planadi.Natijada DNK ikki barobar ko‘payadi. YAdro va hujayra 
asosan uch xil:  
  
 
1.   Oddiy yo‘lda bo‘linish- amitoz 
 
2.   Murakkab bo‘linish- mitoz  
     3. Endomitoz  (ba’zi xollarda) 
 
Amitoz bo‘linish 
 
 
Bu  bo‘linishni  birinchi  bo‘lib  rus  olimi  N.Jelejnov  1840  yilda  aniqlangan.  Amitoz 
bo‘linishining  mohiyati  shundaki,  bunda  hujayra  organellalari  hamda  yadroning  strukturaviy 
o‘zgarishsiz  hujayra  qismi  ikkiga  bo‘linadi.  Bunda  optik  mikroskopda  xromosomalarning 
mitoz bo‘linishda bo‘ladigan o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Ba’zan yadroning yadrocha va yadro 
po‘sti  erimasdan  turib  ikkiga  bo‘linadi.  Axromatin  iplari  hosil  bo‘lmaydi.  Ayrim  vaqtlarda 
amitoz bo‘linishda hujayra emas, faqat  yadro bo‘linadi  va natijada ko‘p  yadroli hujayra  yoki 
poliploidiya hosil bo‘ladi.  
 
SHunday qilib, amitozda yadro moddasi yangi hosil bo‘gan hujayralar orasida ko‘pincha 
tang 
taqsimlanmaydi 
hamda 
biologik 
(genetik) 
bir 
xil 
tenglikdagi 
hujayralar 
shakllanmaydi.SHu  sababli  amitoz  potologik  hodisa  deb  qaraladi,  bu  bo‘linish  ko‘pincha 
qarigan va kasallikka duchor bo‘lgan hujayralaeda kuzatiladi. 
Bakteriyalar hamda ba’zi suv o‘tlari oddiy yo‘lda bo‘linib ko‘payadi. Prof. Karolinskaya 1947 
yil gulli o‘simliklarning ham ba’zi birlari oddiy yo‘lda bo‘linishligini ko‘rsatadi.  
 
Buni piyozni po‘stida va ba’zi bir o‘simliklarning poyasida ko‘rish mumkin. Hujayraning 
murakkab yo‘lda bo‘linishi o‘z galida 2 ga bo‘linadi.  
 
1.   Kariokinez yo‘lda bo‘linish.  
 
2.   Reduksion yo‘lda bo‘linish.  
 
O‘simliklarning vegetativ organlarining (ildiz, poya, barg) hujayralari Kariokinez 
yo‘lda ko‘payadi. O‘simlikning generativ organlari (gul, meva, urug‘) ning hujayralari 
reduksion yo‘lda bo‘linadi.  
  
K A R I O K I N E Z  (MITOZ) 
  
 
Kario  -  yadro,  kinez  -  o‘zgarish.  Hujayraning  kario-kinez  yo‘lda  bo‘linib  ko‘payishini 
1874  yilda  Moskva  universitetining  prof.  Chistyakov    plaun  va  qirqbo‘g‘im  sporalarining 
rivojlanishini o‘rganayotgan paytda o‘simliklardagi bo‘linishini kashf etgan. Keyinchalik 1875 
yilda Bonn universitetining professori Strasburger bu bo‘linishni batafsil o‘rganib  unga mitoz 
(“mito” –ipcha )deb nom  bergan.  Bu termin hozirgi  vaqtda 1878  yilda  Shleyxer taklif qilgan 
“kariokinez “ termini o‘rniga ishlatiladi.  
Yadro bo‘linishidan so‘ng butun hujayrani ro‘y beradi va yangi hujayra po‘sti  vujudga keladi. 
Mitoz  bo‘linishini  mohiyati  shundaki,  bu  bo‘linishdan  so‘ng  hosil  bo‘lgan  yangi  ikki  


62 
 
hujayralarning har qaysisida irsiy  materiallar, ya’ni xromosomalar miqdori bo‘linishga qadar 
bo‘lgan  ona  hujayra  xromomsomalari  miqdoriga  teng  bo‘ladi,  bu  bo‘linishdan  keyin  hosil 
bo‘lgan  ikki  hujayrada  xromosomalar  miqdori  kamaymaydi.Boshqacha  qilib  aytganda 
xromasomalarning xususiyati saqlanadi. 
Hujayraning  bo‘linishidan  navbatdagi  bo‘lgan  davr    interfaza  yoki  interkinez 
deyiladi.Interfazadan  keyin  esa  mitoz  boshlanadi.Interfazada  hujayradagi  xromomsomalarda 
DNK    sintezi  bo‘ladi,  oqsillar  va  energetik    material  to‘planadi.  Bu  davrda  yana  eng  muxim 
vakillardan  biri  xromosomalarning  reduplikatsiyasi  ,  ya’ni  ular    miqdorining  ikki  barobar 
oshishi kuzatiladi.Mitoz  bir soatcha davom etadi,metotik sikl esa 10-20 soat chamasida bo‘lad 
Hujayra kariokinez yo‘lida bo‘linib, o‘z boshidan 4 ta davrni kechiradi:  
 
1.   Profaza  
 
2.   Metofaza  
 
3.   Anafaza  
 
4.   Telofaza  
 
Yadro  profazada  yadroning  xromatin  moddadan  xromosoma  vujudga  keladi. 
Xromosomaning  borligini  1871  yilda  Moskva  universitetining  prof.  CHistyakov  topgan. 
Xromasomaning  soni  har  xil  o‘simlik  hujayrasida  har  xil  bo‘ladi.  Xromosomaning  shakli 
taqasimon  bo‘ladi.  Xromasomaning  bo‘yi  20  mk,  eni  3  mk.  Xromasomaning  soni  va  sifatini 
tashqi  muhit  hamda  odamlar  ta’sirida  o‘zgartirish  mumkin.  Rus  olimlari  xromasoma  sonini 
o‘zgartirish bilan bahorgi bug‘doyni kuzgi bug‘doyga aylantirganlar.  
 
   
(bahorgi) 28 ta xromosoma  
 
   
(kuzgi) 42 ta xromosoma 
 
Metafaza yadroning pardasi va yadrocha erib ketadi.  
 
Xromosomalar  hujayraning  markaziga  to‘planadi.  Bu  fazada  xromosomalar  uzunasiga 
har qaysisi o‘rtasidan 2 ga bo‘linadi. Demak, xromosomalarning soni 2 marta oshdi.  
 
Anafaza xromosomalarning  yarmi hujayraning bir tomoniga, ikkinchi  yarmi 2 tomoniga 
joylashadi. Xromosomalar bir - birlari bilan axromatin iplari yordamida tortilib turadi. Demak, 
bu faza xromosomalar hujayralarning 2 ta qutbiga joylashadi. 
 
Telefazada hujayraning har ikkala tomonidan 1 tadan 2 ta yadro hosil bo‘ladi. SHundan 
so‘ng hujayra o‘rtasidan 2 ga bo‘linadi. Natijada, «bitta ona hujayradan 2 ta qiz hujayrasi hosil  
bo‘ladi».  
 
Ona  hujayraning  xromosomalarining  soni  qiz  hujayralarining  xromosomalar  soni  bilan 
teng bo‘ladi.  
E N D O M I T O Z 
 
Bu bo‘linish hujayraning interfaza holatida , ya’ni uning ichida ro‘y beradi.  Bunda hujayraning 
o‘zi  bo‘linmaydi.  Endomitozda  xromosomalar  reduplikatsiyasi  (xromosomalarning  ikki 
barobar ortishi) kuzatiladi, lekin xromosomalar hujayra qutbiga tomon ajralmaydi. Bu hodisani 
birinchi bo‘lib,1925 yilda K.I.Meer kuzatgan. 
Endomitoz 
bo‘linishda 
xromosomalar 
soni 
ortadi-yu, 
axromatin 
iplari 
hosil 
bo‘lmaydi,yadrocha va  yadro po‘sti  saqlanib qoladi.  Endomitoz hujayralarda bir necha marta 
takrorlansa  unda  hosil  bo‘lgan  yadro  juda  kattalashib,u  ko‘p  miqdorli  xromosomaga  ega 
bo‘ladi.Mazkur  jarayon  poliployidga  olib  keladi.Poliployidlarda  xromosomalar  soni  gaploid 
yadrodagiga nisbatan uch marta ortsa triploid, to‘rt  marta ortsa tetraploid yadro deyiladi.  
Tabiatda  poliploidlarni  hosil  bo‘lishi  juda  katta  ahamiyatga  ega,chunki  ular  xo‘jalikda 
ishltiladigan qimmatbaho maxsulotlarni yaratadi,tanlash va ko‘paytirishda keng ishlatiladi. 
 
R E D U K S I O N 
Hujayraning reduksion yo‘lda bo‘linishi 2 tipdan iborat:  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə