Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139

51 
 
bilan    bo‘linib    ko‘payib    turadi.    Plastidalar      protoplzma    bilan    birgalikda    hamda    o‘zi  
harakatlanib  turadi.  Bir  sekund  0.12 mm  masofani  bosadi.  Plastidalarning  kattalilgi  o‘rta  
hisobda  1-12 mk bo‘ladi. Bitta  hujayra  20  tadan  100  tagacha  uchraydi.  Plastidalar  3  ta  
gruppaga  bo‘linadi. 
 
 1. Leykoplastlar – rangsiz   plastidalar. 
 
 2. Xromaoplastlar – rangli  plastidalar. 
 
 3. Xloroplastlar  -  rangli  plastidalar. 
Xloroplast  –  xloro-  yashil    rang    ma’nosini    bildiradi.    Xloroplast  tarkibida    yashil    rang  
beruvchi    xlorofill    pigmentini    saqlaydi.  Xloroplast  o‘simliklarning    er    ustki      qismida  
uchraydi.  Xloroplastni  birinchi  marta  fransuz  farmatsevti  Plyate  M.C.o‘tgan  asrning  90- 
yillarida  yashil    rang    beruvchi    xlorofill    pigmenti    2  ta    pigmentdan    tashkil    topganligini  
ko‘rsatadi: 
1.
 
Xlorofill  “A”     C
55
H
72
O
54

2.
 
Xlorofill   “ B’’  C
55
H
70
O
64

Xlorofill  “A” to‘q  yashil, xlorofill  “B”  sarg‘ish  yashil  rang  beradi. Xlorofill  
murakkab  efirga  kiradi.  Xlorofill  gulli  o‘simliklarda  yumaloq  doira  shaklida  bo‘lganligi  
uchun  xlorofill  donachalari  deb yuritiladi. Xlorofillning  kattaligi  o‘rta  hisobda  3-10 mk   
gacha    bo‘ladi.    Har    xil    o‘simlikning    hujayrasida    xlorofill    donachalarining    soni    turlida  
bo‘ladi.  Xlorofill  donachalari  hujayrada  20, 40, 60 ba’zan  100 tagacha  bo‘lishi  mumkin. 
 
Xlorofill  faqat  o‘simliklar  uchun  emas  odamlar  va  hayvonlar  uchun   ham  katta  
ahamiyatga    ega.    Chunki    organik    moddalar    birinchi    marotaba      xlorofill    ichida    hosil  
bo‘ladi.    Organik    moddalar      fotosintez    protsessi    ishtirokida    hosil    bo‘ladi.  Fotosintez  
protsessini    assimilyatsiya    protsessi    deb    ham    yuritiladi.    Rus    olimi    K.  A.  Timiryazev  
fotosintez    protsessida  xlorofill  quyosh  nurini  yutishini  ko‘rsatadi.  Uning  ko‘rsatishicha  
xlorofill    quyosh    spektorining    B    bilan    C    oralig‘ida    qizil    va    ko‘k,    binafsha    nurlarini  
ko‘proq  yutadi. 
 
O‘simliklar    quyosh    nurining    75%    ini    yutadi,    shundan    5  %  gachasi    fotosintez   
protsessida  ishtirok    etsa  ,  qolgan    70%  gachasi    o‘simliklarning    suv    bug‘latishiga    sarf  
bo‘ladi.  
 
Fotosintez    protsessida    xlorofill  va    quyosh    nuridan      tashqari    suv    va    karbonat  
angidrid    kerak    bo‘ladi.  Bularning    qo‘shilishi    natijasida    oldin    chumoli    aldegidining    6 
molekulasi    bir-biri    bilanqo‘shilib    bir    molekula    glyukoza    hosil    qiladi.  Bu    protsessning  
qanday  mexanizmda  borishini  olimlar  hozirgacha  aniqlay  olishmayapti.  
 
 
xlorofill 
     6 CO
2
  + 6 H
2
O  + 674 kkal -------- CHOH 
 
 
                                   CHOH 
 
 
              CHOH 
       +  6 O
2
 
                CHOH 
                CHOH 
               CHOH 
                 C
6
H
12
O

 
 
Suv    o‘tlarida    plastidalarni    xromotofor    deb    yuritiladi.    CHunki    bu    o‘simliklarda  
plastidlar  shakl  jihatidan   boshqa  o‘simliklardan  farq  qiladi. Masalan: spiralga,  yulduzga  
va  boshqa  shakllarga  o‘xshash  bo‘ladi. 
Xromoplast.  Xroma – bo‘yoq  rang  ma’nosini  bildiradi.  Xromoplast  o‘simliklarning  
er  osti    va    er    ustki    organlarida    uchraydi.  SHakli    turlicha    bo‘ladi.    Ba’zi    o‘simliklarda  
yumaloq,  boshqalarida  esa  uch  qirrali  yoki  ninasimon  shakllarida  bo‘ladi.  Xromoplastda  


52 
 
zapas    oziq    moddalar    to‘planadi.    Xromplastda    rang    beruvchi    pigmentlar      ya’ni  
karotinoidlar  bor.  O‘simliklarga  sariq, qizil, qo‘ng‘ir  rang  beradi. 
 
Xromoplast    pigmentlaridan    karotin  -    C
40
H
56
    qizil    rang    beradi.    Ksantofill  -  
C
40
H
56
O
2
      sariq   rang  beradi.   Qo‘ng‘ir  rang  beruvchilarning   pigmentini  fukoksantin  -
C
40
H
56
O
6
  deyiladi.  Odam  organizmida    karotinoidlar    oksidlanib    vitamin    A  ni    vujudga  
keltiradi. 
 
Xromoplastlarning    katta    kichikligi    o‘rta    hisobda    4-24  m  bo‘ladi.    Xromoplastlar  
o‘simliklar  dunyosini  er   yuzida  tarqalishida  katta  ahamiyatga  ega. CHunki  xromoplast  
o‘simliklarini  gulida  va  mevasida  uchraydi.  Meva  o‘zining  chiroyli  rangi  bilan  qushlarni,  
hayvonlarni  o‘ziga  jalb  qiladi.  Mevasini  eb  urug‘i  tashlanadi. Urug‘idan  yangi  o‘simlik  
o‘sib  chiqadi. 
 
Leykoplast.    Leykoc  –  oq,    rangsiz  degan    ma’noni    bildiradi.    Leykoplastda    rang  
beruvchi  pigment  bo‘lmaydi. Leykoplast  o‘simliklarning   er ostki  va  er  ustki  organlarida  
uchraydi.  Masalan, o‘simliklar  bargining  epidermasida,  kartoshka  tugunagida,  lavlagining  
ildiz  mevasida  uchrashi  mumkin.  Leykoplastning  shakli  – sharsimon,   tayoqchasimon  va  
boshqa    shakllarda      bo‘ladi.    Katta    kichikligi      ham    turlicha.    Leykoplastda      ikkilamchi  
kraxmal    va    ikkilamchi    shakar    to‘planadi.    Masalan,    kartoshka    tugunagida    ikkilamchi  
kraxmal,  lavlagida  esa  ikkilamchi  shakar  bor.  
 
Plastidlar  tashqi  muhit  ta’sirida  o‘zgarib  bir  turdan  ikkinchi  turga  o‘tib  turadi. 
Masalan,  leykoplast  xloroplastga (kartoshka  tugunagida  er  betiga  chiqib  qolsa   ko‘karib  
qoladi). Xloroplast   xromoplastga  (yashil  bargining  sarg‘ayishi, mevalarning  pishishi). 
 
Qaysi  bir  o‘simlikda  xloroplast  bo‘lsa   bunday   o‘simliklar  autotrof  o‘simliklarga  
kiradi.  Xloroplasti  bo‘lmagan  o‘simliklarni  geteratrof  o‘simliklarga  kiritiladi.           
 
Nazorat savollari 
1. 
Botanika  fani  qanday  bo‘limlardan  iborat? 
2.
Botanika  fanining  rivojlanish  tarixi  qanday? 
3.
  Farmatsevtikada  botanika  fanining  o‘rni  qanday? 
4. Hujayra  qanday  tuzilishga  ega? 
5. Sitoplazmada  qanday  organoidlar  uchraydi? 
6. O‘simlik hujayrasida  qanday  vitaminlar  uchraydi? 
7.  Hujayrada  qanday  fermentlar  uchraydi?    
 8. Yadroning  tuzilishi  va  uning  vazifasi? 
9. Hujayra  qanday  usullarda  bo‘linadi?  
10. Plastidalar  qanday organoidlar  va  ularning  shakllari, hamda  rangiga   qarab  necha  
guruhga  bo‘linadi?   
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –14р. 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə