Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139

71 
 
qadar borishi mumkin. Tropik va subtropil< mamlakatlarda tarqalgan lian o‘simliklarining traxeya 
naylari bii necha o‘n metrni tashkil qilgan holda, eni 0,1—0,7 mm dan oshmaydi. 
Traxeya naylari poya va ildizning uzunligi bo‘ylab ustma-ust joylashgan prokambial hujayralardan 
shakllanadi.  O‘sish  jarayonida  bu  hujayralar  uzayib,  suv  va  unda  erigan  moddalarni  harakatga 
keltiradi. Bu harakat o‘tkazuvchi traxeya naylarining tez o‘sishi, vakuolasi kattalasha borishi, hujayra 
devorining  qalinlasha  borishini  tezlashtiradi.  Qalinlashgan  hujayra  devori  asta-sekin  yog‘ochlanadi. 
SHu paytga kelib o‘tkazuvchi naylarning suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati kuchayadi. Suv va unda erigan 
moddalaming  kuchli  bosimi  to‘siqlarga  ta’sir  qiladi,  natijada  hujayralar  orasidagi  yupqa  po‘st 
teshiklarida  o‘tkazuvchi  naylar  vujudga  keladi.  O‘tkazuvchi  naylardagi  to‘siqlarda  hosil  bo‘lgan 
teshiklar  perforatsiyalar  deyiladi.  Hosil  bo‘lgan  te-shiklar  atrofidagi  yupqa  teshilgan  po‘st 
qoldig‘i  perforatsiyc  belbog‘idir.  Perforatsiyaning  bir  necha  turi  mavjud.  Agai  perforatsiyani 
bir belbog‘ o‘rab turgan bo‘lsa, u oddly perforatsiya deyiladi. Ayrim hollarda belbog‘ bilinmay ham 
qoladi  va  hujayralar  qo‘shilish  chegarasini  faqat  nayning  bir  qadar  taraigan  joyida  aniqlash  mumkin. 
O‘tkazuvchi naylaming vujudga kelishi tez sodir bo‘ladi. Endigina unayotgan kurtaklarda ksilema 
elementlari shakllanib, ularning devori yog‘ochlana boshlaydi.
7
 
O‘tkazuvchi  nay  va  traxeidlarning  hujayra  devorining  yo‘g‘onla-shish  xarakteriga  qarab  halqa, 
spiral, narvonsimon, nuqta va elaksimon shakldagi turlari farq qilinadi. 
 
 
Ksilema elementlari va o‘tkazuvchi nay tiplari. 
/-yog‘och parenximasi; 2-nuqtasimon o4kazuvchi nay; 3-qoziqsimon; 
4-shotisimon; 5-spiral o‘tkazuvchi naylar. 
Halqa  shaklidagi  o‘tkazuvchi  naylar  devorida  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  ikkilamchi 
devorning yo‘g‘onlashishi kuzatikdi. Spiral shaklidagi o‘tkazuvchi naylaming devorida ikkilamchi 
po‘stning  yo‘g‘onlashishi  lenta  shakiida,  bir  tekisda  boradi,  Halqali  va  spiral  o‘tkazuvchi  naylar 
devorida turli xil tirqish joylashadL Spiral va halqasimon o‘tkazuvchi nay elementlari deyarli barcha 
yopiq urag‘li o‘simliklarda dastlab ularning o‘sish nuqtasida shakllanadi. 
O‘tkazuvchi 
nay 
va 
traxeidlarni 
ko‘pincha 
tirik 
parenxima 
to‘qimalari 
o‘rab 
turadi. 
Ular 
yog‘och 
parenximasi 
bo‘lib, 
devori 
juda 
qalin 
yog‘ochlashgan, 
sklereid 
deb 
yuritiladigan 
mexanik 
hujayralarga 
aylangan. 
YOg‘och 
parenximasi 
hujayralari 
traxeya 
va 
traxeidlarni 
o‘rab 
olib, 
ularning 
o‘sish 
qobiliyatini 
kuchaytiradi. 
Ksilemaning 
mahkamlik 
elementlari 
esa 
o‘simlik 
uchun 
tayanch 
vazifasini bajaradi. 
Traxeidlar 2 xil vazifani bajaradi. 
1.  Suv  va  suvda  erigan  mineral  moddalarni  pastdan  yuqoriga  o‘tkazish.  2.  O‘simlik 
organlariga qattiqlik berib turadi. 
Suv naylari. Suv naylari ham traxeidlarga o‘xshash erdan ildiz tuklari shimib olgan suv 
va  suvda  erigan  moddalarni  pastdan  yuqoriga  o‘tkazib  turadi.  Bundan  tashqari  o‘simlik 
tanasiga  qattiqlik  beradi.Chunki  suv  naylarining  po‘sti  lignin  moddasi  bilan  sug‘orilib 
                                                             
1.
 
7
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –16р. 
 


72 
 
yog‘ochlangan.  Shuning  uchun    suv  naylari  o‘lik  bo‘ladi.  Suv  naylari  bir  necha  xil  shaklda 
uchraydi. Xalqasimon, buramasimon, narvonsimon, to‘rsimon nuqtasimon. 
Traxeidlar  bilan  suv  naylarining  taraqqiy  etish  tarixini    rus  olimi  YAtsenko,Xmelnitskiy 
va Rotgertlar tekshirib chiqqanlar. Bu olimlarning ko‘rsatishicha avval traxeidlar, so‘ngra suv 
naylari paydo bo‘ladi. 
Biz  o‘simliklarning  taraqqiy  etish  tarixidan  bilamizki    avval  ochiq  urug‘li  o‘simliklar, 
so‘ngra  yopiq  urug‘li  o‘simlik  kelib  chiqqan.  Ochiq    urug‘li  o‘simliklarga  archa,  qarag‘ay 
kiradi. Mana shu archa va qarag‘aylarda traxeidlar bor, naylari esa bularda uchramaydi. Yopiq 
urug‘li o‘simliklar olma, o‘rik, yong‘oq va hakazolarda suv naylari xamda traxeid bor. Demak 
ochiq  urug‘li  o‘simliklarda  faqat  traxeidlar,  yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  esa  traxeidlar  xamda 
suv  naylari  uchraydi.  Suv  naylari  ham  bir  vaqtning  o‘zida  paydo  bo‘lgan  emas.  Avvalo 
xalqasimon, buramasimon, narvonsimon   naylari, keyinroq esa to‘rsimon  va nuqtasimon suv 
naylari vujudga kelgan. Shuning uchun ham suv naylari 2 ga bo‘linadi. 
1.
 
Birlamchi suv naylari. 
2.
 
Ikkilamchi suv naylari. 
Birlamchi 
suv 
naylariga 
xalqasimon, 
narvonsimon, 
buramasimon    suv    naylari    kiradi.    Ikkilamchi esa nuqtasimon va to‘rsimon suv naylari 
kiradi.  Ikkilamchi  suv  naylari  kambiydan  xosil  buladi.  SHuning  uchun  ham  bir  pallali 
o‘simliklarda hamda bargda nuqtasimon suv naylari uchramaydi. 
Suv naylarining po‘stida oddiy va xoshiyali teshikchalar bor.  Ana shu teshikchalar orqali 
bopcha  xujayralarga  suv  va  suvda  erigan  mineral  moddalar  o‘tib  turadi.  Suv  naylaring 
uzunligi  asosan  10sm-1m  gacha  bo‘ladi.  Ba’zan  5  metrgacha  xatto  9  m  gacha  ham  bo‘ladi. 
Masalan  akatsiya  daraxtida  1m
g
  dub  daraxtida  2m,liann    o‘simliklarida  9  m  gacha  bo‘ladi. 
Qishda suv naylari tola bilan berkilib qoladi. SHuning uchun ham qishda yuqoriga ko‘tarilish 
oqim to‘xtatiladi. Baxorda tolalar erib ketib   suv 
 naylarining yo‘llari ochiladi. 
Ksilemaning parenximasi. Ksilemaning parenximasi  tirik xujayradan iborat, bo‘lib odatda 
unga oziq  moddalar to‘planadi. 
Ksilemaning  tolasi-  libriform.  Libriform  mexanik  to‘qimaga  kiradi.  Libriformning 
xujayra po‘sti qalin yog‘ochlangan, qattiq bo‘ladi. 
Asosiy vazifasi o‘simlikka qattiqlik berib turish. 
Floema elementlari. Floema quyidagi elementlardan tashkil topgan: 
1.
 
Elaksimon nay. 
2.
 
Yo‘ldosh xujayra. 
3.
 
Floemaning parenximasi 
4.
 
Floemaning tolasi stereid 
Floema. Floemaning barcha gistologik elementlari orqali fotosintez jarayoni tufayli o‘simlikda 
hosil  bo‘lgan  murakkab  organik  moddalar  (aminokislotalar,  karbonsuvlar,  oqsillar,  yog‘lar, 
vitaminlai  va hokazo) uning barcha organlariga tarqaladi. Bu moddalar harakati,  ayniqsa  o‘sayotgan 
yosh o‘simlik tanasida jadal boradi. 
Floema ikki pallali o‘simliklarning Odizi va poyasining po‘st qismida shakllanadi. SHakllanish vaqtiga ko‘ra 
birlamchi va  ikkilamchi  floems  farq  qilinadi.  Birlamchi  floema  o‘sish  konusi  (nuqtasi)da  prokambial 
bog‘lamlarining uchki meristema to‘qimalarida shakllanadi. Ikkilamchi floema kambiy faoliyati 
tufayli hosil bo‘ladi. 
Elaksimon naylar o‘tkazuvchi naylardan o‘zining tirik holati bilar farq qiladi. Elaksimon naylaming 
ko‘ndalang to‘siqlarida mavjuc  bo‘lgan teshiklar elak shakiida bo‘lganligidan ularga shunday norr 
berilgan.  Dastlab  elaksimon  naylar  uzunasiga  qator  bo‘lib  joylashgar  prokambial hujayralardan 
hosil  bo‘ladi.  Bunda  boshlang‘ich  elaksimor  naylarni  hosil  qiladigan  birinchi  ona  hujayra  eniga 
boiinadi  v*  elaksimon  naylaming  yo‘ldosh  hujayralarini  vujudga  keltiradi.  Ayrin  hollarda 
boshlang‘ich  ona  hujayra  eniga  bo‘linadi  va  elaksimon  naylaming  yo‘ldosh  hujayralarini  vujudga 
keltiradi.,  Ayrim  hollarda  boshlang‘ich  ona  hujayra  birdaniga  2—3  marta  bo‘linadi.  Unda  bitta 
elaksimon o‘tkazuvchi nayda 2—3 ta yo‘ldosh hujayra hosil bo‘ladi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə