86
Poya o‘simliklarning asosiy vegetative organi bo‘lib, birinchi marotaba urug‘
embrionidan,so‘ngra kurtakdan o‘sib chiqadi. Poyaning ichida hamma vaqt bosh kurtak
bo‘ladi.Ba’zan kurtaklar ildiz vabarglardan hosil bo‘-ladi.YOn novdalar yon kurtaklardan o‘sib
chiqadi.Qalamcha-lardan kurtaklar hosil bo‘ladi.Bunday kurtak qo‘shimcha kurtaklar
deyiladi.Qo‘shimcha kurtaklarning hosil bo‘lishiga asosan qalamcha yoki parxish qilib
ko‘paytiriladi. Kurtaklar 2 xil bo‘ladi.1.vegetativ kurtak.2.generativ kurtak.
Begetativ kurtakdan novda va barg hosil bo‘ladi.Generativ kurtakdan esa gullar
ochiladi.Generativ kurtaklarning bandi qisqa o‘zi yirik bo‘ladi.Kurtaklarning tashqi tomonida
qo-biqqa o‘xshash qalin qattiq barglari bo‘ladi.Bu barglar kur-taklarning sovuqdan chirishiga
yo‘l qo‘ymaydi.Daraxtlar odatda kuzda kurtaklana boshlaydi. Bahorda o‘simliklar oldin barg
chiqaradi, so‘ng gullaydi. Ba’zi o‘simliklar esa teskarisi. Masalan: o‘rik,yong‘oq.Poya
o‘simliklarning shox – shabbalarini ko‘tarib turadi. Erdan olingan tuz va mineral moddalarni
barglarga beradi. Buni chiqish oqimi deyiladi. Barglar fotosintez protsessi orqali hosil bo‘lgan
poya orqali ildizga tushadi, buni tushish oqimi deyiladi.
Poya yordamida o‘simliklar vegetativ ravishda ko‘payadi. Begetativ ko‘payishga
qalamcha, parxish kiradi. Poya o‘zining uchki qismi bilan yuqoriga qarab o‘sadi. Bir pallalik
o‘simliklarning poyasi bo‘g‘inlari bilan ham o‘sadi (bug‘doy, qamish, jo‘xori). CHunki
ularning bo‘g‘inlarida meristema bor. Bunday o‘sishga interkolyar o‘sish deyiladi.
O‘simliklarning poyasi o‘tli yog‘ochlangan bo‘ladi. O‘tli o‘simliklar bir yillik yoki ko‘p yillik
bo‘lishi mumkin. Bir yillik o‘simliklar vegetatsion davrda ya’ni shu yilning o‘zida urug‘dan
o‘sib chiqib shu yilning o‘zida urug‘ hosil qiladi. Masalan: qovun,tarvuz,jo‘xori: 2 yillik
o‘simliklar birinchi yili urug‘dan o‘sib chiqib,ikkinchi yili urug‘ beradi. Masalan: sabzi,
lavlagi. Ko‘p yillik o‘simliklar bir necha yillar yashab har yili urug‘ berishi mumkin. Masalan:
ajriq, beda, g‘umay, kartoshka, piyoz. Daraxt va butalar h belgi qo‘yiladi. Daraxt va
butalarning poyasi yog‘ochlangan bo‘ladi. Daraxtlarning butalardan farqi daraxtlarda ildizdan
bitta asosiy poya o‘sib chiqadi, bu asosiy poya shoxlanib, o‘sib turadi. Butalarda ildizdan bir
nechta poya o‘sib chiqadi, ularning bo‘yi daraxlardan past bo‘ladi. Masalan: na’matak,
saksovul, anor. Daraxtlarning bo‘yi baland bo‘lib, bir necha yil yashaydi, masalan: chinorning
bo‘yi 30 m,oqterakning bo‘yi 40 m, qarag‘ay bo‘yi 50 m, mamont daraxti 140 m, evkalip
daraxtining bo‘yi 150 m, xurmo daraxtining bo‘yi 500 m bo‘ladi, yashash mudati: qarag‘ay 500
yil, oqterak 600 yil, olcha 1200 yil, kashtan daraxti 2000 yil, savri daraxti 3000 yil, mamont
daraxti 5000 yil. Ba’zi o‘tli o‘simliklar poyasi juda qisqa (bir necha sm) bo‘ladi. Masalan:
qoqio‘t poyasi. O‘tli o‘simliklarning poyasi silindrsimon, uch qirrali (kartoshka, kiyik o‘t); 4
qirrali (yalpiz,rayxon); ko‘p qirrali (nasha, valeriana). Poya o‘zakli yoki o‘zaksiz (ichi) bo‘lishi
mumkin. Masalan: g‘alladoshlar olasiga, kovaksimonlar oilasiga vasoyabon gullilar oilasiga
kiruvchi o‘simliklarning poyasida o‘zak bo‘lmaydi. Poya er ustida tikka o‘sadi. SHuning bilan
bir qatorda poya yotib o‘sadi (tarvuz,qovun). Ba’zi poyalar osilib o‘sadi (mosh, loviya). Ba’zi
poyalar chirmashib o‘sadi(pechak).
Poya 4xil yo‘lda shoxlanib o‘sadi.
1.Monopodial
shoxlanish
2.Simpodial
shoxlanish
3.Dixatomik shoxlanish
4.Soxta dixatomik.
Monopodial.shoxlanganda bosh kurtak o‘sishdan to‘xtamaydi. YOn kurtakdan o‘sib
chiqqan novdalar asosiy poyaga eta olmaydi. Masalan: terak, qarag‘ay, qayrag‘och.
Simpodial. Tipda shoxlanganda bosh kurtak o‘sishdan to‘xtaganda yon kurtaklarning
biri o‘sishni davom ettiradi. U ham o‘sishdan to‘xtagach boshqasi o‘sishda davom etadi
(olma,o‘rik,nok,kartoshka,pomidor).G‘o‘za monopodial va simpodial shoxlangan bo‘ladi.
(chekonka qilinmasa monopodial,qilinsa-simpodial).
Dixotomik. SHoxlanish-ko‘pincha tuban o‘simliklarda bo‘ladi. Bu shoxlanishda
o‘simlik tanasining o‘sish nuqtasi hujayralari bo‘linib 2 ta bir-biriga teng bo‘lgan yangi novda
hosil qiladi. Bu yangi novdalar ham o‘z navbatida 1 xilda bo‘linib o‘sadi.