Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139

88 
 
boshlanadi. Peresikl poyada bir necha hujayralardan iborat. Peresikl ichkarida, ya’ni poyaning 
markaziy  qismida  o‘tkazuvchi  bog‘lamlari  asosiy  to‘qimalarda  tarqoq  joylashgan.  Bir  pallali 
o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy 
bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. YA’ni floema ksilemaning 
bir tomoniga o‘rnashgan. Poyaning markaziy qismidagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yirik 
va  katta,  chet  tomondagilari  esa,  maydaroq  bo‘ladi.  Lekin  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari 
poyaning  chetroq  qismida  ko‘proq  bo‘ladi.  Sababi  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  bargdan 
poyaga  o‘tib  turadi.  Bir  pallali  o‘simliklar  poyasining  markazida  o‘zak  bo‘lmaydi  (bug‘doy 
poyasining ichi kovak,makkajo‘xori poyasining ichi esa g‘ovak bo‘ladi).  
       O‘tli  ikki  pallali  o‘siliklar  ham  tashqi  tomondan  epidermis  bilan  qoplangan.  Poya 
ko‘ndalang kesimida epidermis tagida birlamchi po‘stloq joylashgan. Birlamchi po‘stloqda 2xil 
mexanik to‘qimalarni uchratish mumkin.: 
 
1.Kollenxima.  
 
2.Sklerenxima. 
Kollenxima 2 xil bo‘ladi: Burchakli va plastinkali.Kollexima tirik hujayralardan tashkil 
topgan bo‘lib, unda fotosintez protsesslar bo‘lib turadi. Poyada ko‘proq burchakli kollenxima 
uchraydi.  Bunday  hujayralarning  faqat  4  ta  burchagi  yog‘ochlangan  bo‘ladi.  Sklerenxima 
hujayralari hamma tomonidan yog‘ochlangan ya’ni o‘lik bo‘ladi. Sklerenxima poyaga qattiqlik 
beradi.  Kollenxima  esa  2  xil  vazifani  bajaradi.  Poyaga  elastiklik  berish  va  oziq  moddalarni 
tayyorlash  va  to‘plash.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  poyaning  markaziy  slindrida,  ya’ni 
asosiy to‘qimalarida doira bo‘yicha, odatda bir qator, ba’zan ikki qator joylashgan. O‘tli ikki 
pallali o‘simliklarning o‘tkazuvchi  to‘qima bog‘lamlari ochiq  (floema bilan ksilema o‘rtasida 
kambiy bor) hamda kolloterial (ksilemaning bir tomoniga floema joylashgan) yoki bikolloterial 
(ksilemaning  har  ikki  tomoniga  floema  joylashgan)  tipda  tuzilgan.  Masalan:  Oshqovoq 
poyasidagi  o‘tkazuvchi  to‘qima  shunday  tipda  tuzilgan.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘larining 
orasida oraliq kambiydan yangi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lari hosil bo‘lib turadi. Bu yangi hosil 
bo‘lgan  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  birinchi  hosil  bo‘lgan  bog‘lamlarga  nisbatan 
kichikroq bo‘ladi. To‘plam oralig‘idagi kambiy oldingi bog‘lamlardagi kambiy bilan qo‘shilib, 
kambiy  halqasini  tashkil  qiladi.  Ksilema  kambiy  halqasining  ichki  tomonidan,  floema  esa 
tashqi  tomoniga  joylashadi.  Poyaning  markazida  odatda  o‘zak  bo‘ladi.  Labsimongullilar 
oilasiga,  soyabon  gullilar  oilasiga  kiruvchi  o‘simliklar  poyasining  o‘zagi  tez  fursatdat  nobud 
bo‘lib,  poyaning  ichi  kovak  bo‘lib  qoladi  (shalfey,yalpiz,sabzi,ukrop,tmin).O‘zak-ning  chetki 
hujayralari  tirik  saqlanib  qoladi.Markazdagi  hujayralarning  po‘sti  yog‘ochlanadi,  ya’ni  o‘lik 
bo‘ladi. 
Yog‘ochli  o‘simliklarning  poyasi  yosh  davrida  epidermis  bilan,  keyichalik  ikkilamchi 
qoplovchi to‘qima periderma bilan o‘ralib oladi. Peridermani probka kambiysi, ya’ni fellogen 
ishlab chiqaradi. Fellogen o‘zidan yuqoriga fellemani, ichkariga fellodermani ishlab chiqaradi. 
Fellogenning  o‘zi  epidermisdan  yoki  po‘stloqning  tirik  hujayralaridan  hosil  bo‘ladi.  Probka 
bilan qoplangan qavat  o‘zidan suv va havoni  o‘tkazmaydi.  Probka bilan qoplangan poyalarda 
chechevichkalar  bo‘ladi.  O‘simlik  chechevichka  orqali  nafas  oladi  hamda  ortiqcha  suvlarni 
bug‘latib  turadi.  Peridermaning  ichkarisida  birlamchi  po‘stloqning  hujayralari  joylashgan. 
Ularda  oziq  moddalar  to‘planadi.  Ba’zan  bu  hujayralarda  kristallar  ham  uchraydi.  Masalan: 
Lipaning poyasida ko‘rish mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarning po‘stlog‘ida smola yo‘llari yoki 
efir moylari ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar joylashgan bo‘ladi. Poyaning markaziy slindri 
peresikldan boshlanadi. Peresikldan ichkarida, ya’ni ikkilamchi po‘stloqda floema joylashgan. 
Poyaning yog‘ochli qismi ksilema va o‘zakdan iborat. Ksilema bilan floema o‘rtasida kambiy 
bo‘linib  ko‘payib  turadi.  Kambiy  hujayralari  faqat  qishda  bo‘linishdan  to‘xtaydi.  Kambiy 
o‘zidan  yuqoriga  floema  elementlarini  ichkari  tomonga  esa,ksilema  elementlarini  ishlab 
chiqaradi.  Floemaga  nisbatan  ksilema  qismi  bir  necha  marotaba  ortiq  ishlab  chiqariladi. 
SHuning  uchun  ham  poyaning  po‘stloq  qismiga  nisbatan  yog‘ochlik  qismi  qalin  bo‘ladi. 


89 
 
Daraxtlarning  yog‘ochlik  qismiga  qarab,  yoshini  aytish  mumkin.  Kambiyning  kuzda  ishlab 
chiqargan  suv  naylari  mayday,  qalin  po‘stlik,  ksilema  elementlari  zich  joylashgan  bo‘ladi. 
Natijqda bahor bilan kuz o‘rtasida yillik chegara halqa hosil bo‘ladi. Bu halqalarni yillik halqa 
deyishadi.  Yillik  halqalarning  soniga  qarab,  o‘simliklarning  yoshi  aytiladi.  O‘zakdan 
po‘stloqqa qarab o‘zak nur hujayralari joylashgan bo‘ladi. O‘zak nur hujayralari po‘stloqqa suv 
va  mineral  moddalarni,  po‘stloq-dan  markazga  esa,organik  moddalarni  o‘tkazadi. 
Daraxtlarning  yog‘ochlik  qismi  markaziy  tomoni      Yadro  bo‘lib  hisoblanadi.  Markazda 
bo‘lgan suv naylari berkiladi. Suv naylari hamda ksilemaning parenxim hujayralarining po‘sti 
oshlovchi  moddalar,  smola  yoki  boshqa  organik  moddalar  bilan  sug‘oriladi.  SHuning  uchun 
daraxtning  poyasi  juda  mustahkam  bo‘ladi.  SHuning  uchun  ham  paxtaning  poyasi 
duradgorlikda  ishlatiladi.  Daraxtlarda  Yadro  30  yilda  tuziladi.  YAdroning  qattiqligi 
o‘simlikning  yoshiga  bog‘liq  emas,  ob-havoga,  tuproqqa  bog‘liq.  Yadro  tuzilgandan  so‘ng 
ksilemaning Yadro atrofidagi yosh qismi o‘tkazuvchanlik vazifasini bajarib turadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Poya deb nimaga aytiladi va u qanday vazifalarni bajaradi? 
2.
 
Poyalar necha xil shoxlanadi? 
3.
 
Er ustki va er ostki qiyofasini o‘zgartirgan poyalar necha xil bo‘ladi? 
4.
 
Poyaning ichki tuzilishi necha xil bo‘ladi? 
5.
 
Bir pallali o‘tli o‘simliklar ichki tuzilishi qanday? 
6.
 
O‘tli ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi qanday bo‘ladi? 
7.
 
Ko‘p yillik yog‘ochli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi qanday? 
8.
 
Poya vegetativ organ va uning vazifasi 
9.
 
Poyaning tuzilishi va o‘sishi qanday. 
10.
 
O‘simliklar turiga qarab, poyaning shakllari. 
11.
 
Tabiatning tashqi muhitiga moslashgan poyaning xillari. 
12.
 
Poyaning shoxlanish xillari. 
13.
 
Poyaning shoxlanish xillarini ta’riflang 
14.
 
Yer ustki shakli o‘zgargan poyalar. 
15.
 
Yer ostki shakli o‘zgargan poyalar.
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –15 р. 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Васильев    A.E.    “Морфология,  анатомия    растений”.  –  M.:  Изд-вo    “Высшая 
школа”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə