Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139

109 
 
bog‘liqdir.  Demak,  o‘simlikning  o‘sishiga        va  rivojlanishiga  yorug‘lik  va  qorong‘ilik 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir  etadi. SHunga qarab turib biz o‘simliklarni  qisqa kunli va uzun kunli 
o‘simliklarga  bo‘lamiz  va  shu  bilan  birga  neytral  o‘simliklar  (uzun  kunda  ham,  qisqa  kunda 
ham  rivojlanish  protsessi  sodir  bo‘ladi)  ham  bor.  Kuzda  yorug‘lik  tushishining  kamayishi 
natijasida o‘simlikda maxsus ingibitorlar hosil bo‘ladi. Kurtaklarda kislota va fenol birikmalari 
hosil  bo‘lib,    ular  o  sish  protsessini  sekinlashtiradi.  Bu  moddalarning  yo‘qolishi  o‘simlik 
o‘sishini  tezlatadi.  SHu  bilan  birga  hujayralardagi  yog‘simon  moddalar  o‘simlikni  sovuq 
urishidan saqlab sovuqqa chidamliligini oshiradi. 
 
Rivojlanish protsessiga ta’sir etuvchi omillar. 
 
Rivojlanish  protsessi  o‘simlikning  vegetativ  organlari  o‘sgandan  so‘ng  generativ  organlari 
hosil  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Rivojlanishga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  2  ta  faktor  ta’sir  etishi  mumkin. 
Ulardan  biri  temperatura  va  ikkinchisi  yorug‘likdir.  Rivojlanishning  temperaturaga 
bog‘liqligini yarovizatsiya deyiladi. Bunda o‘simlik urug‘lari yoki vegetativ organlari ma’lum 
temperaturada  ma’lum  muddat  ushlab  turilishi  kerak.  O‘simlik  urug‘larida  buni  tinim  davri 
deyiladi.  Mana  bu  tinim  davri  turli  o‘simliklarda  turlicha  vaqtni  egallaydi.  Masalan:  ba’zan 
o‘simliklarda bir necha kun bo‘lsa, boshqa o‘simliklarda bu bir necha oy yillarni tashkil qiladi. 
Tinim  davrida  turgan  o‘simliklarni  ekologik  faktorlar  orqali  uyg‘otish  yoki  ko‘kartirish 
mumkin.  Ayrim  o‘simliklarda  urug‘  po‘sti  qalinlashib  unish  xususiyatini  uzoq  vaqtgacha 
saqlab  qolishi  mumkin.  Ular  tashqaridan  ta’sir  bo‘lgandagina  ko‘karib  chiqishi  mumkin.  Bu 
narsa  o‘simlik  urug‘ining  uzoq  muddat  saqlanganda  turlarning  saqlanib  qolishiga  yordam 
beradi.  
 
Rivojlanish 
 
Gulli  o‘simlikka  chang  onalik  tugunchasiga  tushgandan  so‘ng  otalanish  protsessi  sodir 
bo‘ladi.  SHundan  so‘ng  zigota  hosil  bo‘ladi.  Mana  shu  zigota  hosil  bo‘lgandan  so‘ng 
o‘simlikning  o‘sib,  gullab  va  yana  zigota  hosil  bo‘lgungacha  o‘tgan  vaqtga  o‘simlikning 
ontogenezi deyiladi. 
Har  bir  o‘simlik  o‘z  ontogenez  davrida  o‘sish  va  rivojlanish  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Bu  2 
xususiyat  bir-biriga  bog‘liq,  aloqador  va  shu  bilan  birga  biri  ikkinchisiz  sodir  bo‘lmaydigan 
protsessdir. 
O‘simlikni  o‘sishiga  o‘stirish  garmonlari  ta’sir  qiladi.  O‘simlik  hujayralarini  va  organlarini 
o‘sishini  ta’minlovchi  moddalarni  garmonlar  deb  ataladi.  Garmonlar  o‘simlik  organizmida 
hosil bo‘ladi. Bunday garmonlarni fitogarmonlar deb ataladi. Garmonlar o‘simlikni o‘sishini, 
rivojlanishini  va  shu  bilan  birga  o‘simlikni  sharoitga  moslashishini  ta’minlaydi. 
Fitogarmonlarning 4 turi ma’lum: 
1.
 
Auksinlar - indolilsirka kislota 
2.
 
Gerberellinlar 
3.
 
Kininlar 
4.
 
O‘stiruvchi ingibitorlar. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  o‘stiruvchi  moddalar  bilan  ishlangan  o‘simlik  organlari        intensiv  - 
tezroq 
ko‘ karadi. Ularda 
ildizlar  chiqishi  tezlashadi.  SHuning  uchun  ham  ko‘pchilik  qalamchalar  auksinlar  bilan 
ishlanadi. 
Ba’zi auksinlar o‘simlik gullaganda ishlatiladi, bunda o‘simlik urug‘i etilmaydi, urug‘ hosil 
bo‘lmaydi.  Aks  holda  etli  meva  etilishi  mumkin.  Lekin  mevada  shakar  moddalar  yuqori 
protsentda bo‘ladi. Ayrim kimyoviy birikmalar o‘simlik urug‘ini unishini tezlatadi 
 
Nazorat savollari 
 


110 
 
1.
 
Bargda qanday fiziologik protsesslar bo‘ladi? 
2.
 
Fotosintez protsessini yoritishda K.A. Timiryazev  ishlari? 
3.
 
O‘simliklarda  transpiratsiya   protsessi   qanday boradi? 
4.
 
O‘simliklar qanday yo‘l bilan ko‘payadi?  
5.
 
O‘simliklarni o‘sishiga ta’sir qiladigan qanday omillarni bilasiz? 
6.
 
Tuban  sporali o‘simliklarda jinsli ko‘payish qanday bo‘ladi? 
7.
 
O‘simliklarni qanday  vegetativ   ko‘payish  usullari bor? 
8.
 
O‘simlik organlarining o‘sish yo‘nalishlari qanday bo‘ladi? 
9.
 
O‘simliklarni o‘sishiga ta’sir qiladigan qanday garmonlar bor? 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. – 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
12.
 
Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990. 
 
 
Ma’ruza - 8 
 
O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga  
Xarakteristika. Bakteriyalar tuzilishi 
 
Ma’ruzaning 
maqsadi: 
O‘simliklar 
sistematikasi 
tarixi,K.Linney,Engler 
sistemasi.Tuban o‘simliklar xaqida tushuncha berish. Bakteriyalarning tuzilishi. 
 
Reja  
 
   1. o‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi. 
   2. o‘simliklar sistematikasi tarixi. 
   3. K.Linney sistemasi. 
   4. Engler sistemasi. 
   5. Tuban o‘simliklarga xarakteristika. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə