Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   139

115 
 
Ma’ruzaning  maqsadi:Suvo‘tlarining  tuzilishi,  klassifikatsiya,  ko‘payishi  va 
axamiyati.  Zamburug‘larning  tuzilishi,  oziqlanishi,  klassifikatsiyasi,  ko‘payishi,  zarari  va 
ahamiyati. Lishayniklarning tuzilishi, xillari, ko‘payishi va ahamiyati haqida tushuncha berish. 
 
 
Reja  
1.Suvo‘tlarining tuzilishi 
2.Suvo‘tlarining yashash sharoiti 
3.Suvo‘tlarining klassifikatsiyasi 
4.Suvo‘tlarining ko‘payishi 
5.Suvo‘tlarining kelib chiqishi 
6.Suvo‘tlarining ahamiyati 
7.Zamburug‘lar tuzilishi  
8.Zamburug‘larning oziqlanishi 
9.Zamburug‘larning klassifikatsiyasi 
10.Zamburug‘larning ko‘payishi 
11.Zamburug‘larning kelib chiqishi  
12.Zamburug‘larning zarari va ahamiyati 
13 Lishayniklarning tuzilishi va xillari 
14 Lishayniklarning ko‘payishi 
15 Lishayniklarning ahamiyati 
 
Tayanch iboralar:  Suv  o‘tlari  va  ularni  yashash  muhitlari.  Bentos,  plankton  va 
qurug‘likda  yashovchi  suv  o‘tlar.  qizil  suv  o‘tlari,  pigmentlari  va  oziq  moddalari.  Ko‘payish 
usullari. Rivojlanish davri. Tarqalishi va ishlatilishi. Diatom suv o‘tlarining umumiy tuzilishi, 
hujayra  po‘sti,  pigmentlari,  oziqa  moddalari.  Yashil  o‘simliklar  bo‘limi  va  ularning 
xususiyatlari, pigmetlari, oziqlik moddalar.  Rivojlanish 
davri  va  sinflarga  bo‘linishi: 
volvokslar, ulotrikslar, sifonlilar, konyugatlar, ularning umumiy xususiyatlari. Asosiy vakillari 
(xlomidomanada,  volvoks,  xlorella,  ulotriks,  ulva,  koulerpa,  vosheriya,  spirogira).  Yashil  suv 
o‘tlarining  ahamiyati.  Xara  suv  o‘tlari  bo‘limi,  ularning  umumiy  xususiyatlari.  Tanasining 
umumiy tuzilishi, ko‘payishi.  Tuban  o‘simliklar:  zamburug‘lar  va  lishayniklar.  Zamburug‘lar 
mitselliysi,  oziqlanishi,  ko‘payishi.  Tuban  va  yuksak  zamburug‘lar.  Zamburug‘larning  asosiy 
sinflari: 
xitridomitsetlar, 
oomitsetlar, 
zigomitsetlar, 
askomitsetlar, 
bazidiomitsetlar, 
takomillashmagan zamburug‘lar vakillari.  
 SUVO‘TLARI -Vodorsli 
 
 
Suvo‘tlari  morfologik  jihatdan  juda  xilma-xil  bo‘lib,  ular  orasida  mikroskopik  bir 
hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga boradigan vakillari ham bor. Suvo‘tlari tana 
holatida yashaydigan o‘simliklar, ularda ildiz, poya, barg bo‘lmaydi. Biroq ba’zi vakillarning 
tanasi  –  tallomi  birmuncha  murakkab  tuzilgan  bo‘lib,  tanasi  ayrim  qismlarga  ajralgan. 
Suvo‘tlarining hujayrasi  tashqi tomondan qattiq  devor bilan qoplangan.  Hujayra sitoplazmasi 
devor  atrofida  joylashgan  bo‘lib,  hujayrani  to‘ldirib  turadi.  Hujayrada  bitta  yoki  bir  nechta 
mayda vakoulalar mavjud. Yadroning soni 
ham  bir  yoki  bir  nechta  bo‘lishi  mumkin. 
Hujayradagi  xromatoforlarda  pigmentlar 
saqlanadi.  Xromatoforning  shakllari  turli–
tuman:  plastinkali,  spiral,  lentasimon, 
to‘rsimon, yulduzsimon.   
  
Xlorella: 


116 
 
1-hujayra qobig`I; 
2-sitoplazma; 3-mag`iz; 
4-xromotofor. 
Suvo‘tlari  chuchuk  suvlarda,  dengiz  va  okeanlarda,  zax  erlarda  yashaydi.  Ularning 
ko‘p miqdorini tashkil etuvchi mikroskopik to‘dasi erkin suzib, fitoplankton hosil qiladi. Suvda 
yashaydiganlari 3 guruhga bo‘linadi:  
 1.Suv ostida yashovchilar – ENTOS  
 2.Suv ichida yashovchilar –         PLANKTON  
 2.Suv yuzida yashovchilar  
 Planktonning chuqurligi 300 m gacha bo‘lishi mumkin. Suv havzasining 300 metrdan 
chuqurroq  joyida  yashovchi  suvo‘tlari  bentos  deyiladi.  Ayrim  suvo‘tlari  juda  past  haroratda 
ham hayot kechirish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Hatto qutbda, tog‘ cho‘qqilarida ham yashaydi. 
Qor  xlomidomonadasi  qorni  qizil,  sariq,  yashil,  qo‘ng‘ir  ranglarga  bo‘yashi  mumkin. 
Xlorellaning  ayrim  vakillari  ham  havoda  yashay  oladi.  Suvo‘tlari  hujayrasida  yashil  rang 
beruvchi  xlorofill  pigmenti  bo‘lganligi  sababli  ovqatlanish  jihatidan  avtotrof  organizm 
hisoblanadi.  Hayot  kechirish  uchun  zarur  bo‘lgan,  oziq  moddani  o‘zlariga  o‘zi  tayyorlaydi, 
ya’ni hujayrasida fotosintez protsessi bo‘ladi. 
Ba’zi bir ko‘k – yashil suvo‘tlari tayyor organik modda hisobiga ham yashaydi, ya’ni 
ular saprofit holatda yashaydi. Ko‘k – yashil suvo‘tlarining xromatoforida xlorofilldan tashqari 
ko‘k rang beruvchi fikotsian pigmenti uchraydi. YAshil suvo‘tlarida faqat yashil rang beruvchi 
xlorofill  pigmenti  uchraydi.  Diatom  suvo‘tlarida  xlorofilldan  tashqari  sariq  rang  beruvchi 
diatomin  pigmenti  bo`ladi.  Qo‘ng‘ir  rangli  suvo‘tlarining  xromatoforida  xlorofilldan  tashqari 
qo‘ng‘ir rang beruvchi fukoktsiantin pigmenti uchraydi. Qizil suvo‘tlarida xlorofilldan tashqari 
qizil  rang  beruvchi  fikoeritrin  pigmenti  bo‘ladi.  Suvo‘tlarining  hujayrasida  oziqli  modda 
sifatida  kraxmal,  yog‘,  oqsil  hamda  hayvonlarga  xos  bo‘lgan  kraxmal  –  glikogen  uchraydi. 
Glikogen  yod  ta’sirida  qo‘ng‘ir  rangga  bo‘yaladi.  Hozirgi  kunda  er  yuzida  100000  xil 
suvo‘tlari bo‘lib, bularning hammasi 5 ta tipga bo‘linadi: 
 
1.Ko‘k – yashil suvo‘tlari 
 
2.YAshil suvo‘tlari  
 
3.Sariq suvo‘tlari  
 
4.Qo‘ng‘ir suvo‘tlari  
 
5.Qizil suvo‘tlari  
Suvo‘tlari 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 
 
1.Vegetativ ko‘payish 
 
2.Jinssiz ko‘payish 
 
3.Jinsli ko‘payish 
Vegetativ  ko‘payishda  hujayra  kariokinez  yo‘lda  bo‘linib  ko‘payadi.  SHuningdek 
hujayrada  zoosporalar  hosil  bo‘ladi.  Zoosporalarning  xivchinlari  bor.  Xivchinlari  yordamida 
suvda  harakatlanib  yuradi.  Har  bir  hujayradan  4,  8,  16  dan  64  tagacha  300  spora  etilishi 
mumkin.  Zoosporalar  suvda  bir  necha  sek  yoki  minut  suzib  yurgach  to‘xtaydi.  Xivchinlarini 
tashlab, o‘sib rivojlanadi.  
 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə