Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139

131 
 

 
Plaunlar sinfiy 2 tartibga bo`linadi 1.Bir xil sporali plaunlar  
2.Har xil sporali plaunlar  
Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz.  
Apteka  plauni  o`rmonlarda,  qarag`ayzorlarda  uchraydi.  O`rta  Osiyoda    uchramaydi. 
Poyasining uzunligi  70 sm bo`ladi. Apteka plauni doim yashil, ko`p yillik o`t o`simlik. Poyasi 
dixatomik ravishda o`sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo`ladi. Tik o`suvchi poyasi qo`shaloq 
yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo`ladi. Boshoqcha sporacha barglardan tashkil tobgan. 
Sporachi  barglarning  ichida  shakli  byurak  simon  sporangiyalar  taraqiy  etadi  ichida  sporalar 
vujudga keladi.  Bu sporalar spo`rangiya hujayralarning reduksion yo`lida bo`linishi natijasida 
hosil bo`ladi. Sporalar nihoyatda mayda va yengil, quruq bo`ladi. Spo`ralar  yetilgandan so`ng 
sporangiyalar  yoriladi.  Natijada  sporalar  shamol  yordamida  tarqalib  ketadi.  Qulay  sharoyitga 
tushib  qolgan  spora  una  boshlaydi.  Sporadan  tuganakga  o`xshash  o`simta  o`sib  chiqadi.  Bu  
o`simtada anteridiya  va arxegoniya taraqiy  etadi. Anteridiya va arxegoniyalarning tarqiy etishi 
uchun  10-12  yil  vaqt  ketadi.  Apteka  plaunining  o`simtasi    bir    uyli    2  jinslidir.  Otalanish 
protsesi    bahorda,  yog`ingarchilikda  bo`ladi.  Anteridiyada  ishlab  chiqqan  spermatazoidlar 
arhegoniyaning  tuxum  hujayrasini  otalantirgandan  so`ng  embrion  hosil  bo`ladi.  Embriondan 
yangi o`simlik o`sib chiqadi. Bu o`simlik jinsiz nasil-sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka 
sifatida, pillyula tayorlashda sporadan sepib qo`yiladi, yani pilyulalar pirga yopishib qolmaydi. 
Og`ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. 
       Har  xil  sporali  plaunlarga  selaginellani  misol  qilib  olamiz.  Bu  o`simlik  xam  ko`p  yillik 
o`simlik,  doyim  yashil  o`tli  o`simlik,  poyasi    dihatomik  ravishda  shoxlangan.  Tik  va  yotib 
o`suvchi poyalari bo`ladi. Vertikal  poyasida boshiqchasi bor. Boshoqchasida ikki xil : katta – 
makrosporangiyalar  va  kichik  mikro  sporangeyalar  bo`ladi.  Mikrosporangiyalardan  mikro 
spora  taraqiy  etiladi,  undan  otalik  o`sib  chiqadi.  Makrosporangiyalardan  makrospora  taraqiy 
etiladi,  undan  onalik  o`simta  o`sib  chiqadi.  O`simtasi  ikki  uyli  bir  jinsli.  Otalanish 
yog`ingarchilikda bo`ladi.   
               Ochiq urug`lilar tipi 
Ochiq  urug`li  o`simliklar  bir  tomonidan  yuqori  sporali  o`simliklarga  o`xshaydi.  Ochiq 
urug`li  o`simliklar  urug`  beradigan  qirq-quloqlardan,  yopiq  uru`gli  o`simliklar  ochiq  urug`li 
o`simliklardan kelib chiqan.  
Ochiq urug`li o`simliklarga butalar, daraxtlar kiradi 
Yopiq  urug`li  o`simliklar  orasida  daraxtlar,  butalar,  yarim  butalar  va  o`tli  o`simliklar 
uchraydi.  Ochiq  urug`li  o`simliklar  asosan  monopodial  tipda  shohlanadi  .  yopiq  urug`li 
o`simliklar esa monopodial, simpodial va dixatomik ravishda shohlanadi.  


132 
 
Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari traxeidlar bajarib turadi. 
Yopiq  urug`li  o`simliklarni    to`qimasida  suv  naylari  xamda  traxeidlar  bo`ladi.  Ochiq  urug`li 
o`simliklarning urug` kurtagi ochiq yerda taraqiy etadi.     
Yopiq urug`li o`simliklarni urug`I mevaning ichida taraqqiy etadi.  
Ochiq  urug`lilarda    esa    urug`  g`uddalarda  taraqqiy  etadi.  Bularda  meva  bo`lmaydi. 
Ochiq urug`li o`simliklardagini aksi, yopiq urug`li o`simliklarni mevasi bo`ladi. Ochiq urug`li 
o`simliklarining endosperma to`qimasi otalanish prosesidan oldin hosil bo`ladi. 
Yopiq urug`li  o`simliklarda esa endosperma to`qimasi otalanishdan keyin hosil bo`ladi. 
Ochiq urug`li o`simliklarda qo`shaloq otalanish bo`lmaydi,  yopiq urug`li o`simliklarda 
esa  qo`shaloq  otalanish  bo`ladi.  Ochiq  urug`li  o`simliklarning  ko`pchiligi  doimo  yashil 
o`simlik hisoblanadi. Ochiq urugli o`simliklar 7 sinfga bo`linida:  
1.Urug`li paporotniklar 
2.Sagovniklar 
3.Bennetitlar 
4.Kordaitlar 
5. Ginkgolar 
6.Igna barglilar 
7.Ignacha barglilar  
                         
URUG`LI QIRQQULOQLAR 
 
Ular  o`zining tashqi  ko`rinishi  bilan hozirgi  daraxtsimon   qirqquloqlarga  o`hshaydi, 
lekin har xil sporali bo`lib, urug`  yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qiladi.  
Uning  poyasida  qo`sh  patsimon    yirik-yirik  murakkab  burglar  bo`ladi,  ularning  asosiy 
bandlari ko`pincha bixotomik shoxlanadi. 
Poya  o`zak  qismining  juda  rivojlangan  bo`lishi  va  kambiy    halqasi  yordamida 
ikkilamchi  tartibda  qalinlasha  olgani  bilan  ajralib  turadi.  Ikkilamchi  yog`och,  hozirgi  ochiq 
urug`lilardagiga o`hshash, traxeidladan tuzilgan, po`stlog`i    ancha qalin  bo`lgan.Liginoptenis  
mikro, makrosporalar hosil qilgan.  
                                
SAGOVNIKLAR 
 
Sagovniklar    hozir  yashab  turgan  o`simliklar  bo`lib,  eski  (Cycas,  Masrozamia, 
Bowenia, Encephalarhos, Stangeria kabi  avlodlar) va   yangi  dunyoning  (  Zamia, Microcycas, 
Ceratoramia, Pion avlodlari) tropik va subtropik mintaqalarida taqalgan 9 ta avlodni o`z ichiga 
oladi.  
Sagovniklar-ustunsimon  oddiy  poyali  darahtlardan,  poyasi  ahyon-ahyonda  shohlangan 
bo`ladi.  Poyasining  uchida  juda  yirik,  patsimon  qalin-  qattiq  burglar  tojdek  bo`lib  turadi. 
Mikrosparangilari  tangacha  simon  mikrasporofillarning  chetida  turadi  yoki  tangacha  simon 
makro  sporofillardan  joy  olgan,  mikrosporofinllari  to`p-to`p  bo`lib,  otalik  kubalarini  hosil 
qiladim  Makrosporongiylar  (urug`kurtaklar)  makrosporofinlarning  chetida  turadi  yoki 
tangachasimon  mikrosporofillardan  hosil  bo`lgan  onalik  kubbalaridan  joy  oladi.  Bu  tartibga 
Cucas (yoki sagovnik) misol bo`la oladi. 
  
Barcha  ochiq  urug`lilar  singari,Cucas  har  xil  sporali  o`simlik  bo`lib,  makro  va 
mikrosporalar bilan ko`payadi. 
Ko`pchilik  sagovniklar  Cucasga    o`hshash,  aksari  shohlanmaydigan  to`g`ri  poyali 
o`simliklar  bo`lib,  poyasining  uchida  uzunligi  2,5-3  m  ga  boradigan  yirik  burglar  chiqaradi. 
Sagovniklarning  poyalari  odatda  metrlar  bilan  o`lchanadi.  Eng  katta  barglar  bilan  qoplanishi 
gulning  atrofidagi  gulqo`rg`onini  eslatadi.  Ularning  changlanishi  shamol  va  hashorotlar 
yordamida  sodir  bo`ladi.  Bennettetlarning  urug`ida  murtak  to`la  rivojlangan,  oziq  moddalar 
ikki pallada to`plangan.  
                                


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə