127
sporangiya hujayralarining reduksiyon yo`lda bo`linishi natijasida sporalar hosil bo`ladi.
Sporalar shamol yardamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo`lsa undan ikki jinsli o`simta
o`sib chiqadi. Sporalar har xil bo`lsa ikki uyli bir jinsli o`simta o`si chiqadi. Sporalar katta va
kichik bo`lishi mumkin.
Kichik sporalarni mikrospora, katta sporalarni makrospora deyiladi.
Mikrosporalar mikrosparangiyalarda makrosporalar esa makrosporalarda taraqqqiy
etadi. Mikrosporadan otalik o`simtasi o`sib chiqadi. Bu otalik o`simtada anteridiyalar taraqqiy
etadi. Makrosporadan onalik o`simtasi o`sib chiqadi. Unda arxegoniyalar taraqqiy etadi.
O`rmon qirqqulog`ining ildiz poyasidan gijja haydaydigan ekstrakt tayyorlanadi .
qirqbo`g`imning poyasi siydik haydovchi
dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi
detskaya pudra va pilyula tayyorlashda , bir-biriga yopishib qolmasliga uchun sporadan
sepiladi. Og`ir sanoatda metallarni quyishda , qolipga sporasi solib qo`yiladi.
Nazorat savollari
1.
Tuban va yuqori sporali o’simliklar farqi?
2.
Moxlar qanday ko’payadi?
3.
Jigarsimon moxlarning tuzilishi va ko`payishi?
4.
Poya va bargli moxlarning tuzilishi va ko’payishi?
5.
Qirqquloqsimonlilar klassifikatsiyasi?
6.
Qirqquloqlarning moxlardan farqi?
7.
Qirqbo`g`imlilar tuzilishi?
8.
Qirqbo`g`imning ko`payishi?
9.
Plaunsimonlar,
tuzilishi, ko`payishi?
10.
Qirqquloqsimonlilar ahamiyati?
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –50 p
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders
Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
MA’RUZA – 11
Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o’simliklar evolyutsiyasi.Ochiq urug’lilar.
128
Ma’ruzaning maqsadi:
Chin qirqquloqlar va suv qirqquloqlari haqida tushuncha,qirqbo’g’imlilar,plaunlar
tuzilishi,ko’payishi.Ochiq urug’lilarga tasnif,klassifikatsiyasi,tuzilishi,ko’payishi haqida
tushuncha berish.
Reja:
1.O’rmon qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi.
2.Suv qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi.
3.Qirqbo’g’imlilarga tasnif.
4.Dala qirqbo’g’imining tuzilishi,ko’payishi.
5.Plaunlar tuzilishi,ko’payishi.
6.Bir xil va har xil sporali plaunlar.
7.Ochiq urug’lilarga tasnif,klassifikatsiyasi.
8.Ochiq urg’lilarning tuzilishi,ko’payishi.
9.Igna barglilar sinfiga harakteristika.
10.Igna barglilarning ko’payishi.
Tayanch iboralar: Ochiq urug’li o’simliklar. Urug’li o’simliklar. Ochiq urug’lilarni
asosiy vakillari. Urug’li o’simliklarni xususiyati. Evolyutsion jarayonda urug’ni kеlib chiqishi.
Ochiq urug’li o’simliklarni kеlib chiqishi. Kubbalarning tuzilishi. Urug’kurtak va chang
tuzilishi. Changlanish va otalanish. Ochiq urug’li o’simliklarning sinflari: sagovniklar,
bеnnеtitlar, ginkolar, gnеtumlar va ignabarglilar. Ninabarglilar sinfiga tasnif. Ninabarglilar
oilasi: qarag’aydoshlar, sarvidoshlar, toksodiyadoshlar, araukariyadoshlar
,
zarnabdoshlar.
CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI
Bu tartibga o’rmon qirqqulog’i kiradi.
O’rmon qirqqulog’i(Dryopteris filixmas)salqin o’rmonlarda, butalar orasida,
nam yerda,
O’rta Osiyoning tog’li rayonlarida uchraydi. O’rmon qirqqulog’I ko’p yillik o’t
o’simlik.Ildizpoyasi yo’g’on qoramtir bo’lib,tangacha barg bilan qoplangan. Ildizpoyaning
uchida bo’yi 1m gacha yetadigan ko’p patsimon yashil rangli barg o’sib chiqadi. Yoshlik
vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan bo’ladi. Barglar kuzda qurib,tushib
ketadi.Bargning ostki qismiqoladi.Bu qolgan burglar hisobiga ildizpoya tobora yo’g’onlashib
boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g’uddalar-soruslar paydo bo’la
boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo’ladi. Soruslar barg o’rtasida tomirlar bo’ylab,ikki
qator bo’lib joylashadi.
Soruslar-sporangiyaning yig’indisidir.Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon
sporangiyalar
joylashgan
bo’ladi.Sporangiyalrning
o’sib
chiqqan
joyini
planset
deyiladi.Sporangiyalari ko’p hujayrali bo’lib,ularning tashqi tomonidagi bir qator hujayrasini
tapetum deyiladi.Ichki tomonidagi hujayralarini arxespora deyiladi.Bu hujayralar reduksion
tipda bo’linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo’ladi.Sporalarning
rangi qo’ng’ir bo’ladi.Sporalarning hujayra po’sti 2 qavat bo’lib yetilgandan so’ng tashqi
qavati yorilib ketadi. Bir tup o’simlikda millionlab spora hosil bo’lishi mumkin.Nam yerga
tushgan spora una boshlaydi.Natijada diametri 0,5-1 sm bo’lgan yashil rangli yuraksimon
o’simta o’sib chiqadi.Bu o’simta rizoidlar yordamida yerga yopishgan bo’ladi.O’simtada
xlorofill donachalari bo’lganligi sababli fotosintez protsessi ham bo’lib o’tadi.O’simta bir uyli
ikki jinsli.Shu o’simtada anteridiya ham,arxegoniya hamtaraqqiy etadi.O’simta o’rmon