Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139

121 
 
Lishayniklar  tanasining  tashqi  tomonini  zamburug‘  giflari  o‘rab  olgan.  Ichki 
tomonida suvo‘ti hujayralari joylashgan bo‘ladi. Lishayniklarning tanasining ma’lum bir joyda   
suvo‘ti  hujayralari  bo‘lsa,  suvo‘ti  qavatini  gonidiya  qavat  deyiladi.  Lishaynikning  o‘zini 
geteromer deyiladi. Lishaynikda suvo‘ti hujayralari tarqoq holda joylashgan bo‘lsa,  gomeomer 
deyiladi . 
Lishayniklar 3 xil yo‘lda ko‘payadi: 
a)
 
VEGETATIV 
b)
 
JINSSIZ 
c)
 
JINSLI 
Vegetativ  ko‘payishda  tanasi  bo‘linib  ko‘payadi  yoki  tanasida  o‘simtalar  hosil 
bo‘ladi. Sorediya – bu koptoksimon (tugunsimon) bo`lib, suvo‘tlarini zamburug‘lar o‘rab oladi. 
(1ta yoki 2ta suvo‘tlarini). 
Sorediya  etilgandan  keyin  lishaynikni  tanasi  bosim  ta’sirida  yoriladi    va  sorediya 
shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam erda o‘sib, ko‘payadi. 
Izideya  – lishaynik  tanasida  yonidan o‘sib  chiqqan o‘simlik bo‘lib, shuni yordamida 
uzilib qulay erga tushib ko‘payadi.  
 Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida bo‘ladi. Zamburug‘ bilan suvo‘ti birgalikda  sorediya 
yoki izideya  xosil qilib ko‘payishi mumkin. Suvo‘ti qaysi suvo‘tidan tashkil topgan bo‘lsa, shu 
bo‘yicha ko‘payadi. Lishayniklarning ba’zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. 
Masalan: Islandiya lishaynigi. Ba’zi lishayniklardan lakmus bo‘yog‘i olinadi. Tundrada 
o‘suvchi lishayniklar bug‘ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o‘sadi. Masalan: tundrada 
o‘suvchi lishayniklar 1yilda 3,5 sm o‘sishi mumkin. Ba’zi  bir lishayniklardan efir moyi 
olinadi. Ba’zi bir lishayniklar zaxarli bo‘lgani uchun ovchilar bo‘rilarni zaharlash uchun 
ishlatadilar 
 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Suvo‘tlarining tuzilishi, yashash sharoiti va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
2.
 
Suvo‘tlarining ko‘payishini tushuntirib bering? 
3.
 
Suvo‘tlarining  axamiyati  to‘g‘risida nimalarni  bilasiz?  
4.
 
Zamburug‘lar  qanday  o‘simlik,  ularning  tuzilishi  va  klassifikatsiyasi    haqida  nimalarni   
bilasiz? 
5.
 
Zamburug‘larning ahamiyati qanday? 
6.
 
Lishayniklar qanday organizmlardan tashkil topgan? 
7.
 
Lishayniklarni qanday xillari mavjud? 
8.
 
Lishayniklarni ko‘payishi va ahamiyati? 
 
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –48 p 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 


122 
 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
Ma’ruza – 10 
 
Yuksak sporali o’simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlar . 
 
Ma’ruzaning maqsadi: 
1.Yuqori sporali o’simliklarga qisqacha nasnif. 
2.Moxsimonlilar bo’limi. 
3.Jigarsimon moxlar. 
4.Poya va bargli moxlar. 
5.Torf hosil qiluvchi moxlar. 
6.Moxlarning yashash sharoiti. 
7.Qirqquloqsimonlar bo’limi. 
8.Qirqquloqlar.O’rmon qirqqulog’i. 
9.Qirqbo’g’imlilar.Dala qirqbo’g’imi. 
10.Plaunlar.Cho’qmoqli plaun. 
11.Yuqori sporali o’simliklarning kelib chiqishi. 
 
Tayanch 
iboralar: 
Yuksak 
sporali 
o’simliklarga 
tasnif. 
Moxsimonlar. 
qirqquloqsimonlar. Yuksak sporali o’simliklarni tuban sporali o’simliklardan ustunligi. Moxlar 
va qirqquloqsimonlarning umumiy xususiyati. Yuksak o’simliklarning umumiy tasnifi va kеlib 
chiqishi.  havodan  oziqlanish  asoslari.  Yuksak  o’simliklarda  qonuniy  nasl  gallanish  sodir 
bo’lishi. Yuksak o’simliklarning asosiy bo’limlari.  Moxsimonlar  bo’limi.  Bo’limning  umumiy 
xususiyatlari.  Moxsimonlar  sinfi:  jigarsimon  va  poya  bargli  moxlar,  ularning  xususiyatlari. 
Tanasining tuzilishi va ko’payishi. Rivojlanish davri va ularda nasl gallanish. Poya va bargli 
moxlarning kеnja sinflari: torf moxlar, kakku zig’iri.  
 
YUQORI SPORALI O’SIMLIKLAR 
 
Tuban sporali o’simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali,sodda tuzilgan.Tuban sporali 
o’simliklar  organlarga  bo’linmaydi.  Yuqori  sporali  o’simliklarning    ko’pchilik  vakillari 
organlarga bo’linadi.Ba’zi bir vakillari organlarga bo’linmaydi.Jinsiy organlari ko’p hujayrali, 
murakkab tuzilgan.Yuqori sporali o’simliklarga 2 ta tip kiradi. 
1.Moxsimonlar 
2.Qirqquloqsimonlar 
 
MOXSIMONLAR 
 
Bu tipga yuqori sporali o’simliklarning eng soda tuzilganlari kiradi.Shunday bo’lsa ham 
ular  tuban  sporali  o’simliklarga  nisbatan  yaxshi  taraqqiy  etgan  bo’ladi.Moxlar  quruqlikda 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə