Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139

125 
 
  2.Jinsli  
  3.Jinssiz 
Vegetativ ko’payish rizoidlar yordamida bo’ladi. Oldin jinsli, so’ngra jinssiz ko’payish 
bo’ladi. Kakku zig’iri marshansiyaga o’xshash  bir jinsli, ikki uylik o’simlik hisoblanadi. Bitta 
ekzemplyarda  arxegoniyalar  taraqqiy  etadi.  Bitta  ekzemplyarda  anteridiya  taraqqiy  etadi. 
Onalik  kakku  zig’irining  bo’yi  uzun,  otalik  kakku  zig’irining  bo’yi  bir  oz  kaltaroq  bo’ladi. 
Otalik ekzemplyarda anteridiyalarni o’rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo’ladi. Bu qizil 
bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o’xshash bo’ladi. Anteridiyalar ikki 
xivchinli  ,  harakatchan  spermatazoidlarni  vujudga  keltiradi.  Arxegoniyaning    shakli  kolbaga 
o’xshash  bo’lib  ular  ham  parafizalar  bilan  o’ralgan.  Otalanish  protsesi  suvning  yordamida  
bo’ladi.  Suvda  suzib  yurgan  spermatozoidlar  kelib  arxegoniyaga  yopishadi.  Bo’yni  orqali 
kirib,tuxum  hujayrani  otalantiradi.  Natijada  embrion  paydo  bo’ladi.  Embrion  ko’p  hujayrali 
sporogonga  aylanadi.  Sporogon  band  tashkil  etadi.  Shu  holicha  u  qishlaydi.  Kelgusi  yili 
sporogon bandi cho’zilib ketib ,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida 
qalpoqchasi bo’ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlaydi.Bu qalpoqchalar  
bahorda tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning ichki tomonini  yopib 
turadi.  Sporogon  ichida  sporangiya  hujayralari  taraqqiy  etadi.  Sporongiya  hujayralarining 
reduksion bo’linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so’ng sporongiya 
devoriy  yoriladi.  Sporogonning  qopqoqchasi  ochilib,  sporolar  tarqalib  ketadi.  Sporalar  juda 
mayda,  sariq  rangli  bo’ladi.  Sporalar  qulay  joyga  tushib  qolsa,  kakku  zig’iriga  aylanadi. 
Sporalar  fiziologik  jihatidan  har  xil.  Bitta  sporadan  otalik  kakku  zig’iri,  ikkinchi  sporadan 
onalik kakku zig’iri vujudga keladi.
20
 
 
TORF HOSIL QILUVCHI MOXLAR 
Sfagnum bir-biriga o’xshash bo’lgan 300 dan 
ortiq turga ega. Asosan u MDH ning shimol va 
g’arbida, mineral moddalari kam bo’lgan 
suvlarida, nam va botqoqliklarda o’sadi. 
Tarkibida Ca tuzlari bor suvga chidayolmaydi. 
Shuning uchun ham ohakli  tuproqda o’smaydi. 
Sfagnum namlikmimg 99% ini o’ziga shimib
Natijada sfagnum o’sgan yer botqoqlikka 
aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin 
o’sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin 
qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yig’ilib 
torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarini o’ldirish hususiyatiga ega. Shuning uchun u 
tibbiyotda yara bog’lovchi material ya’ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi, hamda 
o’g’it sifatida qo’llaniladi.
21
 
 
 
QIRQQULOQSIMONLAR TIPI 
   
Qirqquloqsimonlar toshko’mir davrida yer yuzida ko’p tarqalgan o’simlikhisoblanadi.U 
davrda  daraxtsimon  paporotniklarning  juda  katta  o’rmonlari  bo’lgan.Bu  daraxtlarning 
balandligi 20-30m bo’lgan.Yerdan qazib olingan bu o’simliklarning toshga aylangan qoldiqlari 
                                                             
1.
 
20
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
 
2.
 
21
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science. 
Published by forgotten books, 2013. –50 p 
 


126 
 
va  ularning  tosh  ko`mir  davrining  o`simligi  ekanligini  bildiradi.  Hozirgi  vaqtda  ham 
Avstraliya,  Yangi  Zelandiya  ,  Braziliya  mamlakatlarida  o`sadigan    tuzilgan  turlari  uchraydi. 
Bularning    tashqi  ko`rinishi  palmaga  o`xshaydi.  Qirqquloqsimonlilar    moxlardan    shu  bilan 
farqlanadiki,  ularning    sporofit  nasli  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Moxsimonlarda  ildiz  bo`lmaydi, 
qirqquloqsimonlilarda  haqiqiy    ildiz  bo`ladi.  Qirqquloqsimonlilar  quruqda  o`ssa  ham  ,  ular 
soya  salqinni  yaxshi  ko`radi.  Qirqquloqsimonlilar  orasida  suvda  o`sadigani  ham  uchraydi. 
Masalan:  suv  qirqqulog`i.  qirqquloqsimonlilarning  o`tkazuvchi  to`qimalari  yaxshi  taraqqiy 
etgan.  Ularda  floema  va  ksilema  elementlarini  ko`rish  mumkin.  O`tkazuvchi  to`qima 
elementlari konsentrik, yani ksilema markazida joylashgan. 
Qirqquloqsimonlilar 3 sinifga bo`linadi: 
1. Qirqquloqlar 
2. Qirqbo`g`inlar 
3. Plaunlar 
  Qirqquloqsimonlarning  turlari 8000 dan oshadi. Qirqquloqlar yer sharining  cho`l zonasidan 
tashqari  hamma  yerida  tarqalgan.  Havosi  nam  bo`lgan  joylarda  ,  o`rmonlarda,  ba`zilari  tog`li 
joylarda  o`sadi.  Ba`zi  qirqquloqlar  madaniy  o`simliklar  orasida  begona  o`t  sifatida    uchraydi. 
Mas : Gruziyada choy plantatsiyasida orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu 
darjada katta bo`ladiki, odam ko`rpa o`rnida yopib yotsa bo`ladi.  
Qirqquloqlarning  urug`langan  tuxum  hujayrasidan  vujudga  kelganva  rivojlangan  sporafit 
moxlarnikiga nisbatan ancha  yirik, tashqi va ichki tuzilishi ham  murakkab bo`lib, unda barg, 
poya va ildiz  bo`ladi. Ba`zi qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi ko`rinishidan 
gulli o`simliklarga o`xshaydi.   
Qirqbo`g`imlilar 
Qirqbo`g`inlar  poyasida  bo`g`im  va  bo`gim  oraliqlari  bo`lishi  bilan  xarakterlidir. 
Bo`g`imida  mayda  reduksiyalangan  barglar  bo`ladi.  Qirqqbo`g`inlar  ariq  bo`ylarida,  nam 
yerlarda  ,  madaniy  o`simliklar  orasida  begona  o`t  sifatida  uchraydi.  O`rta  Osiyoda  o`sadigan 
vakillaridan  biri  dala  qirq  bo`g`imi  (Equisetum  arvense)  dir.  Dala  qirqbo`g`imining  ildiz 
poyasida  tugunaklar  bo`lib,  yoz  davomida  zapas  oziq  moddalar  (krahmal)  saqlashga 
moslashgan. 
Dala  qirqbo`g`imi  yoz  faslida  2  xil  novda  chiqaradi.  Erta  bahorda  qoramtir-to`q 
jigarrangli novda o`sib, bo`yi 8-12 sm  ga yetadi. Bu tik o`suvchi bahorgi novda oziq moddalar 
bilan    to`yingan  bo`lib,  ularning  poyasi  bo`g`im  va  bo`g`im  oraliqlarga  bo`linganligi  bilan 
xarakterlidir . Har qaysi bo`g`mda  tangacha simon, nishtarga o`xshash reduksiyalangan barglar 
joylashadi.  Yozgi  novdalar  yashil  rangda  bo`lib,  asossan,assimlyatsiya  qilishga  moslashgan. 
Qirqbo`g`im  o`simligida  ham  gallanib  ko`payish  kuzatiladi.  Sparangiylar  sporali 
boshoqchalarida  6-8  tadan  joylashadi.  Sporangilar  ichida  ko`p  miqdorda    elaterali  sporala 
pishib  yetilgandan  so`ng,  tashqariga  chiqib  sochiladi.  Spora  to`q  yashil  rangli  shar  simon 
hujayradan  iborat  bolib,  qalin  po`st  bilan  o`raladi,  uni    spiral  shaklda  o`ralga  2  ta  tasma-
elaterlar  o`rab  turadi.  Bir  xil  sporalar    o`sib  urg`ochi  gametofit,  2  xillari  esa  erkak  gametafit 
hosil  qiladi.  Urg`ochi  o`simta  ancha  yirik    bo`lib,  unda  arxegoniya  yetiladi.  Erkak  o`simta 
mayda bo`lib,unda anteridiy hosil bo`ladi. Otalanish suv yordamida bo`ladi. Otalangan tuxum 
hujayralardan zigota, undan esa yangi qirqbo`g`im xosil bo`ladi.  
 Plaunsimonlar.  
Plaunlarning  poyasi  dixatomik  ravishda  shoxlanishi  bilan  boshqa  sinflardan  farq 
qiladi.Plaunsimonlarga uncha katta bo`lmagan  ko`p yillik yashil  o`tlar, poyasining uzunligi 1-
3 metrgacha yetadigan yer bag`irlab o`sadigan o`simliklar kiradi. Plaunsimonlarda sporafit nasl 
ustun bo`ladi.     
Jinssiz  ko`payish  sporalar  yordamida  ,  jinsli  ko`p  ayish  jinsiy  organlar  yordamida 
bo`ladi. Plaunsimonlilarda oldin jinssiz , so`ngra jinsiy ko`payish  bo`ladi.  Moxlarda aksincha 
bo`ladi.    O`simtalar  bir  uyli  ikki    jinsli  yoki  ikki  uyli  bir  jinsli  bo`lishi  mumkin  .  otalanish 
protsessi  yog`ingarchilik  vaqtida  bo`ladi.  Otaslangan  tuxum  hujayradan  jinssiz  nasl-  sporafit 
o`sib  chiqadi.  Sporafit  –  bu  ildiz  ,  poya,  bargli  haqiqy  o`simlikdir.  Jinssiz  nasli  –  sporofitda 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə