Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139

119 
 
Yong‘oqning tanasida uchraydigan Po`kak  parazit  zamburug‘ida  bir  yilda 10 mlrd 
spora tayyorlanadi.  
    Jinsli urchishi ikki  xil  usulda  bo‘ladi: 
a)
 
Ooganiya  
b)
 
Konyugatsiya 
 YUqori  murakkab    tuzilgan    zamburug‘larning  jinsiy  urchishi  bir    oz  soddalashgan  
bo‘ladi.  Ularda fiziologik jixatdan har xil bo‘lgan 2 (hujayra) sporalar  qo‘shilib  ko‘payadi. 
Bu sporalarni bipolyar sporalar, ya’ni 2 qutbli sporalar  deyiladi. Bittasi “-“, 2 chisi “+” qutbli 
bo‘ladi.  
 Zamburug‘larni  tipi 5 sinfga bo‘linadi. 
1. Qadimgi zamburug‘lar- Achinycetes 
2.  Suv  o‘tlariga        o‘xshash 
zamburug‘lar- Phycomycetes. 
3. 
Xaltachali 
 
zamburug‘lar- 
Ascomycetes. 
4.  Murakkab  bazideal  zamburug‘lar- 
Basidionycetes. 
5.  Aniqlanmagan  zamburug‘lar-  Fungi 
imperfect. 
Zamburug‘larni  bazi  birlari  mas: 
qo‘ziqorinlar  oqsil  va  N  li  moddalarga  boy 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  odamlar  tomonidan  ular 
iste’mol  qilinadi.  Shampin’on,  Smorchok, 
Djodevik,  Belli  grib  va  boshqalar.  Zamburug‘lar 
qishloq  xo‘jaligida  ham  ahamiyatga  ega. 
O‘simliklar  ildizida    mikorizalar  bo‘ladi. 
Grekcha:  Miks-  ildiz,    ridza–  zam.  Zamburug‘lar 
ildizning  tashqi  tomonida  joylashgan  bo‘lsa 
ektotrof,  ildizining  ichki  organlarida  joylashgan 
bo‘lsa,  endotrof  mikoriza  deyiladi.  Mikorizalarning  axamiyatini  1881  yilda  rus  olimi 
Kamenskiy  aniqlagan.  Mikorizalar  o‘simliklar  ildizini  vitaminlar  bilan  masalan:  B
1
  bilan 
ta’minlab  turadi.  B
1
  vitamin  o‘simlik  ildizining  o‘sishiga  yordam  beradi.  Mikorizalar 
moddalarni    eriydigan  xolga  keltiradi.  Ularning  bazi  birlari  xavodagi  erkin  N  ni  yutish 
xususiyatiga ega. SHu bilan o‘simliklni  azot bilan taminlab, erni N bilan boyitadi.
19
 
Zamburug‘larning  sanoatda  axamiyati  kattadir.  Masalan:  achitqi  zamburug‘i 
Saccharomycetes  glyukozani  etil  spirtiga  aylantiradi.  Zamburug‘larning  tibbiyotda  ham 
axamiyati kattadir. Masalan: shoxkuya (qoramux)  Claviceps pupuriea. Bu zamburug‘ parazit 
holatda  g‘alladon  o‘simliklarida  uchraydi.  Xaltachali  zamburug‘ga  kiradi.  Tarkibida  ergotin 
gruppasiga  kiradigan  bir  qancha  alkoloidlar  bor.  Bu  zamburug‘dan  tayyorlangan  ekstrat 
genekologiya  praktikasida  qon  to‘xtatishda  ishlatiladi.  SHoxkuya  alkoloidi    mushaklarni 
qisqartirish  hususiyatiga  ega.  1942  yili  rus  olimi  Ermoleva  Penicilium  deb  atagan  xaltachali 
zamburug‘dan  penselin  oladi.  1938  yili  rus  olimi  Krasilnikov    xali  yaxshi  aniqlanmagan 
zamburug‘lardan  Actinomycetes    dan    streptomitsen  oldi.  Zamburug‘lardan  bo‘yoq  moddasi 
olinadi. Masalan: po`kak zamburug‘idan. Zamburug‘ning axamiyati bilan birga ularning zarari 
ham  bor.  Parazit  zamburug‘i  qishloq  xo‘jaligiga  juda  katta  zarar  keltiradi.  Masalan:  bazidial 
zamburug‘lari  sinfiga  kiruvchi  qora  kuya  zamburug‘  (golovnya)  Ustilago  hamda  zang 
zamburug‘i  (rjavchiona)  Puccinia  1932  y  qishloq  xojaligida  300  million  so‘mlik  zarar 
etkazgan.  Bu  zamburug‘lardan  qutilish  yo‘li    qorakuya  va  zang  zamburug‘iga  chidamli 
                                                             
2.
 
19
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science. 
Published by forgotten books, 2013. –48 p 
 


120 
 
o‘simlik  navlarini  etkazish,  ekin  ekiladigan  dalalarni  begona  o‘tlardan  tozalash,  urug‘ini 
dorilab ekish va h.k.  
                       
LISHAYNIKLAR-Lichenes 
 
Lishayniklar  2  xil  o‘simlikning    birga  yashashidan  xosil  bo‘lgan  organizmdir. 
Lishayniklarda  suvo‘ti  hamda  zamburug‘    bor.  Lishayniklarda  bo‘lgan  suvo‘ti  va  zamburug‘ 
bir-biri    bilan  simbioz  holatda  yashaydi.  Simbioz  bu  bir-biriga  hamkorlik  va  qarama-qarshi 
kurashdir.  Zamburug‘lardan  asosan  xaltachali  zamburug‘lar,  ba’zan  bazidial  zamburug‘lar, 
suvo‘tlaridan  ko‘k-yashil  yoki  yashil  suvo‘tlari  ishtirok  etadi.  Lishaynikni  tashkil  etgan  bu  2 
organizm  bir-biridan  foydalanib, qisman bir-biriga zarar etkazib, yashashni davom ettiradi. 
Zamburug‘lar  suvo‘tiga  suv  va  mineral  modalarni  beradi,  suvo‘tidan  esa  organik 
modalarni  oladi.  Suvo‘tining  hujayrasida  yashil  rang  beruvchi  pigment  bo‘lmagani  uchun, 
fotosintez bo‘lib, organik modda  tayyorlanadi.  
1867  yil  rus  olimlari  Fomitsen  va  Baranetskiylar  lishayniklarning  tanasidan 
suvo‘tlarini ajratib olgan. Erkinlikga chiqqan suvo‘tlari kuchli taraqqiy etib, zoosporalar hosil 
qilib  ko‘paya  boshlagan.  Suvo‘tlaridan  ajrab  qolgan  zamburug‘lar    esa  normal  taraqqiy  eta 
olmagan.  Fomitsen  va  Baranetskiylar  suvo‘tlari  zamburug‘ga  tushgan  asir  degan  xulosaga 
kelgan.  Bu  2  xil  o‘simlikni  bir-biri  bilan  qo‘shilib  yashashgan  nixoyat  darajada  sovuqqa  va 
issiqqa chidamli organizm  kelib chiqqan.  Lishayniklar, suv-  o‘tlari  yoki  zamburug‘lar  yashay 
olmaydigan  joylarda  o‘sadi  va  taraqqiy  etadi.  Masalan:  toshlarning  ustida,  daraxtlarning 
po‘stlog‘ida, cho‘llarda va boshqa erlarda. 
 
Lishayniklar tashqi ko‘rinishi jihatdan 3 ta guruppaga bo‘linadi:  
1.
 
Ko‘pikka o‘xshash bo‘lgan lishayniklar. 
2.
 
Bargga o‘xshash lishayniklar. 
3.
 
SHoxlanib o‘sadigan lishayniklar. 
 
Ko‘pikka va bargga oxshash lishayniklar toshga, daraxtlarning po‘stlog‘iga yoki biror 
narsaga yopishgan xolda gorizontal o‘sadi. Shoxlanib o‘sadigan lishaynik esa, vertikal o‘sadi. 
Lishayniklarning anatomiyasi ham 2 xil tipda bo‘ladi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə