Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139

103 
 
-siren  
-buldonesh  
-atirgul 
Qalamcha qilib ko‘paytirish. 
-poya  
-ildiz  
-barg 
Payvand
Payvand tag 
Payvandust. 
 
 
 
Vegetativ ko‘payish: 
A-tog‘ olmasining ildizlar yordamida ko‘payishi; B- qulupnayda yashil novda-gajaklar orqali 
ko‘payish; V-krijovnikni parxish usulida ko‘paytirish. 
 
 


104 
 
 
Payvandlashning turlari: 
1-kopulirovka; 2-yorma payvand; 3-okulirovka (kurtak payvand); a-payvandust; b-payvandtag. 
 
I.V.Michurin metodlari. 
1.Yangi yaxshi sort mevali daraxtlarni etishtirish.  
2.Janubdan shimolga ko‘chirish. 
 
O‘simliklarni o‘sish qonuniyatlari.  
 
Poya va ildiz uchki qismi bilan o‘sadi.  
Barg asos qismi bilan o‘sadi. 
Poya va ildiz hamma hayotiy davrda o‘sadi, barglari ma’lum bir o‘lchamgacha o‘sadi. O‘sish 
zonasi: -ildizda-1sm  
                                                             -poyada- 10sm 
                                                             -havo ildizlarida-8-10 sm.  
Qirqquloqsimonlilardan o‘rmon qirqqulog‘ini   bargi   poya kabi uchi bilan o‘sadi. Eniga o‘sish 
kambiy yordamida bo‘ladi. 
 
Jinssiz ko‘payish 
Bakteriya,  suv  o‘tlari,  zamburug‘lar,  lishayniklar  hujayrani  bo‘linishi  yoki  sporasi  bilan 
ko‘payadi. 
 
O‘simliklarni o‘sishiga ichki va tashqi faktorlar ta’sir qiladi: 
1.Temperaturani o‘sishga ta’siri 
 -minimum  
-optimum  
-maksimum. 
 
 
 


105 
 
 
Ba’zi o‘simliklar uchun o‘sish tenperaturalari 
O‘simlik 
Minimum 
temperatura 
Optimum 
temperatura 
Maksimum 
temperatura 
Bug‘doy 
0-5° 
25-31° 
31-37° 
Jo‘xori 
5-10° 
37-44° 
44-50° 
Qovoq 
10-15° 
37-44 ° 
44-50 °. 
Qovun 
15-18° 
31-37° 
44-50° 
 
O‘simliklarni o‘sishiga yorug‘likni ta’siri : 
Daraxtlar: yorug‘likni kam sevadi (el, pixta, tis, buk, lipa)  
                 yorug‘likni sevuvchi:(qarag‘ay, akatsiya, qayin). 
Namlikni o‘sishga ta’siri. 
Protoplazmani suvga to‘yinishi.  
Kislorodni o‘sishga ta’siri. 
Hamma yuksak o‘simliklar kislorod bilan hayot kechiradi. Qanchalik tez o‘ssa shunchalik ko‘p 
kislorod kerak. 
Fitogarmonlarni o‘sishga ta’siri. 
4 gruppa fitogarmonlar ma’lum 
-auksinlar, 
-gibberlinlar, 
-kininlar,  
-ingibitorlar. 
(abetsizovaya kislota, kumarinlar).  
Jinsiy  ko‘payish  2ta  hujayra-gametalarning  qo‘shilishi  orqali  sodir  bo‘ladi.  Bu 
hujayralarning  tashqi  ko‘rinishi  bir-biriga  o‘xshasa  ham  ichki  tuzilishi  o‘xshamaydi.  Bu 
hujayralarning  birini  erkak  gameta,  ikkinchisini  urg‘ochi  gameta  deyiladi.  Ularning 
qo‘shilishidan zigota hosil bo‘ladi. Zigota yangi o‘simlikning dastlabki rivojlanish xususiyatiga 
ega bo‘lgan hujayradir. U o‘zida ikki organizmning gametalarining qo‘shilishi natijasida olgan 
irsiy belgilarini saqlab qoladi va kelgusida namoyon qiladi. SHu bilan birga yangi belgilar ham 
paydo  qilishi  mumkin.  Jinsiy  ko‘payishda  organizm  yangilanadi  va  asta  sekin  sharoitga 
moslasha boradi.  Jinsiy  ko‘payish ko‘pchilik  tuban va  yuksak o‘simliklarda bo‘ladi.  Ayniqsa 
suv  o‘tlaridan  qizil  va  ko‘k  yashil  suv  o‘tlarida  ham  bu  xildagi  ko‘payishni  ko‘rishimiz 
mumkin.  Jinsiy  ko‘payish  qo‘shiluvchi  hujayralarning  ko‘rinishlariga  qarab  3  turda,  ya’ni 
izogamiya, oogamiya va geterogamiya ko‘rinishda sodir bo‘ladi. 
Izogamiyada morfologik bir xil, lekin fiziologik har xil hujayralar- gametalar qo‘shiladi, 
populyatsiyalanadi.  Ulardan  biri  erkak,  ikkinchisi  esa  urg‘ochi  gameta  hisoblanadi.  Ma’lum 
vaqt o‘tgandan so‘ng shu zigotadan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Ulotrikslarda kuzatiladi. 
Geterogamiyada  morfologik  va  fiziologik  har  xil  gametalar  qo‘shiladi.  Bunda  urg‘ochi 
gameta yirikroq bo‘lib kamroq harakat qiladi. Erkak gameta buning aksi bo‘ladi. 
Oogamiyada  kupayishda  urg‘ochi  gameta  sharsimon  ko‘rinishda  bo‘lib,  mutloq  harakat 
qilmaydi.  Erkak  gameta  harakatchan  bo‘lib  mayda  bo‘ladi.  Qizil  va  qo‘ng‘ir  suv  o‘tlarida 
bunday bo‘linish sodir bo‘ladi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan jinsiy ko‘payishda yadrolar bir-biriga qo‘shilganda xromosomalar 
qo‘shilib ketmaydi, balki juftlanadi, qo‘shilish natijasida hosil bulgan populyatsiya yadrosi deb 
ataladi.  YAdro  xromosomalar  soni  ikki  baravar  ko‘payadi.  Bunda  yadro  diploid  yadro  deb 
ataladi. 
 
GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH 
 
Yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  jinsiy  ko‘payish  gulning  paydo  bo‘lishiga  bog‘liq.  Gul 
o‘simliklarning  jinsiy  ko‘payishi  uchun  xizmat  qiladigan  eng  muhim  organdir.  O‘simliklarda 


106 
 
gullar  ma’lum  tuzilishga  ega,  bu  tuzilish  yopiq  urug‘lilarning  har  qaysi  tiplarida  o‘ziga  xos 
bo‘ladi. 
Bizga ma’lumki gul bir necha qismdan iborat bo‘ladi: otaliklar, onaliklar, gulkosa barg va 
gultoji  barglaridan  tashkil  topgan.  Gul  o‘simliklarni  jinsiy  organi  hisoblanadi.  Sun’iy 
chatishtirish orqali bir gul onaligiga boshqa o‘simlik changini solib, ya’ni chetdan changlatib 
yangi  nav  o‘simliklar  yaratiladi.  Bu  soh,ada  I.V.Michurin  mevali  o‘simlik  xillarini  yaratdi, 
rayonlashtirdi. Michurining ishlari seleksiyaning muhim nazariy asosi bo‘lib qoldi. 
O‘simliklarni quyidagi vegetativ   ko‘payish  usullari mavjud : 
Novdalardan parxesh yo‘li bilan ko‘paytirish. Bunda o‘simlikdan chiqqan novdalar egilib 
tuproq  ostiga  tushiriladi  va  ustiga  tuproq  tortiladi.  O‘simlik  uchlari  er  yuziga  chiqarilib 
qo‘yiladi. Bir yil davomida o‘simlik novdalari ko‘karib ona o‘simlikdan oziq oladi va shu bilan 
birga er ostida poyadan iddizchalar chiqaradi. Kuzga borib ona o‘simlikdan ajratib qo‘yilganda 
ham  parxesh  qilingan  o‘simlik  mustaqil  yashayveradi.  Bu  usul  bilan  ko‘paytirish  ayniqsa 
bog‘dorchilikda qo‘l keladi. Tok, tut, malina, krijovnak, ayrim chinnigullar, fikuslar va boshqa 
o‘simliklar parxesh orqali ko‘paytiriladi.  
Payvand. Payvand yoki transplantatsiya deb, tirik o‘simlikning kurtak yoki kurtaklari bor 
qismini  boshqa  o‘simlikka  o‘tkazishni  aytiladi.  O‘tkaziladigan  o‘simlik  payvandust, 
payvandlanadigan  o‘simlik  payvandtag  deb  ataladi.  Payvandni  tuban  o‘simliklarda  va  gulli 
o‘simliklarda o‘tkazish mumkin. Payvandtag payvandustdan organik moddalarni olsa, o‘zi esa 
payvandust  uchun  suv  va  suvda  erigan  mineral  moddalarni  etkazib  beradi.  Payvandlash 
ko‘pchilik daraxt o‘simliklarda, buta va chala buta o‘simliklarda o‘tkaziladi. Ayniqsa, urug‘dan 
chiqqanda  aynib  ketuvchi  gibrid  o‘simlikda  payvandlash  olib  boriladi.  Payvandlashning 
yuzdan  ortiq  xilma-xil  turlari  ishlab  chiqilgan.  O‘zbekistan  sharoitida  keng  tarqalgan 
payvandlash usullaridan: 
1.Kurtak  payvand.  Bu  payvand  ko‘pincha  butalar,  chala  butalar  va  daraxtlarda 
o‘tkaziladi.  SHaftoli,  o‘rik,  gilos,  atirgullardan  kurtak  payvand  o‘tkaziladi.  Buning  uchun 
yuqorida aytilgan o‘simliklarni urug‘lari ekilib erta bahordan to avgust oylarigacha  yaxshilab 
parvarish qilinadi. Avgust oylarida payvand qilinishi lozim bo‘lgan o‘simlik ildiz bo‘g‘izining 
diametri  taxminan  2-3smga  etadi.  Avgust  oylarida  ulanish  uchun  olinishi  lozim  bo‘lgan 
kurtaklar  qalamchalar  ko‘rinishida  tanlab  kesib  olinib,  o‘simlik  barg  bandidan  1,5-2sm 
qoldirib, barg plastinkasi kesib tashlanadi. Olingan qalamchadan kurtak ohista ko‘chirib olinadi 
va  payvandtag  o‘simlikning  ildiz  bo‘g‘zi  "T"  xarfi  shaklida  kesiladi  va  ko‘chirilgan  po‘stloq 
orasiga  kurtak  tushirilib,  mahkam  qilib  bog‘lab  qo‘yiladi.  O‘simlik  ulangan,  ya’ni  payvand 
qilingan joyiga tuproq tortilib, ko‘mib qo‘yiladi. Erta bahorda tuproq olinib, ulangan joyining 
yuqorigi  qismi  kesib  tashlanadi.  SHu  vaqtdan  boshlab  o‘simlik  kurtakdan  ko‘kara  boshlaydi. 
Bu  xildagi  payvand  orqali  juda  ko‘p  xildagi  mevali  daraxtlarni  payvandlash  mumkin.  Ivan 
Vladimirovich Michurin ham o‘zining noyob mevalarini shu xildagi payvand orqali yaratgan. 
2.Iskana  yoki  yorma  payvand.  Bu  payvandda  payvandtag  daraxt  o‘simlik  poyasini 
ko‘ndalangiga  arralab  ajratib  olinadi  va  shu  eri  yorib  uning  ichiga  payvandust  novda 
ko‘rinishida  olinib,  pastki  qismi  yo‘niladi,  uchi  o‘tkirlab  tushiriladi  va  so‘ng  mahkam  qilib 
bog‘lab  qo‘yiladi.  Bu  payvand  erta  bahorda  bizning  sharoitda  fevral-mart  oyining  boshlarida 
o‘tkaziladi. CHunki bunda o‘simliklar hali uyg‘onmagan bo‘ladi. 
Yuqorida  aytilgan  har  ikki  payvand  ham  bog‘dorchilikda  keng  qo‘llaniladi.  Bugungi 
kunda mevali daraxtlarning hammasi ham payvand orqali ko‘paytirilmoqda. 
 
O‘simliklarning rivojlanish etaplari 
 
 O‘simlik rivojlanish davrida ularda aniq morfologik va fizologik belgilar paydo bo‘ladi. 
Mana  shu  belgilarni  aniq  o‘zgarishini  etaplar  yoki  davrlar  deyiladi.  M.X.CHaylaxyan  urug‘li 
o‘simliklarni quyidagi etaplarga bo‘ladi.  
1.Embrional davri- bu o‘simlik changlangandan to murtak hosil bo‘lgungacha davrni o‘z 
ichiga oladi. Bu davr 2 qismdan iborat: 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə