Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139

96 
 
 
Dorzoventral bargning tuzilishi. 
jv — bezli   tukcha, kv — oddiy tukcha,  ve — ustki epidermis, pm — qoziqsimon    to‘qima, 
gm — bulutsimon   to‘qima,   ne — ostki epidermis,   ks — ksilema,  f — floema,  s — 
sklerenxima, koll — kollenxima, ok — bog‘lamni o‘rab turuvchi hujayra, u — og‘izcha. 
 
Ustunsimon  to‘qimalarning  zich  joylashganligi  fotosintez  hodisasida  quyosh  nuridan 
samarali  foydalanishga,  assimilyatsiya  natijasida  hosil  bo‘ladigan  moddalarni  boshqa 
to‘qimalarga o‘tkazishga yordam beradi. 
Bulutsimon to‘qimalar orasida hujayralararo bo‘shliqlar bo‘lyb, ular siyrak joylashgan. 
Ustunsimon hujayralarda xloroplast ko‘proq, shuning uchun barg ustki tomondan to‘q yashil 
bo‘lib  ko‘rinsa,  bulutsimon  to‘qima  hujayralarida  esa  xlorofill  donachalari  kamroq,  shu 
sababli  barg  ostki  tomondan  och  yashil  rangda  bo‘ladi.  Hujayralararo  bo‘shliq  orqali  suv, 
havo  bug‘lari  harakatlanib,  ortiqcha  miqdordagisi  havo  yo‘llari  orqali  tashqi  muhitga 
chiqariladi. 
Ustunsimon  to‘qimalarda  fotosintez  jarayoni  faol  ketsa,  bulutsimon  to‘qimalarda 
ko‘proq  transpiratsiya  (bug‘lanish)  hodisasi  sodir  bo‘ladi.  Ustunsimon  to‘qima  hujayralari 
o‘tkazuvchi to‘qima hujayralariga yondashgan holda yoki bulutsimon to‘qima o‘zining yassi 
tomoni  bilan  ustunsimon  to‘qimaga  birikib,  unda  tayyor  bo‘lgan  organik  moddalarni 
floemaga  etkazib  beradi.  Bu  organik  moddalarning  bir  qismi  bargning  taraqqiyoti  uchun 
sarflansa, qolgan qismi o‘simlikning boshqa organlariga tarqaladi. 
Dorzoventral  tuzilishga  ega  bo‘lgan  barglar  ko‘pincha  mezofit  o‘rta  sharoitda 
yashaydigan o‘simliklarda uchraydi. 
 
IZOLATERIAL BARG TUZILISHI  
 
Izoloterial tuzilishdagi (palisad) barglarda yuqori va pastki epiderma   ostida,   ya’ni   ikki   
tomonlama   ustunsimon   to‘qima joylashgan bo‘ladi. Ustunsimon to‘qimalar orasida 
bulutsimon to‘qima hujayralari va o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan bo‘ ladi.  
Bunday barglar asosan kserofit o‘simliklarda (shuvoq, sambitgul), ba’zan mezofit o‘simliklarda 
(tol, zig‘ir) uchraydi. Bunday tuzilishdagi barglarda ko‘pincha havo yo‘llari bargning pastki 
tomonidagi chuqurchalarda joylashadi. Natijada o‘simlik suvni tejab sarflaydi. 
 
 


97 
 
 
Shuvoq bargining ko‘ndalang kesimi. 
v  — tuk,   jv  — bezli   tuk,    ev  —  ustki    epidermis,    en  —  ostki   epidermis,    pt  — 
ustunsimon  to‘qima,  kss  —  o‘rtangi  qavat  hujayralar,  pp  —  o‘tkazuvchi  boqlam,  k  — 
kutikula. 
 
RADIAL      BARG    TUZILISHI 
 
Qarag‘ay bargining mikroskopik tuzilishi: 1-epiodermis, 2-chokli parenxima, 3-smola 
yo‘lllari, 4-og‘izcha, 5-nedoderma, 6-parenxima hujayralari, 7-sklerenxima, 8-floema. 
 
Radial  bargda  barg  mezofili  radius  bo‘ylab,  ya’ni  aylana  bo‘ylab  joylashadi.  Radial  bargga 
misol  qilib,  qarag‘ay  bargini  olamiz.  Bargning  rivojlanishida  hamma  to‘qimalar  ham  bir 
tekisda  o‘sadi.  Lekin  ninabargli  o‘simliklarda  barg  epidermisining  o‘sishi  assimilyatsion 


98 
 
to‘qimaga  nisbatan  barvaqt  to‘xtaydi,  natijada  assimilyatsion  to‘qimani  hosil  qilayotgan 
hujayralar  o‘sishda  davom  etib,  ular  egri-bugri  holatdagi  hoshiyali  parenximani  hosil  qiladi. 
Qarag‘ayning 
bargi 
ko‘p 
yillik 
bo‘lsa 
ham, 
boshqa 
barglarga 
o‘xshash 
epidermis        bilan        qoplangan.  Epidermis    hujayra-larining  po‘sti  qalin, 
tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Og‘izchalar epidermisdan chuquroqda joylashgan. 
Epidermisni  ichkari  tomonida  mexanik  to‘qima  gipoderma  joylashgan.  Gipoderma  bargga 
qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog‘ichlik vazifasini bajarib turadi. 
Bargning  assimilyatsion  to‘qimasi  chokli  parenximadan  tashkil  topgan.  CHokli  parenximada 
hujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismida joylashgan. 
Bargning  po‘stloq  qismida  smola  yo‘llari  bor.  Smola  yo‘li  atrofida  2  qavat  hujayralar 
joylashgan.  Bir  qavati  tirik  hujayralardan  iborat  bo‘lib,  uni  epitelial  hujayra  deyiladi.  Ba’zi 
olimlarning  fikricha  epitelial  hujayralar  smola  ishlab  chiqaradi.  Epitelial  hujayra  atrofida 
mexanik  to‘qimaga  kiruvchi  o‘lik  hujayralar  joylashgan.  Bargning  markaziy  qismi  ichkari 
tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima-sklerenxima hamda 
o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari        joylashgan.  Radial  bargda  xuddi  poyaga  o‘xshab 
o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlarida  floema  ksilemaning  yuqori  tomoniga  joylashgan  bo‘ladi. 
Qarag‘ay  ochiq  urug‘li  o‘simliklarga  kirgani  uchun  o‘tkazuvchi  to‘qimada  suv  naylari 
bo‘lamaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar 
traxeidlar orqali o‘tib turadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Barg qanday vazifani bajaradi? 
2.
 
Barg qismlari va ularning morfologik tuzilishi qanday? 
3.
 
Qanday turini o‘zgartirgan barglarni bilasiz? 
4.
 
Bargning ichki tuzilishi necha xil bo‘ladi? 
5.
 
To‘liq barg to‘liqsiz bargdan nima bilan farq qiladi. 
6.
 
Barglarning morfologik tuzilishi. 
7.
 
Oddiy barg formalari (misol) 
8.
 
Murakkab barg formalariga (misol) 
9.
 
Barg qirralari xilma-xilligi. 
10.
 
Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari. 
11.
 
Barg plastinkasining tomirlanishi. 
12.
 
Barglarning katta-kichikligi va yashovchanligi. 
13.
 
Barglarning novdalarda  joylanish xillari 
  
 
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –15 р. 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə