Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139

99 
 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Васильев    A.E.    “Морфология,  анатомия    растений”.  –  M.:  Изд-вo    “Высшая 
школа”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Березовская    T.П.,  Дмитрук    С.E.,  Гришина      Е.И.,    Белоусов    M.В.    Основы 
фармацевтической ботаники. – Toмск:  Печатная мануфактура,  2004.-294 с. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
 
Ma’ruza - 7 
 
 
Bargdagi fizologik protsesslar. O‘simliklarning ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi 
 
Ma’ruzaning  maqsadi:Bargdagi  assimilyatsiya,  dissimlyatsiya  va  transpiratsiya 
protsesslari,ularning ahamiyati. 
 
Reja  
 
1.Bargdagi assimilyatsiya protsessi. 
2.Bargdagi dissimilyatsiya protsessi. 
3.Bargdagi transpiratsiya protsessi. 
4.Bargdagi fiziologik protsesslar ahamiyati. 
5.O‘simliklarni ko‘payishi va rivojlanishi. 
 
Tayanch iboralar: O‘simlik  fiziologiyasi:  fotosintez.  Fotosintezning  ochilish  tarixi.  Pristli 
tajribasi.  YAn  Ingixauz  ishlari.  Fotosintez  haqida  zamonaviy  tushuncha.  Xlorofill  tarkibi, 
tuzilishi, yorug‘lik spektorining hosil bo‘lishi.  
Xlorofill,  karotin  va  boshqa  pigmentlarni 
fotosintezda  ishtirok  etishi.  Fotosintezni  2  fazasi:  yorug‘lik  va  qorong‘ulikda  bo‘ladigan 
jarayonlar. Tashqi ta’surotni fotosintez jarayoniga ta’siri. 
 
O‘simliklarni nafas olishi.  O‘simliklar hayotida nafas  olishning ahamiyati va umumiy 
xususiyatlari.  Nafas  olishda  ishtirok  etadigan  fermentlar  va  kimyoviy  jarayon.  Nafas  olishni 
ichki va tashqi sharoitga bog‘liqligi.  
 
BARGNING ASOSIY VAZIFALARI 
Assimilyatsiya.Dissimilyatsiya.Traspiratsiya
               1771  yili  ingliz  olimi  Pristli  havoda  O
2
  borligini  aniqlaydi.  Pristli  o‘simliklar 
tomonidan  CO
2
  o‘zlashtirilishi  masalasini  tekshiradi.  Havo  tarkibida  CO
2
    ning  miqdori 
0,03%.Ammo Pristli qaysi vaqtda o‘simliklar CO
2
 ni yutishini aniklay olmaydi.Uning shogirdi 
Gollandiya  olimi  YAn  Ingengauz  1779-yilda  o‘simliklar  CO
2
  kunduzgi  quyosh  bor  vaqtida 
yutilishini aniqladi.  Bulardan keyin  SHvetsariya  olimlari Senebe, Sossyur quyosh  bor vaqtida 
havoda  CO
2
  kamayib  O
2
  ko‘payishini  ,rus  olimi  Vinogradov  CO

o‘simlik hujayrasida O
2
  va 
karbonga  parchalanib,  havoga  chiqib  ketishini  payqaydi.1860-yili  nemis  olimi  Saks 
o‘simliklarning  hujayrasida  CO
2
  ning  suv  bilan  qo‘shilishidan  kraxmal  (C
6
H
12
O
5
)
n
  hosil 
bo‘lganligini  aniqladi.  Kraxmal  hosil  bo‘lishi  quyosh  nuriga  bog‘liq  bo‘lgani  uchun,  bu 
protsess "fotosintez" deb ham ataladi.
14
 
                                                             
14
.
 Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 
c. 


100 
 
Quyosh  nurining  ahamiyatini  K.ATimiryazov  aniqladi.  Timiryazovning  ko‘rsatishicha 
o‘simlik quyosh nurining 75% ini yutadi. Qolgan 25% i o‘simlik organidan yutilmasdan o‘tib 
ketadi.  YUtilgan  75%  nurning  1-5%  i  fotosintezda  ishtirok  etadi.  Ba’zan  10%  ga  yaqini 
o‘simliklar  tomonidan  sun’iy  bug‘lantirishga  sarf  bo‘ladi.  Timiryazov  xlorofillning  spektrini 
aniqladi.  YA’ni quyosh  spektri  7 ta nurdan iborat  bo‘lsa, xlorofill  3 tasini  yutadi.Timiryazev 
ko‘rsatishicha  xlorofill  quyoshning  B  bilan  C  orasidagi  qizil  nurni,  ko‘k  va  binafsha  nurini 
ko‘p yutadi. O‘simliklarning bir yildagi fotosintezi uchun 162 tirillion kkal issiqlik sarf bo‘ladi. 
Rus olimi Vinogradov fotosintez protsessida CO
2
 emas, balki H
2
O parchalanishini isbotladi. U 
H
2
O  karbon  bilan  birikadi  O
2
  esa  havoga  chiqib  ketadi  deb,  hisoblaydi.  YA’ni  u  Timiryazev 
kursatgan fikrni tasdiqlaydi. 
CO
2
 + H
2
O → CHOH + O

 
CO
2
  ildiz  orqali  olingan  suv  bilan  birikib,chumoli  aldegid  hosil  qiladi.  Ortiqcha  O
2
 
havoga chiqib ketadi. CHOH ning 6 molekulasi xlorofill donalarida birikib , 1 molekula shakar 
hosil bo‘ladi ( C
6
H
12
O
6
 ). 
Rus  olimi  Butlerov  laboratoriyada  chumoli  aldegid  CHOH  dan  glyukoza  C
6
H
12
O

olgan, 1 molekula shakar hosil bo‘lishi uchun 674 kkal quyosh energiyasi sarf bo‘ladi.  
Assimilyatsiya protsessining formulasini quyidagicha yoziladi. 
 
6CO
2
 + 6H
2
O —674kkal→ C
6
H
12
O
6
 +6O

 
Ko‘pchilik  o‘simliklarda shakar darhol xlorofill donalari ichida kraxmalga aylanadi. 
 
C
6
H
12
O
6
 + H
2
O —diastaza→ (C
6
H
12
O
5
)

 
Shakarning 
kraxmalga 
aylanishi 
diastaza 
fermenti 
ta’sirida 
bo‘ladi.   Kraxmal   ba’zi       o‘simliklarda lolagullilar 
 oilasiga
 
kiruvchi  o‘simliklarda  (lola,  piyoz,  sarimsoq  piyoz)da  bo‘lmaydi.  Bu  o‘simliklarda 
oziqli modda sifatida ikkilamchi shakar va kraxmal to‘planadi.    Birlamchi 
shakar va 
kraxmal  qisman  sarflanadi,  qisman  oziqli  modda  sifatida  to‘planadi.  Oziqli  modda      sifatida   
to‘plangan   shakar   va   kraxmal   "ikkilamchi" deyiladi. Fotosintez jarayoni natijasida barcha 
tirik  organizmlar  uchun  zarur  bo‘lgan  organik  moddalar  hosil  bo‘ladi.  Olimlarning 
hisoblashlaricha Er sharidagi barcha yashil o‘simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni 
o‘zlashtirib  170  mlrd.  t  uglerod  hosil  qiladi.  Bunda  500  mlrd.  t  suvni  parlatib,  400  mlrd.  t 
organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.Nafas olish barg uchun 
asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod 
ishtirokida  suv  va  karbonat  angidridga  parchalanadi.  Parchalanish  natijasida  hosil  bo‘lgan 
energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi. 
DISSIMILYATSIYA (nafas olish) 
 
O‘simliklar hayvon va odamlarga o‘xshash havodan O
2
 yutib CO
2
 chiqaradi. O
2
 achitish 
xususiyatiga  ega,  yonishga  yordam  beradi.  O
2
  ta’sirida  oziqli  moddalar  tuzilgan  qismlarga 
parchalanadi.  Natijada  oziqli  moddalar  tarkibidagi  yashirin  potensial  energiya  ajralib  chiqadi, 
ya’ni  kinetik  energiyaga  aylanadi.  Kinetik  energiya  hisobiga  organizm  yashaydi,  o‘sadi  va 
taraqqiy etadi. Nafas olish protsessini mohiyatini akademik Palladin va professor Kostichevlar 
tekshirishgan. O‘simliklarning  yosh va o‘suvchi  organlarining nafas olishi odamlarning nafas 
olishi  bilan  barobar,  ba’zan  undan  ortiq  bo‘ladi.  Masalan,  nafas  olish  protsessida  o‘z 
og‘irligidan  1-2%  yo‘qotadi.  Unib  chiqmoqchi  bo‘lgan  urug‘lar  ham  shuncha  og‘irligini 
yo‘qotadi.  Xamirturish  zamburug‘ining  nafas  olishi  odamlarga  nisbatan  6  marta, 
                                                                                                                                                                                                 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə