Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139

177 
 
           G’ozpanja turkumi – Potentilla. 
    Bu  turkumga  sharq  g’ozpanjasi  (P.  orientalis),  pakana  g’ozpanja  (P.  supina),  tik  o’suvchi 
g’ozpanja (P. erecta), osiyo g’ozpanjasi (P. asiatica) va boshqa turlarni o’z ichiga oladi.  
    Tik  o’suvchi  g’ozpanja  lo’p  yillik,  bo’yi  15-20  sm  ga  yetadigan  o’t  o’simlik.  Poyasi 
ko’tarilib  o’suvchi  yoki  tik  o’suvchi,  yuqori  qismi  shoxlangan.  Poyadagi  barglari  doimo  uch 
plastinkali,  ketma-ket  joylashadi.  Bu  o’simlikning  dorivor  preparatlari  burushtiruvchi  va 
antiseptic  dori  sifatida  og’izning  shilliq  qavatlari  yallig’lanishida  va  anginada  og’iz  chayish 
uchun ishlatiladi. 
          Na’matak yoki itburun turkumi  -  Rosa 
                                  
 
Na’matak – Rosa                                          Umumiy ko’rinishi va mevasi 
         
    Na’matak  turlari  bo’yi  2  m  ga  yetdigan  tikanli  buta.  Novdasi  egiluvchan  bo’lib,  yaltiroq, 
qo’ng’ir-qizil  va  qizil-jigarrang  tusli  po’stloq  bilan  qoplangan.  Barglari  (5-7  ta)  tuxumsimon 
shaklli  va  arrasimonqirrali.  Gullari  yirik,  yakka  yoki  2-3  tadan  shoxlarga  o’rnashgan.  Guli 
qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, hushbo’y hidli. Guloldi barglari lansetsimon. Kosacha va toj 
bargi 5 tadan, otalik va onaliklari ko’p sonli. Mevasi – gul o’rnidan hosil bo’lgan shirali soxta 
meva.  Ichida  onaliklaridan  hosil  bo’lgan  bir  nechta  haqiqiy  meva    -  yong’oqchalar  bor. 
Yong’oqcha  o’tkir  uchli,  sertuk  bo’lib,  burchaksimon  shaklga  ega.  Na`matak  turlarii 
o’rmonlarda,  ariq  bo’ylatida,  butalar  orasida,  tog’larning  quruq  toshloq  yon  bag’irlarida  va 
boshqa  yerlarda  o’sadi.  Uning  ayrim  turlari  bir-biridan  mevasining,  novda 
po’stlog’idagitikanning  rangi,  shakli,  katta  kichikligi  hamda    novdadagi  tikanlar  soni  va 
joylashishiga qarab farq qiladi. 
Olma gullilar kenja oilasi – Pomoideae 
Bu  kenja  oila  vakillari  daraxt,  ba’zan  buta  o’simliklardir.  Barglari  asosan  oddiy 
plastinkasi  butun  yoki  qirqilgan.  Urug’chi  tugunchasi  ostki,  kosachabarg  soxta  meva  hosil 
bo’lishida  ishtirok  etadi.  Bu  kenja  oilga  kiradigan  o’simliklar,  asosan  mo’tadil  iqlimli 
kenglikda o’sadigan mevali o’simliklardir. Olmagullilar kenja oilasi olma (Malus), nok (Pirus), 
bexi (Cydonia), do’lana (Crataegus) turkumlarni o’z ichiga oladi. 
          
 Olma turkumi – Malus. 
    Bu avlod daraxt va buta o’simliklarni o’z ichiga oladi. Barglari tuxumsimon, ostki tomoni 
bir hujayrali, soyabon to’pgulga o’rnashgan. Urug’chining ustunchalari 5 ta bo’lib  yarmigacha 
birikib o’sgan bo’ladi. Changchilari ko’p bo’lib 18-50 tagacha, chang xaltachalari sariq tusda. 
Mevasida 5 – 15% qand, olma kislotasi, temir, pectin moddalari bo’ladi. 


178 
 
Bu avlodning keng tarqalgan turlari uy olmasi (M.domestica), do’lana olma, xitoy olmasi (M. 
prumifolia).  
          Nok  turkumi  - Pirus 
    Bu avlod vakillari barglari asosan, butun, faqat bir qismigina patsimon bo’lingan. Novdalari 
tikansiz.  Mevasi  bandiga  qarabingichkalashadi.  Barglari  oddiy,  gullari  esa  shoda  to’pgulga 
joylashgan.  Changchilarining  chang  xaltalari  binafsha  tusda.  Urug’chining  ustunchalari  5  ta 
erkin o’sgan. Mevasida tosh xujayralari bo’ladi.  Bu avlodning ahamiyatli vakillari oddiy nok 
(P. communis), turkman noki (P. turkomanica). 
          Do’lana turkumi -  Crataegus 
    Do’lana  turlari  bo’yi  5  m  ga  yetadigan  buta  yoki  kichik  daraxt.  Novdalari  qizil  yoki  kul 
rangli bo’lib, siyrak joylashgan yo’g’on, qattiq, 2.5-4 sm uzunlikdagi tikanlar bilan qoplangan. 
Bargi  oddiy,  tukli,  teskari  tuxumsimon  yoki  romb  shaklda,  uncha  chuqur  bo’lmagan  3-7 
bo’lakli  (bo’laklari  arrasimon  qirrali)  bo’lib,  poyada  bandi  bilan  ketma-ket  o’rnashgan. 
Qo’shimcha  barglari  o’roqsimon  yoki  qiyshiq  yuraksimon  shaklli  va  yirik  tishsimon  qirrali. 
Gullari qalqonsimon to’pgulni hosil qiladi. Mevasi to’q qizil, qora, sariq yoki to’qsariq tangli, 
sharsimon, ellipsimonyoki tuhumsimon shaklli, 2-5 ta danakli ho’l meva. Do’lananing mevasi 
tarkibida  triterpin  saponinlar,  xlorogen,    kofe  kislota,  efir  moyi  va  boshqa  moddalar  bor. 
Do’lananing dorivor preparatlari yurak kasalliklarida ishlatikladi.  
     
          Olxo’ri gullilar kenja oilasi – Prunoideae 
    Daraxt va buta o’simliklar bo’lib barglari oddiy, butun, poyada ketma-ket joylashgan. 
Gullari yakka yoki oddiy soyabon to’pgulda joylashgan. Hashoratlar yordamida changlanadi. 
Mevalari danakli. Olxo’ri gullilar kenja oilasi bodom (Amygdalus), tog’olcha (Prunus), o’rik 
(Armeniaca), shaftoli (Persica), olcha (Cerasus) turkumlarini o’z ichiga oladi. 
     
 
Olcha - Cerasus                             Shaftoli - Persica 
                            Bodom avlodi – Amygdalus 
Bodom  daraxtining bo’yi  2-5, ba’zan 8 m  bo’ladi.  Novdalari  qizg’ish jigarrang, shoxlarining 
po’stlog’I  kulrang-qo’ng’ir,  tanasiniki  esa  qoramtir.  Bargi  oddiy,  lansetsimon  yoki  ensiz 
ellipsimon, o’tkir uchli, cheti esa o’tmas, mayday tishsimon bo’lib, bandi bilan poyada ketma-
ket  o’rnashgan.  Gullari  oq  yoki  och  pushti  rangda  bo’li,  shoxlarida  yakka-yakka  joylashgan. 
Mevasi  qiyshiq  yoki  choziq  tuxumsimon  danakli  meva.  Bodomning  ikki  tur  xili  uchraydi, 


179 
 
ularni  faqat  mag’izini  achchiq  –chuchukligiga  qarab  ajratish  mumkin:  chuchuk  bodom  –  A. 
communis L. varietas D. C. va achchiq bodom – A. communis L. varuetas amara D.C. 
     Po’sti  olib  tashlangan  chuchuk  bodom  urug’idan  tayyorlangan  emulsiya  me’da-ichak  
og’riqlarini  qoldirish  uchun,  moyi  esa  ich  yumshatuvchi      dori  sifatida  qo’llaniladi. 
Farmasevtikada  bodom  moyi  ba’zi  dorilar  (kamfora  va  boshqalar)  ni  eritish  hamda  surtma 
tayyorlash uchun ishlatiladi. 
    Xulosa  qilib  aytganda  atirguldoshlar  oilasiga  kiruvchi  o’simliklarning  ko’pchiligi  iste’mol 
qilinadi, vitaminlar, efir moylari, yog’lar olinib, ular tibbiyotda atir-upa sanoatida qo’llaniladi. 
Sеldеrguldoshlar (soyabonguldoshlar) oilasi - Apiacеaе. 
Bu oilaga kiradigan o’simliklarning ko’pchiligi o’tsimon o’simliklar bo’lib, chala buta 
va buta o’simliklari kam uchraydi. O’tsimon o’simliklar asosan shimoliy yarim sharning 
mo'tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o’simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda 
o’sadi. 
Selderguldoshlar oilasi – Apiaceae 
Barglari  navbat  bilan  joylashgan,  yonbargsiz,chеtlari  tеkis  yoki  bir  nеcha  joyidan  chuqur 
qirqilgan  bo’lib  poyani  qinlari  bilan  birmuncha  o’rab  oladi.  Poyaning  еr  ustki  qismini  ichi 
kovak,  unda  moy  yo’llari  bor,  bo’g’im  va  bo’g’im  oraliqlari  bilinib  turadi.Gullari  mayda 
bo’lib, soyabonsimon to’pgullarga to’planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbarglardan 
iborat  umumiy  o’rama  ichiga  olingan,  soyabonlarning  asosida  ham  mana  shunday  kichik 
o’ramachalar  bor.  O’rama  va  o’ramachalarning  shakli,  kattaligi  va  qay  xilda  joylashganligi 
o’simliklarni to’g’ri sistеmasiga imkon bеradigan muhim bеlgi hisoblanadi.Gullari aktinomorf, 
ikki  jinsli,  ba'zan  bir  jinsli  (bir  yoki  2  uyli)  lari  ham  uchraydi.  Ba'zi  bir  o’simliklarda 
to’pgullarning  chеtidagi  tashqi  tojbarglar  ichkaridagilarga  qaraganda  yirikroq  bo’ladi.  Gul 
kosachalari  juda  ham  qiyalangan,  kosachasi  5  tishli,  mayda  ko’pincha  rivojlanmay  ham 
qoladi.Tojbarglari  5  ta,  tutashmagan,uchi  gulning  ichkarisiga  qarab  bukilgan  bo’ladi.  Otaligi 
ham  5  ta,  g’unchada  tojbargiga  o’xshab  ichkari  tomon  qaragan  holda  yotadi.  Urug’chisi  2 
mеvabargli, tugunchasi ostki, 2 uyali, har qaysi uyasi bir urug’kurtakli. Tuguncha 2 ustunchali 
bo’lib,  har  qaysi  ustunchaning  asosini  nеktardon  o’rab  turadi.  Gullari  protеandrin  tipda 
(otaliklari  onaliklaridan  ilgari  еtiladi),  hashoratlar  yordamida  chеtdan  changlanadi.  Mеvasi 
pishgandan kеyin 2 ta mеvachaga ajralib, karnoforda, ya'ni ipsimon qo’shoq mеvaband uchida 
bir qancha vaqt  osilib  turuvchi  qo’sh pistachadir. Urug’i endospеrmli  va  mеvaqati bilan zich 
qo’shilib o’sgan. Sеldеrguldoshlar oilasi 3500 taga yaqin turni o’z ichiga olgan. Gul formulasi:    
Ca
(5)
 Co
5
 A
5
 G
(1)
  
    Bu    oilaning    katta    ahamiyatga    ega    bo’lgan    turlari quyidagilardir: 
          Sabzilar avlodi  -  Daucus 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə