175
MA’RUZA 16
Atirguldoshlar, selderguldoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va
astraguldoshlar oilalari.
Ma’ruzaning maqsadi:
Karamguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar, selderguldoshlar, dukkakdoshlar,
ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va astraguldoshlar oilalariga tasnif ularning asosiy vakillari
to’g’risida tushuncha berish.
Reja:
1.
Atirguldoshlar oilasiga tasnif.
2.
Tobulg’iguldoshlar va Itburunlar(atirgullilar) kenja oilalari vakillari
3.
Olma va olxo’rigullilar kenja oilasiga kiruvchi vakillari
4.
Selderguladoshlar oilasiga tasnif.
5.
Dukkakdoshlar tartibiga tasnif.
6.
Mimozagullilar oilasiga tasnif.
7.
Kapalakgullilar oilasining vakillari.
8.
Tsezalpingullilar oilasiga tasnif.
9.
Ituzumdoshlar oilasiga tasnif.
10.
Yasnotkaguldoshlar (labguldoshlar) oilasiga tasnif.
11.
Astraguldoshlar oilasiga tasnif.
Tayanch iboralar :Atirguldoshlar oilasi: na'matak, malina, еr tut. Olmaguldoshlar
oilasi: olma, nok, bеhi, do’lana. Olho’riguldoshlar oilasi: bodom, tog’olcha, o’rik, olcha,
shaftoli o’simliklar. Dukkakdoshlar tartib va uning oilalari: akatsiya, sano, tikan daraxti
(glеdichiya), no’xat, chuchukmiya, bеda, tеrmopsis.
Sеldеrguldoshlar oilasi: qora zira,
sassiq kavrak, dorixona ukropi, kashnich, sabzi.
Ituzumdoshlar oilasi: ituzum, bangidеvona,
mingdеvona, bеlladonna, fizalis, garmdori, chin tamaki, chilim tamaki, pomidor, baqlajon,
kartoshka.Yasnotkaguldoshlar oilasi: yalpiz, dorivor mavrak.
Astraguldoshlar
oilasi:
kungaboqar, bo’tako’z, romashka, qoqio’t, topinambur (еrnok), bo’ymadaron, shuvoq,
sachratqi.
Atirguldoshlar oilasi – Rosaceae.
Bu oilaga kiruvchi o’simliklarning hayotiy shakllari doim yashil yoki barglarining
to’kadigan daraxt, buta, ko’p yillik o’t o’simliklaridan iborat. Barglari turli shakllarda bo’lib,
oddiy va murakkab, yon bargchali bo’lib poyada ketma-ket joylashgan. Murakkab barglari
asosan uch yoki toq patsimon. Gullari to’pgul yoki yakka o’rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf,
murakkab gulqo’rg’onli. Gulkosasi 4-5 ta bargchaga ega, kosacha barglarining soni ikki
barobar ortganda ost kosacha hosil qiladi. Gultojbarglari erkin o’sadi, 4-5ta. Changchilari 5 -10
tadan doira bo’lib joylashgan. Urug’chisi bitta ba’zan ko’p. Ra’noguldoshlarning gullaridagi
xarakterli xususiyat ularni boshqa oilalardan ajratib turadi. U ham bo’lsa, guldon-gipantiya.
Guldon o’ziga hos bo’lib, gulkosacha, tojbarglarning chanchi bilan gul o’rin to’qimalarini
birlashishidan vujudga keladi. Gipantiya-guldonning shakllari turlicha: likopcha, kosacha,
qo’ng’iroqcha, tekis, do’ng bo’lishi mumkin. Gul tuguni ustki va yarim pastki bo’lishi
mumkin. Asosan hashoratlar bilan changlanadi. Mevalari bargmeva, ko’sakmeva, yong’oqcha,
pista, olma, danakli meva, to’pmeva va soxta meva. Urug’lari endospermsiz. Bu oilaning
176
vakillari har xil qandlarga, vitaminlarga, turli fermentlarga, organic kislotalar va efir moylariga
boy. Atirguldoshlar oilasi xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan xilma-xil meva daraxtlar hamda
manzarali o’simliklarni o’z ichiga oladi. Atirguldoshlar oilasining gullari, mevalari turli xilda
bo’lgani uchun ular 4 ta kenja oilaga bo’linadi:
1.
Tobulg’iguldoshlar – Spiraeoideae – Ca
(5)
Co
(5)
A
∞
G
6-10
2.
Itburunlar(atirgullilar)_ - Rosoideae – Ca
(5)
Co
5
A
∞
G
∞
3.
Olma gullilar – Pomoideae – Ca
(5)
Co
5
A
∞
G
(5)
4.
Olxo’ri gullilar – Prunoideae – Ca
(5)
Co
5
A
∞
G
1
Tobulg’iguldoshlar kenja oilasi – Spiraeoideae
Oila vakillari buta o’simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari mayday,
sochoq yoki qalqonsimon to’pgulda joylashgan. Mevalari bargmeva. Bu kenja oilaga tobulg’i
avlodi (Spiraea) kiradi. Bu avlod vakillari barglari butun, cheti tekis yoki tishli. Tugunchasi bir
nechta urug’chidan tashkil topgan – murakkab, mevasi ham murakkab: bir nechta mevacha
yeg’indisidan tashkil topgan, ularning hammasi gulning ustidan ko’rinib turadi. Gullari oq,
pushti yoki qizil. Urug’lari qanotsiz. Bu turkum yapon tobulg’isi (S. japonica), o’rtancha
tobulg’i (S. media), dalachoybarg tobulg’i (S. hypericifolia), tukdor tobulg’i (S. pilosa) kabi
turlarni o’z ichiga oladi.
Itburunlar(atirgullilar) kenja oilasi - Rosoideae
Bu oilaning vakillari buta, chala buta, o’t o’simliklardir. Barglari poyada ketma-ket
joylashgan bo’lib toq patsimon, murakkab yoki o’yilgan oddiy bo’lib yon bargchalarga ega. Bu
kenja oilaning gul formulasiga nazar solar ekanmiz ularning urug’chisi ko’plagini bilishimiz
mumkin. Shu belgisi bilan atirguldoshlar oilasining boshqa kenja oilalaridan farqlanib turadi.
Bu kenja oila malina (Rubus idaeus), qulupnay (Fragaria), g’ozpanja (Potentilla), na’matak
yoki itburun (Rosa) turkumlrini o’z ichiga oladi.
Malina turkumi – Rubus idaeus.
Boyi 1-2 m ga yetadigan yarim buta. Ildizpoyadan ikki yillik yer ustki novdalar o’sib
chiqadi. Birinchi yilgi novdalari yashil, yog’ochlanmagan, mayday tikanli bo’lib, meva
qilmaydi. Bu poya qishga borib yog’ochlanadi, tikanlari ham yo’qoladi va kelasi yili iyun-iyul
oylarida gullaydi. Mevasi pishgandan keyin eski poyasi qurib qoladi. Ildizpoyadan har yili
yangi poyalar o’sib chiqadi. Barglari toq patli murakkab, 5-7 ta bargchadan tashkil topgan
bo’lib, poyada uzun bandi bilan ketma-met joylashgan. Poyaning yuqori qismidagibarglari
ko’pincha uch plastinkali bo’ladi. Bargchasi tuhumsimon, yuqori tomoni tuksiz, pastki tomoni
esa tukli. Qo’shimcha barglari ipsimon shaklga ega. Gullari ko’rimsiz, yashil-oq rangli,
qalqonsimon ro’vakka to’plangan. Gulkosasi 5 ta qirqilgan, meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5
ta, otaligi va onaligi ko’p sonli. Mevasi – qizil rangli, danakli, murakkab ho’l meva. Quritilgan
mevalari turli shamollash kasalliklarida terlatuvchi dori sifatida qo’llaniladi. Ho’l mevadan
tayyorlangan sharbat farmasevtikada suyuq dorilar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Qulupnay turkumi – Fragaria
Bu turkumga o’rmon qulupnayi (yertut) – Fragaria versa turini misol qilib olsak, u ko’p
yillik, bo’yi 5-20 sm bo’lgan qo’ng’ir rang ildizpoyali va mayday ildizli o’t o’simlik. Barglari
uzun bandli, uch plastinkali. Gullari yirik, uzun bandli. Mevasi – tuxumsimon yoki keng
ellipsimon, qizil rangli, gul o’rnidan hosil bo’lgan soxta meva. Bu o’simlik barg va mevasidan
dorivor preparatlar tsinga va boshqa avitominoz kasalliklarida, siydik haydovchi dori sifatida,
podagrada, kam qonlikda, bachadondan qon oqishini to’xtatish uchun yara, teri va boshqa
kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |