Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   139

175 
 
MA’RUZA  16  
 
Atirguldoshlar,  selderguldoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va   
astraguldoshlar oilalari. 
 
Ma’ruzaning maqsadi: 
 
Karamguldoshlar,  gulxayridoshlar,  atirguldoshlar,  selderguldoshlar,  dukkakdoshlar, 
ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va astraguldoshlar oilalariga tasnif  ularning asosiy vakillari 
to’g’risida tushuncha berish. 
 
                   
Reja: 
1.
 
Atirguldoshlar oilasiga tasnif. 
2.
 
Tobulg’iguldoshlar va Itburunlar(atirgullilar) kenja oilalari vakillari 
3.
 
Olma va olxo’rigullilar kenja oilasiga kiruvchi vakillari 
4.
 
Selderguladoshlar oilasiga tasnif. 
5.
 
Dukkakdoshlar tartibiga tasnif. 
6.
 
Mimozagullilar oilasiga tasnif. 
7.
 
Kapalakgullilar oilasining vakillari. 
8.
 
Tsezalpingullilar oilasiga tasnif. 
9.
 
Ituzumdoshlar oilasiga tasnif. 
10.
 
Yasnotkaguldoshlar (labguldoshlar) oilasiga tasnif. 
11.
 
Astraguldoshlar oilasiga tasnif. 
 
Tayanch  iboralar  :Atirguldoshlar  oilasi:  na'matak,  malina,  еr  tut.  Olmaguldoshlar 
oilasi:  olma,  nok,  bеhi,  do’lana.  Olho’riguldoshlar  oilasi:  bodom,  tog’olcha,  o’rik,  olcha, 
shaftoli o’simliklar.   Dukkakdoshlar  tartib  va  uning  oilalari:  akatsiya,  sano,  tikan  daraxti 
(glеdichiya), no’xat, chuchukmiya, bеda, tеrmopsis.  
Sеldеrguldoshlar  oilasi:  qora  zira, 
sassiq kavrak, dorixona ukropi, kashnich, sabzi. 
Ituzumdoshlar oilasi: ituzum, bangidеvona, 
mingdеvona,  bеlladonna,  fizalis,  garmdori,  chin  tamaki,  chilim  tamaki,  pomidor,  baqlajon, 
kartoshka.Yasnotkaguldoshlar oilasi: yalpiz, dorivor mavrak. 
Astraguldoshlar 
oilasi: 
kungaboqar,  bo’tako’z,  romashka,  qoqio’t,  topinambur  (еrnok),  bo’ymadaron,  shuvoq, 
sachratqi.  
        
Atirguldoshlar oilasi – Rosaceae. 
 
Bu  oilaga  kiruvchi  o’simliklarning  hayotiy  shakllari  doim  yashil  yoki  barglarining 
to’kadigan daraxt, buta, ko’p yillik o’t o’simliklaridan iborat.  Barglari turli shakllarda bo’lib, 
oddiy  va  murakkab,  yon  bargchali  bo’lib  poyada  ketma-ket  joylashgan.  Murakkab  barglari 
asosan uch yoki toq patsimon. Gullari to’pgul  yoki yakka o’rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf, 
murakkab  gulqo’rg’onli.  Gulkosasi  4-5  ta  bargchaga  ega,  kosacha  barglarining  soni  ikki 
barobar ortganda ost kosacha hosil qiladi. Gultojbarglari erkin o’sadi, 4-5ta. Changchilari 5 -10 
tadan  doira  bo’lib  joylashgan.  Urug’chisi  bitta  ba’zan  ko’p.  Ra’noguldoshlarning  gullaridagi 
xarakterli  xususiyat  ularni  boshqa  oilalardan  ajratib  turadi.  U  ham  bo’lsa,  guldon-gipantiya. 
Guldon  o’ziga  hos  bo’lib,  gulkosacha,  tojbarglarning  chanchi  bilan  gul  o’rin  to’qimalarini 
birlashishidan  vujudga  keladi.  Gipantiya-guldonning  shakllari  turlicha:  likopcha,  kosacha, 
qo’ng’iroqcha,  tekis,  do’ng  bo’lishi  mumkin.  Gul  tuguni  ustki  va  yarim  pastki  bo’lishi 
mumkin. Asosan hashoratlar bilan changlanadi. Mevalari bargmeva, ko’sakmeva, yong’oqcha, 
pista,  olma,  danakli  meva,  to’pmeva  va  soxta  meva.  Urug’lari  endospermsiz.  Bu  oilaning 


176 
 
vakillari har xil qandlarga, vitaminlarga, turli fermentlarga, organic kislotalar va efir moylariga 
boy.  Atirguldoshlar  oilasi  xo’jalik  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  xilma-xil  meva  daraxtlar  hamda 
manzarali o’simliklarni o’z ichiga oladi. Atirguldoshlar oilasining gullari, mevalari turli xilda 
bo’lgani uchun ular 4 ta kenja oilaga bo’linadi: 
1.
 
Tobulg’iguldoshlar – Spiraeoideae – Ca
(5)
 Co
(5)
 A

 G
6-10
 
2.
 
Itburunlar(atirgullilar)_ - Rosoideae – Ca
(5)
  Co
5
 A

 G

 
3.
 
Olma gullilar – Pomoideae – Ca
(5)
 Co
5
 A

 G
(5)
 
4.
 
Olxo’ri gullilar – Prunoideae – Ca
(5)
 Co

A

 G
1
 
   
Tobulg’iguldoshlar kenja oilasi – Spiraeoideae 
Oila  vakillari  buta  o’simliklardir.  Barglari  oddiy  yoki  murakkab,  gullari  mayday, 
sochoq yoki qalqonsimon to’pgulda joylashgan. Mevalari bargmeva. Bu kenja oilaga tobulg’i 
avlodi (Spiraea) kiradi. Bu avlod vakillari barglari butun, cheti tekis yoki tishli. Tugunchasi bir 
nechta  urug’chidan  tashkil  topgan  –  murakkab,  mevasi  ham  murakkab:  bir  nechta  mevacha 
yeg’indisidan  tashkil  topgan,  ularning  hammasi  gulning  ustidan  ko’rinib  turadi.  Gullari  oq, 
pushti  yoki  qizil.  Urug’lari  qanotsiz.  Bu  turkum  yapon  tobulg’isi  (S.  japonica),  o’rtancha 
tobulg’i  (S.  media),  dalachoybarg  tobulg’i  (S.  hypericifolia),  tukdor  tobulg’i  (S.  pilosa)  kabi 
turlarni o’z ichiga oladi. 
 
Itburunlar(atirgullilar) kenja oilasi - Rosoideae 
Bu  oilaning  vakillari  buta,  chala  buta,  o’t  o’simliklardir.  Barglari  poyada  ketma-ket 
joylashgan bo’lib toq patsimon, murakkab yoki o’yilgan oddiy bo’lib yon bargchalarga ega. Bu 
kenja  oilaning  gul  formulasiga  nazar  solar  ekanmiz  ularning  urug’chisi  ko’plagini  bilishimiz 
mumkin.  Shu  belgisi  bilan  atirguldoshlar  oilasining  boshqa  kenja  oilalaridan  farqlanib  turadi. 
Bu  kenja  oila  malina  (Rubus  idaeus),  qulupnay  (Fragaria),  g’ozpanja  (Potentilla),  na’matak 
yoki itburun (Rosa) turkumlrini o’z ichiga oladi. 
          Malina turkumi – Rubus idaeus. 
    Boyi  1-2  m  ga  yetadigan  yarim  buta.  Ildizpoyadan  ikki  yillik  yer  ustki  novdalar  o’sib 
chiqadi.  Birinchi  yilgi  novdalari  yashil,  yog’ochlanmagan,  mayday  tikanli  bo’lib,  meva 
qilmaydi. Bu poya qishga borib yog’ochlanadi, tikanlari ham yo’qoladi va kelasi yili iyun-iyul 
oylarida  gullaydi.  Mevasi  pishgandan  keyin  eski  poyasi  qurib  qoladi.  Ildizpoyadan  har  yili 
yangi  poyalar  o’sib  chiqadi.  Barglari  toq  patli  murakkab,  5-7  ta  bargchadan  tashkil  topgan 
bo’lib,  poyada  uzun  bandi  bilan  ketma-met  joylashgan.  Poyaning  yuqori  qismidagibarglari 
ko’pincha uch plastinkali bo’ladi. Bargchasi tuhumsimon, yuqori tomoni tuksiz, pastki tomoni 
esa  tukli.  Qo’shimcha  barglari  ipsimon  shaklga  ega.  Gullari  ko’rimsiz,  yashil-oq  rangli, 
qalqonsimon ro’vakka to’plangan. Gulkosasi 5 ta qirqilgan, meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5 
ta, otaligi va onaligi ko’p sonli. Mevasi – qizil rangli, danakli, murakkab ho’l meva. Quritilgan 
mevalari  turli  shamollash  kasalliklarida  terlatuvchi  dori  sifatida  qo’llaniladi.  Ho’l  mevadan 
tayyorlangan sharbat farmasevtikada suyuq dorilar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi. 
        
   Qulupnay turkumi – Fragaria 
    Bu  turkumga  o’rmon  qulupnayi  (yertut)  –  Fragaria  versa  turini  misol  qilib  olsak,  u  ko’p 
yillik, bo’yi 5-20 sm bo’lgan qo’ng’ir rang ildizpoyali va mayday ildizli o’t o’simlik. Barglari 
uzun  bandli,  uch  plastinkali.  Gullari  yirik,  uzun  bandli.  Mevasi  –  tuxumsimon  yoki  keng 
ellipsimon, qizil rangli, gul o’rnidan hosil bo’lgan soxta meva.  Bu o’simlik barg va mevasidan 
dorivor preparatlar tsinga va boshqa avitominoz kasalliklarida, siydik haydovchi dori sifatida, 
podagrada,  kam  qonlikda,  bachadondan  qon  oqishini  to’xtatish  uchun  yara,  teri  va  boshqa 
kasalliklarni davolashda ishlatiladi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə