170
sariq rangli. Qovoqlar Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. Bu avlodning 23 turi bor. Shulardan
3 turi ekiladi:
Kartoshka qovoq (C.maxima).
Uning
meva bandi va palagi silindrsimon. Mevasi juda yirik bo’lib, ogirligi 60-80 kg ga
yetadi. Bu turning ovqatga ishlatiladigan, yem-hashak va manzarali o’simlik sifatida ekiladigan
navlari bor.
Oddiy qovoq (C.pepo).
Uning palagi va mevabarglari o’tkir qirrali bo’ladi. Oddiy qovoqning palak bermay,
tanasi to’p bo’lib o’sadigan va mevasi cho’ziq silindrik xili
“kabachki”, yassi mevali xili
patison deb ataladi.
Oshqovoq (C.moschata).
Palagi o’tmas
qirrli silindrik, uzun bo’lib, mevabandi qirrali.
Varonkadoshlarga quyidagi avlodlar(turkumlar) kiradi:
Qovun(Melo), bodring(Cucumis), tarvuz(Citrullus), qozonyuvgich (Luffa) va boshqalar.
Tarvuz – Citrullus.
Poyasi palakli, tana barglari tuklar bilan qoplangan, bir va ko’p yillik. Barglari ikki qayta
patsimon qirqilgan. Gajaklari 2-3 bo’lakchali. Gullari ikki jinsli, mayda, sarg’ish. Mevasi ko’p
urug’li, sersuv, soxta meva. Unga 7 tur kiradi. Afrika va Osiyoning cho’l va chala cho’llarida
tarqalgan. Ayrim turlari Afg’oniston va Hindistonda yovvoyi holda o’sadi. Tarvuz avlodining 2
turi ekib o’stiriladi. Tarvuz issiqni qovunlardan ham ko’proq talab qiladi.
Yeyiladigan tarvuz (C. edulis).
Mevalarining eti qattiq bo’ladi. Vatani Kalaxari sahrosi bo’lib, O’rta Osiyoda ko’p
ekiladi.
Hashaki tarvuz (C. vulgaris).
Poyasi yo’gon bir yillik, gullari va mevalari yirik, o’t o’simlik. Eti qattiq, mazasi bir oz
taxir. Quruq yerlarda o’sishga moslashgan, hashaki tarvuz yem-hashak sifatida o’stiriladi.
Qovun (melo).
Mazkur avlod vakillari bir yillik, palakli, o’simlik. Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki
jinsli. Poyasi va bargi dag’al tuklar bilan qoplangan. Urug’chi guli changchi guliga nisbatan
yirik. Mevasi yirik, seret, hushbo’y, suvli va shirin. Bu avlodga 10 tur mansub bo’lib, ularning
turli navlari o’stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan.
Qovunlarning xilma-xil navlari Markaziy Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog’istonda
o’stiriladi.
Tarrak – M.flexiosus yoki
pechak qovun yoki atirqovun – M. dudaim xillari turli
qit’alarda o’stiriladi.
Bodring (Cucumis).
U yer bag’irlab o’sadigan palakli o’simlik. Barglari yuraksimon 5 bo’lakli, o’tkir
burchakli. Gullari ayrim jinsli. Changchi gullari shingil to’pgulda, urug’chi gullari yakka-yakka
joylashgan. Gullari barg qo’ltig’ida hosil bo’ladi. Gajagi oddiy, mevasi cho’ziq, 3 uyalidir. Bu
avlodga 30 tur kiradi. Afrika va Osiyoning issiq mamlakatlarida tarqalgan. Ekiladigan
bodringning
Cucumis sativus L Cucumis anguria
Cucumis metuliferus.
(C. sativus) yovvoyilari no’malum. Vatani quyi Hindiston va Hindixitoy, navlari ko’p,
mevasi yangiligida yeyiladi.
Qozonyuvgich (Luffa).