173
plastinkasining tomirlanishi panjasimon. Gullari yakka yoki to’pgulda o’rnashgan, ko’pincha
barg qo’ltig’ida joylashgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, gulqo’rg’ni murakkab.
Gulkosachabarglari 5 ta koosachabargning qo’shilishidan, gultojbarglari 5 ta erkin, ba’zan
ostki qismidan birikkan bo’ladi. Changchilari cheksiz, ba’zan chang iplari qo’shilib urig’chini
o’rab oladi. Urug’chisi 3 ta mevacha bargning qo’shilishidan hosil bo’ladi, tugunchasi ustki.
Mevasi ko’p urug’li ko’sak meva yoki qanoyli meva. Bu oilaga mansub ko’pgina o’simliklar
ximiyaviy tomonidan yaxshi o’rganilmagan. O’rganilgan o’simliklarda fenol kislotalar,
saponinlar, oshlovchi va qand moddalari, flavonoidlar, vitaminlar uchraydi. Alkaloidlar bu
oilda aniqlanmagan.
Gul formulasi: * Ca
(5)
Co
5
A
∞
G
(3)
Gulxayridoshlar oilsi quyidagi turkumlarga bo’linadi: gulxayri ( Althaea), xibiskus
(Hibiskus), g’o’za (Gossypium), tugmachagul (Malva), baxmalgul (Alcea), dag’al kanop
(Abutilon Adans).
Gulxayri turkumi – Altaea.
Bu turkum dorivor gulxayri (Althaea officinalis), arman gulxayrisi (Althaea armeniaca),
kanopsimon gulxayri (althaea cannabina) kabi turlarni o’z ichiga oladi.
Gulxayri ko’p yillik, bo’yi 150-160 sm bo’ladigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi kalta, yo’g’on.
O’q ildizi 50 sm uzunlikda bo’lib, yuqori qismi yog’ochlashgan bo’ladi.poyasi bitta yoki bir
nechta, tik o’suvchi, silindirsimon, kam shoxli, pastki qismi yog’ochlashgan. Bargi oddiy
bo’lib poyada bandi bilan ketma-ket joylashgan, poyaning yuqori qismidagilari butun,
tuxumsimon, o’rta va pastkilari esa uch yoki besh bo’lakli, qo’shimcha bargi mayday, ingichka
lansetsimonyoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o’tkir uchli va tishsimon qirrali bo’ladi. Gullari
barg qo’ltig’ida, poya va shoxlari uchida joylashgan bo’ladi. Gulkosasi ikki qavatli, pastki
kosacha 8-12 bo’lakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo’lakli. Kosachabarglari meva bilan
qoladi. Tojbargi 5 tabo’lib, pushti rangda. Chanchilari ko’p , ipi bilan birlashib, naycha hosil
qiladi.
Dorivor gulxayri – Althaea officinalis
Urug’chi tuguni 15-25 xonali,ustki. Mevasi yassi, yumaloq,
serurug, quruq meva. Gulxayri ildizi preparatlari o’rab oluvchi,
balg’am ko’chiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi dori sifatida
ishlatiladi.
Tugmachagul turkumi – Malva.
Tugmachagul bir yillik o’t bo’lib bo’yi10-40 sm. Poyasi yer
bag’irlab, ba’zan bi oz ko’tarilib o’sadi, shoxlangan. Barglari uzun
bandli, 5-7 bo’lakli. Gullari barg qo’ltig’ida joylashgan, gulbandli.
Guli pushti. Aprel-sentabr oylarida gullab urug’laydi. Sug’oriladigan
va bahorikor yerlarda o’sadi. Begona o’t.
G’o’za turkumi – Gossipium.
G’o’za turkumidan oddiy g’oza (Gossipium nirsutum), misr g’o’zasi (Gossipium
barbadense), jaydari g’o’za (Gossipium herbaceum) kaki turlar kiradi.
G’o’za 1-2 m keladigan bir yillik o’t o’simlik sifatida o’stiriladi. Poyasi shoxlangan. Bargi
besh, ba’zan uch bo’lakli bo’lib, poya va shoxlariga bandi bilan ketma-ket joylashgan. Guli
ko’p va yirik bo’lib, yakka holda uzun bandlari bilan barg qo’ltig’iga joylashgan. Gulkosachasi
yashil rangli va ikki qavatli: tashqi tomonidabir-biri bilan birlashmagan uchta kosachabargi,
ichki tomonida bir-biri bilan birlashgan 5 ta kosachabargi bo’ladi. Gultojisi varonka shaklida
bo’lib, 5 ta alohida-alohida bo’ladi. Tojbargning rangi g’o’za turiga qarab och sariqdan to sariq
rangacha bo’ladi. Tojbargning rangi otalaninsh jarayonidan keyin ham o’zgaradi. Changchilari
ko’p sonli, bir-biri bilan birlashib urug’chini o’rab oladi. Mevasi 3-5 xonali,pishganda
ochiladigan ko’sak. G’o’za urug’i (chigit)dan o’sib chiqqan tuklar paxta deyiladi. Tibbiyotda
174
oddiy paxta kompress qilish uchun ishlatiladi. Bu o’simlikni sanoatda, xo’jalikda va
tibbiyotdagi o’rni beqiyosdir.
G’o’za turkumi - Gossipium
Nazorat savollari
1.
Grechixadoshlar oilasiga tasnif bering?
2.
Grechixadoshlar oilasiga kiruvchi avlodlarga tasnif bering?
3.
Grechixadoshlarning tibbiyotda va xo’jalikda qanday ahamiyati bor?
4.
Choy avlodining asosiy xarakterli belgilari va ularning qanday vakillarini bilasiz?
5.
Dalachoy avlodiga tasnif va uning vakillaridan qaysilarini bilasiz?
6.
Qovoq avlodiga mansub o’simliklariga tasnif bering va ularning tibbiyotdagi va
xo’jalikdagi ahamiyatini ayting?
7.
Karamguldoshlar oilasiga xarakteristika va asosiy vakillarini ayting?
8.
Gulxayridoshlar oilasiga umumiy xarakteristika va muhim ahamiyatga ega bo’lgan
vakillarini ayting?
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
Dostları ilə paylaş: |