Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139

171 
 
 
   
 
 
Luffa aegyptiaca      Luffa cylindrica               Luffaning ichki tuzlishi 
 
Mazkur  avlod  vakillari  bir  yillik  o’tsimon  o’simlik.  Poyasidagi  gajaklari  bilan  ilashib 
o’suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho’ziq, uch uyali, quruq meva. Qozonyuvgichlarning 
7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o’stiriladi.  
 
Xo’jalikdagi va tibbiyotdagi ahamiyati.  
Bu  oilaga  kiruvchi  o’simliklarning  ko’pchiligi  oziq-ovqat,  yem-hashak,  dorivor  va 
manzarali o’simliklar sifatida ishlatiladi. Tarvuzdan shinni qilinadi, urug’idan esa ovqatga va 
sovungarchilikda  ishlatiladigan  yog’  olinadi.  Bu  oila  vakillari  urug’ida  moy  bo’lishi  bilan, 
barcha organ va to’qimalarida achchiq glikozidlar , golotsitin, brionin, brioidin, alkaloidlardan 
xomen, emetin va har xil organik kislotalarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
 Shimoliy  Afrika  bilan  Janubiy  Osiyoning  sahrolarida  tarvuzga  juda  yaqin  o’simlik  – 
kolotsint  yoki  kolokvint  (Citullus  colocynthis)  o’sadi;  uning  zaharli  taxir  mevalaridan 
olinadigan ekstrakt meditsinada kuchli surgi dori sifatida qo’llaniladi. Qovoq urug’larini ham 
iste’mol  qilsa  bo’ladi,  ulardan  ovqatga  ishlatiladigan  moy  ham  olish  mumkin.  Shifokorlar 
me’da-ichak  kasalligi  bilan  kasallangan  bemorlarga  qovoqdan  tayyorlangan  taomlar  iste’mol 
qilishni tavsiya etadilar.  
Qovunlar  eramizdan  500-600  yil  muqaddam  ekila  boshlagan.  Hozir  ularning  tarkibida 
qandning miqdori 6-11%ga yetadi. Bodring o’simligi urug’i ham juda foydalidir. 
 
Karamguldoshlar oilasi – Cruciferae. 
Bu  oilaga  mansub  o’simliklar  bir  yillik,  ikki  yillik  o’t  o’simliklar,  buta  va  chala 
butalardan  iborat,  asosan  Shimoliy  yarim  sharning  mo’tadil  va  sovuq  iqlimli  viloyatlarida 
tarqalgan. Bu oilaning o’stiriladigan vakillari va begona o’tlari juda ko’p. Barglari oddiy, yon 
bargsiz, butun yoki qirqilgan bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan. To’pgullari asosan shingilda 
o’rnashgan.  Gullari  aktinomorf,  kamdan-kam  zigomorf,  ikki  jinsli,  gulqo’rg’oni  murakkab. 
Gulkosa  barglari  4ta  erkin,  tojbargi  4ta,  qarama-qarshi  holda  butsimon  joylashgan. 
Changchilari  6  ta,  ikki  guruxli,  ya’ni  ikkitasi  qisqa  va  to’rttasi  uzun  changchi  iplariga  ega. 
Urug’chisi  bitta,  2  ta  meva  barglarning    birikib  o’sishidan  hosil  bo’ladi,  tugunchasi  ustki. 
Gullari hashorot yordamida changlanadi. Mevalari qo’zoq yoki qo’zoqcha, ba’zan yong’oqcha. 
Urug’lari  endospermsiz,  ammo  moy  ko’p  to’planadi.  Karamdoshlar  oilasi  karam  (Brassica), 
gorchitsa (Sinapis), qurtena (Sisymbrium), chitir (Euclidium), indou (Eruca), katran (Crambe), 
jag’-jag’ (Capsella), lepidium (Lepidium), turp (Raphanus) turkumlariga bo’linadi. 
    Gul formulasi: * Ca

Co

A
2+4 
G
(2) 
          Jag’-jag’ turkumi – Capsella 


172 
 
    Jag’-jag’ (achambiti) – Capsella bursa pastoris. Bir yillak, bo’yi 20 – 30 (ba’zan 60) sm ga 
yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari 
bandli, cho’ziq lansetsimon bo’lib, turlicha qirqilgan barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari 
mayda bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari shingilga to’plangan. Mevasi – qo’zoqcha. 
Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab yetiladi. Jag’-jag’ o’simligi 
preparatlari tuqqandan keyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to’xtatish ucun hamda 
bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari uning 
tarkibida “C” va “K” vitaminlari mavjud. 
          Gorchitsa turkumi – Sinapis. 
    Bir yillik o’t o’simlik. Poya va barglari oddiy tuklar bilan qoplangan. Bu avlodga: oq 
gorchitsa (Sinapis alba), dala gorchitsasi (Sinapis arvensis), sarept gorchitsasi, qo’ng’ir 
gorchitsa (Sinapis junsea), qora gorchitsa (Sinapis nigra) kabi turlar kiradi. Gorchitsa 
preparatlari yallig’lanish xarakteriga ega bo’lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod 
kasalliklarida qo’llaniladi. Uni yog’I ovqatga ham ishlatiladi. 
          Karam turkumi – (Brassica). 
    Bu avlodning vakillari bir, ikki yoki ko’p yillik o’t o’simliklar. Eng muhim turlaridan biri 
karamdir. Bosh karam (Brassica oleracea var capitofa) muhim sabzavot o’simlik hisobida 
ekiladi. 
           
Brassica  oleracea  - Bosh karam 
Capsella – Jag’ –jag’ 
 O’sma turkumi – Isatis. 
    Bo’yoqbosh o’sma (Isatis tinctoria) ikki yillik o’t o’simlik bo’lib bo’yi 30- 100 sm ga yetadi. 
Ildizoldi barglari cho’zinch’q, bandli, chetlari notekis. Poyaga o’rnashgan barglari qalami-
nashtarsimon yoki qalamibarg, o’troq, yubi bilan poyani bir oz o’rab turadi. Gullari sariq. 
Qo’zoqchasi 13-16 mm. Aprel-santabr oylarida gullab meva beradi. Asosan vohalarda madaniy 
va yovvoyi holda uchraydi. Bo’yoq olishda sanoatda keng foydalaniladi. 
          Chitir turkumi – Euclidium. 
    Bu turkumning keng tarqaldan turlaridan biri oq chitir (Euclidium syriacum) – erta bahorgi 
o’simlik, gullagan davrida oqsilga boy bo’ladi. Meva hosil qilgandan keyin, qattiq bo’lib 
efemer o’simlik hisoblanadi. 
          Turp turkumi – Raphanus. 
    Yovvoyi turp (Raphanus raphanistrum) bir yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 20-60 sm. Poyasi 
bir oz tukli. Barglari qilsimon tukli, arra tishli. Poyaning uchidagi barglari butun. May-iyun 
oylarida gullaydi va urug’laydi. 
         Madaniy turp (Raphanus sativus) ikki yillik sabzavot o’simlik bo’lib bo’yi 80 sm.ga 
yetadi. Ildizi yo’g’on, etdor. Guli oq, ppushti yoki binafsha rang. Aprel-iyun oylarida gullab 
urug’laydi. 
    Xulosa qilib aytganda bu oilaga kiruvchi madaniy turlar sabzavot o’simlik sifatida, tabiiy 
holda o’sadiganlari tibbiyotda ishlatiladi. 
            Gulxayridoshlar oilasi – Malvaceae. 
Bu olianing vakillari daraxtsimon, butasimin va o’tsimon o’simliklar bo’lib, eng sovuq 
rayonlardan tashqari hamma yerda tarqalgan. Barglari oddiy, butun, bo’lakli, uzun bandli. Barg 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə