Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139

173 
 
plastinkasining  tomirlanishi  panjasimon.  Gullari  yakka  yoki  to’pgulda  o’rnashgan,  ko’pincha 
barg  qo’ltig’ida  joylashgan.  Gullari  aktinomorf,  ikki  jinsli,  gulqo’rg’ni  murakkab. 
Gulkosachabarglari  5  ta  koosachabargning    qo’shilishidan,  gultojbarglari  5  ta  erkin,  ba’zan 
ostki qismidan birikkan bo’ladi. Changchilari cheksiz, ba’zan chang iplari qo’shilib urig’chini 
o’rab  oladi.  Urug’chisi  3  ta  mevacha  bargning  qo’shilishidan  hosil  bo’ladi,  tugunchasi  ustki. 
Mevasi ko’p urug’li ko’sak meva yoki qanoyli meva.  Bu oilaga mansub ko’pgina o’simliklar 
ximiyaviy  tomonidan  yaxshi  o’rganilmagan.  O’rganilgan  o’simliklarda  fenol  kislotalar, 
saponinlar,  oshlovchi  va  qand  moddalari,  flavonoidlar,  vitaminlar  uchraydi.  Alkaloidlar  bu 
oilda aniqlanmagan. 
    Gul formulasi: * Ca
(5)
  Co
5
  A

 G
(3) 
    Gulxayridoshlar  oilsi  quyidagi  turkumlarga  bo’linadi:  gulxayri  (  Althaea),  xibiskus 
(Hibiskus),  g’o’za  (Gossypium),  tugmachagul  (Malva),  baxmalgul  (Alcea),  dag’al  kanop 
(Abutilon Adans). 
        Gulxayri turkumi – Altaea.   
    Bu  turkum  dorivor  gulxayri  (Althaea  officinalis),  arman  gulxayrisi  (Althaea  armeniaca), 
kanopsimon gulxayri (althaea cannabina) kabi turlarni o’z ichiga oladi. 
    Gulxayri  ko’p  yillik,  bo’yi  150-160  sm  bo’ladigan  o’t  o’simlik.  Ildizpoyasi  kalta,  yo’g’on. 
O’q  ildizi  50  sm  uzunlikda  bo’lib,  yuqori  qismi  yog’ochlashgan  bo’ladi.poyasi  bitta  yoki  bir 
nechta,  tik  o’suvchi,  silindirsimon,  kam  shoxli,  pastki  qismi  yog’ochlashgan.  Bargi  oddiy 
bo’lib  poyada  bandi  bilan  ketma-ket  joylashgan,  poyaning  yuqori  qismidagilari  butun, 
tuxumsimon, o’rta va pastkilari esa uch yoki besh bo’lakli, qo’shimcha bargi mayday, ingichka 
lansetsimonyoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o’tkir uchli va tishsimon qirrali bo’ladi. Gullari 
barg  qo’ltig’ida,  poya  va  shoxlari  uchida  joylashgan  bo’ladi.  Gulkosasi  ikki  qavatli,  pastki 
kosacha 8-12 bo’lakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo’lakli. Kosachabarglari meva bilan 
qoladi. Tojbargi 5 tabo’lib, pushti rangda. Chanchilari ko’p , ipi bilan birlashib, naycha hosil 
qiladi.  
Dorivor gulxayri – Althaea officinalis 
Urug’chi  tuguni  15-25  xonali,ustki.  Mevasi  yassi,  yumaloq, 
serurug,  quruq  meva.  Gulxayri  ildizi  preparatlari  o’rab  oluvchi, 
balg’am  ko’chiruvchi  hamda  yallig’lanishga  qarshi  dori  sifatida 
ishlatiladi. 
          Tugmachagul turkumi – Malva. 
    Tugmachagul  bir  yillik  o’t  bo’lib  bo’yi10-40  sm.  Poyasi  yer 
bag’irlab,  ba’zan  bi  oz  ko’tarilib  o’sadi,  shoxlangan.  Barglari  uzun 
bandli,  5-7  bo’lakli.  Gullari  barg  qo’ltig’ida  joylashgan,  gulbandli. 
Guli pushti. Aprel-sentabr oylarida gullab urug’laydi.  Sug’oriladigan 
va bahorikor yerlarda o’sadi. Begona o’t.  
          G’o’za turkumi – Gossipium. 
    G’o’za  turkumidan  oddiy  g’oza  (Gossipium  nirsutum),  misr  g’o’zasi  (Gossipium 
barbadense), jaydari g’o’za (Gossipium herbaceum) kaki turlar kiradi. 
    G’o’za 1-2 m  keladigan bir  yillik o’t  o’simlik sifatida o’stiriladi. Poyasi  shoxlangan.  Bargi 
besh,  ba’zan  uch  bo’lakli  bo’lib,  poya  va  shoxlariga  bandi  bilan  ketma-ket  joylashgan.  Guli 
ko’p va yirik bo’lib, yakka holda uzun bandlari bilan barg qo’ltig’iga joylashgan. Gulkosachasi 
yashil  rangli  va  ikki  qavatli:  tashqi  tomonidabir-biri  bilan  birlashmagan  uchta  kosachabargi, 
ichki  tomonida  bir-biri  bilan  birlashgan  5  ta  kosachabargi  bo’ladi.  Gultojisi  varonka  shaklida 
bo’lib, 5 ta alohida-alohida bo’ladi. Tojbargning rangi g’o’za turiga qarab och sariqdan to sariq 
rangacha bo’ladi. Tojbargning rangi otalaninsh jarayonidan keyin ham o’zgaradi. Changchilari 
ko’p  sonli,  bir-biri  bilan  birlashib  urug’chini  o’rab  oladi.  Mevasi  3-5  xonali,pishganda 
ochiladigan ko’sak. G’o’za urug’i (chigit)dan o’sib  chiqqan tuklar paxta deyiladi.  Tibbiyotda 


174 
 
oddiy  paxta  kompress  qilish  uchun  ishlatiladi.  Bu  o’simlikni  sanoatda,  xo’jalikda  va 
tibbiyotdagi o’rni beqiyosdir. 
 
G’o’za turkumi - Gossipium 
Nazorat savollari 
1.
 
Grechixadoshlar oilasiga tasnif bering? 
2.
 
Grechixadoshlar oilasiga kiruvchi avlodlarga tasnif bering? 
3.
 
Grechixadoshlarning tibbiyotda va xo’jalikda qanday ahamiyati bor? 
4.
 
Choy avlodining asosiy xarakterli belgilari va ularning qanday vakillarini bilasiz? 
5.
 
Dalachoy avlodiga tasnif va uning vakillaridan qaysilarini bilasiz? 
6.
 
Qovoq  avlodiga  mansub  o’simliklariga  tasnif  bering  va  ularning  tibbiyotdagi  va 
xo’jalikdagi ahamiyatini ayting? 
7.
 
Karamguldoshlar oilasiga xarakteristika va asosiy vakillarini ayting? 
8.
 
Gulxayridoshlar oilasiga umumiy xarakteristika va muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
vakillarini ayting? 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. – 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə